To‘G‘ridan-to‘G‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida
Download 53.35 Kb. Pdf ko'rish
|
PF-3594-сон 11.04.2005
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI XUSUSIY XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI RAG‘BATLANTIRISH BORASIDAGI QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘lgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlash maqsadida: Oldingi tahrirga qarang. 1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda tashkil etilgan va ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) ixtisoslashtirilgan korxonalarga quyidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiya hajmlarida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi: 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha — 3 yil muddatga; 3 million AQSh dollaridan ortiq va 10 million AQSh dollarigacha — 5 yil muddatga; 10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda — 7 yil muddatga. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 2. Ushbu Farmonning 1-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan alohida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tashqari respublikaning barcha shaharlari va aholi yashash joylarida joylashtirishda qo‘llanilishi belgilab qo‘yilsin. Bunday hududiy cheklov turizm va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarga tatbiq etilmaydi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son — 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi zimmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etiladigan korxonalarning ushbu Farmon ilovasida ko‘rsatilgan iqtisodiyot tarmoqlariga taalluqli ekanini aniqlash vazifasi yuklatilsin. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son) Oldingi tahrirga qarang. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020- y., 06/20/6011/078-son) 5. Ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq imtiyoz olgan korxonalar shunday imtiyoz berilgan muddat tugashidan keyin bir yil barvaqtroq faoliyatini to‘xtatgan taqdirda foydani o‘z mamlakatiga o‘tkazish va xorijiy investorning kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat berilgan imtiyozlar summasini budjetga qaytargandan keyin amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020- y., 06/20/6011/078-son) Oldingi tahrirga qarang. (7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/078-son) Oldingi tahrirga qarang. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020- y., 06/20/6011/078-son) 9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmon qabul qilinishi munosabati bilan amaldagi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 10. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklatilsin. Download 53.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling