Tohir Malikning " Saodat saroyining kaliti"
Qobilga tarbiyat erur ul navkim, guxar
Download 25.54 Kb.
|
1 2
Bog'liqNArgiza referat
Qobilga tarbiyat erur ul navkim, guxar,
Tushsa najosat ichra yugay kimsa oni pok. Gar it uzumiga kishi may birla bersa suv, Bu tarbiyat bila qila olgaymu oni tok». Ma’nosi: qobiliyatli kishiga berilgan tarbiya gavhar kabi qmmatlidur. Gavhar najosatga tushsa ham yuvilsa- tozalanadi, qimmatini yo`qotmaydi. Ituzum may bilan sugorilsa ham ituzumligicha qoladi, hech zamon tokka aylanmaydi. Nasihatning yana muhim shartlaridan biri - nasihatguy nasihat qilish uchun ma’naviy huquqqa ega bo`lishi kerak. Ya’ni u biron fazilatni egallash haqida nasihat qilyaptimi, demak, bu fazilat uning o`zida bo`lishi kerak. «Birovning haqiga xiyonat qilma», deb aytadi. O`zi bozorda tarozidan urib tursa, uning gapi beta’sirdir! O`zi o`qishda qoloq yigitchaning a’lochi qizga ilm egallashning fazilati haqida va’z o`qishi ham kulgilidir. Xikmat. «Kim insonlar orasida o`z do`stiga qarshi gap tarqatsa bilingki, uning ichida ilonlari va chayonlari bor. U tarqatgan gaplar kechasi bosgan sel kabi, qayerdan kelib, qayerga ketganini bilib bulmaydi. U so`zida ham turmaydi. Axdini ham qayta-qayta buzaveradi. Do`stligiga ham ishonib bo`lmaydi. Uni istagan chori buzadi». Hazrat Navoiydan hikmat: Ko`rmayin ulkim ishi bo`xton erur, Bilki bu xislat bila shayton erur. Kimdir «Illatlar orasida gumonning birovga zarari yo`q», deb qoldi. Zoxiran shunday. Ammo botinan qaralsa, ko`p yomonliklar gumon bulog`idan suv ichib, quvvatlanadi. Kishi gumonga borib, birovni g`iybat qiladi. Shubxaga borib, yuk, ofatning oldini olish uchun fitna yasaydi. Allox Taoloning rasuli (s.a.v.) dedilar: «Gumon sirashdan o`zingizni saqlang. Chunki gumon bilan aytilgan gap eng yolg`on gap bo`ladi.». «Ey iymon keltirganlar, ko`p gumonlardan chetlaninglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar...» («Xujurot» surasidan). Gunohga olib boruvchi illatlar dan biri - badgumonlikdir. Badgumonlik(yomon gumon) kishilar haqida shubxa qilish, ulardan xadik qilish ma’nosidadir. Odatda bunday gumonlarning ko`pi asossiz, behuda bo`ladi. Shu boisdan ham «ko`p gumonlardan» chetda bo`lish buyurilyapti. Qissadan hissa shuki, dunyoda beozor ko`ringan, fursat kelishi bilan bo`riga aylanadigan bo`ri siyratli kimsalar ham bor. Ularga biron narsani ishonib, omonat topshirsang, bo`rining suruvga qilgan ishini qiladilar. Ishonuvchan odam esa chunon holiga tushadi. Download 25.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling