Tojikiston fuqorolar urushi 1992


Download 418.02 Kb.
bet6/32
Sana07.02.2023
Hajmi418.02 Kb.
#1176134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Tojikiston fuqarolar urushi 1

Hukumat siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hukumatning muholifatga nisbatan yuritgan siyosati ham fuqarolar urushining muhim sabablaridan biri. 1993-yil yanvarida Oliy Sovet Raisiga aylangan Imomali Rahmon muholifat yetakchilariga qarata agressiv siyosat yurita boshladi. Tojik musulmonlari maʼnaviy yoʻlboshchisi Hoji Akbar ToʻrajonzodaTojikiston Islomiy Uygʻonish Partiyasi yetakchilaridan biri Muhammad Sharif Himatzoda, Rastoxez Xalq Harakatidan Tohir AbdurjabborLali Badaxshondan Atobek va Shodmon Yusuf, Tojikiston Demokratik Partiyasi rahbari va sobiq deputat Davlat Usmonlar shular jumlasidandir. Ularga 1992-yil may voqealarini tashkillashtirish, qonuniy saylangan hukumatni agʻdarib, hukumatni egallab olishga urinish, noqonuniy qurolli guruhlar tashkil qilish va ular yordamida mamlakatni urush markaziga aylantirish, davlat iqtisodiyotini izdan chiqarib tashlash ayblari qoʻyildi. Hukumat muholifatga qarshi repression siyosat olib bordi, butun hukumat mediasi muholifatga qarshi targʻibotlar bilan toʻlib toshdi. Nihoyat, Tojikiston Oliy Sudi Tojikiston Demokratik Partiyasi, Tojikiston Islomiy Uygʻonish Partiyasi, Lali Badaxshon Jamiyati va Rastoxez Xalq Harakati kabi muholif qarashda boʻlgan ommaviy tashkilotlarning faoliyatini taqiqlab qoʻydi. Inson huquqlarini oyoqosti qilish, muholifat va oʻzgacha fikrlovchilar mavjudligini tan olmaslik, ularni tinglab koʻrishga intilmaslik, agressiv avtoritar rejim mamlakatdagi vaziyatni butkul izdan chiqarib yubordi.
Hukumat muholifatni ruscha ism boʻlgan Vladimirdan olingan „Vofchik“ laqabi bilan atardi. Bu „Vahhobiy“ atamasini anglatardi. Javoban muholifat tomoni ham hukumatdagilarni ruscha Yuriy ismidan olingan „Yurchik“ derdi. Shu tariqa bir millatning ikki siyosiy kuchi bir-birining ashaddiy dushmaniga aylandi. Uzoq vaqt davomida xech bir taraf murosani istamay keldi.
1997-yil tinchlik sulhidan keyin kuchga kirgan yangi konstitutsiyada ham muholifat haq-huquqlari inobatga olinmadi. Muholifatga parlamentdan atigi 30 % joy va Davlat Apparatidan arzimas oʻrin ajratildi.

Download 418.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling