To'g'ri javob


Download 20.25 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi20.25 Kb.
#149045
Bog'liq
MOLIYAVIY SAVODXONLIK


Tasavvur qiling, 3 ta do‘st teng sherikchilikda biznes boshlagan. Korxona sof foydasi yil yakunida 150,0 mln so‘mni tashkil etdi. Do‘stlarning biri o‘z ulushini yillik Markaziy bank asosiy stavkasi+3% sharti bilan bir yilga bank omonatiga joylashtirdi, ikkinchisi o‘z ulushini yillik 20 foiz kuponli bir yillik qimmatli qog‘ozga sarmoya kiritdi, uchinchisi esa pullarini uyida saqladi. Har bir do‘st bir yil ichida qanchadan daromad ko‘radi?

To'g'ri javob

1-do'st: 58,5 mln; 2-do'st: 60 mln.; 3-do'st: 50 mln.

Endi tasavvur qiling, ushbu do‘stlar daromadlarini joriy yilda taqsimlamasdan, korxona hisobida qoldirib ularni kelgusi yilda ishlatishni rejalashtirdi. Agar inflyasiya darajasi mamlakatda 16 foizni tashkil etsa, bir yildan so‘ng ular o‘z daromadlarining bugungi kundagi qiymatida:

To'g'ri javob

Hozirgiga nisbatan kelgusida kamroq mahsulot va xizmatlar sotib olishlari mumkin.

Tasavvur qiling, siz 1 mln.so‘m pul mablag‘laringizni yillik 18 foiz stavkasi bilan (oddiy foiz) bank omonatiga qo‘ydingiz. Bir yildan so‘ng sizning jami omonat summangiz qancha bo'ladi?
Olti oyda omonatni muddatidan oldin yopganingizda, jami omonat summangizchi? (Shartli ravishda foizlar har oy 30 kun hisobida hisoblanadi.)

To'g'ri javob

1180000 so'm; 1090000 so'm

Quyidagilarning qaysi bir sug‘urta mahsulotlarining maqsadlarini aniq ifodalaydi?

To'g'ri javob

Moliyaviy yo‘qotishlar havfidan himoya vositasi.

Yuqori daromad keltiruvchi sarmoya (investisiya) yuqori tavakkalchilikka ega bo‘ladi.

To'g'ri javob

to‘g‘ri

Deylik, bankning uch oy muddatli omonatiga pul qo‘ydingiz. Agar omonat mablag‘laringizni ikki yarim oydan so‘ng qaytarib olmoqchi bo‘lsangiz, odatda uchinchi oy uchun hisoblanishi kerak bo‘lgan foizlarni yo‘qotasiz.

To'g'ri javob

to‘g‘ri

Investisiyani diverfikasiya qilish nimani anglatadi?

To'g'ri javob

Turli xil investisiya mahsulotlariga sarmoya kiritgan holda investisiya portfelini shakllantirish.

Quyidagi xarajatlar talab va ehtiyojlarga to‘g‘ri ajratib chiqilgan jadvalni belgilang:

Talab

Ehtiyoj

 

Talab

Ehtiyoj

Non, shakar, yog‘

Suv


O‘quv qurollari

Qishki mavsum uchun kiyim



Yangi chiqqan chips mahsuloti

Energetik ichimliklar

Noodatiy shakldagi qalam

Mashina uchun aksessuar



 

Non, shakar, yog‘

Suv


O‘quv qurollari

Kiyim-kechak uchun aksessuarlar

 


Yangi chiqqan chips 
Uy uchun yoritgich (lampochka)

Mashina uchun aksessuar



To'g'ri javob

1-jadval

Bank mobil ilovasi orqali maishiy texnikalar xaridi uchun maxsus 5 foizlik keshbek taklif etilmoqda. Do‘konning o‘zida 2,0 mln.so‘mlik maishiy texnika (kompyuter) 50,0 ming so‘m chegirma bilan sotilmoqda. Xaridor qaysi usulda kompyuterni sotib olsa, unga foydali bo‘ladi?

To'g'ri javob

Bank mobil ilovasi orqali, 100 ming so‘m chegirma bilan olish mumkin

Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi (Fond) tomonidan omonatlari bo‘yicha to‘lanadigan haq miqdori necha so‘mni tashkil etadi?

To'g'ri javob

Bank faoliyati tugatilgan (lisenziyasi chaqirib olingan) vaqtda balansda aks ettirilgan omonatlarning qoldig‘idan kelib chiqqan holda bank va Fond mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda qaytariladi.


Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling