Tojikiston Respublikasi xududidan songi paleolit davriga oid koplab qurollar topilgan. Bu xududlar Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. Keyinchalik Tojikiston xududida Ahamoniylar xukmronligi ornatildi
Download 12.86 Kb.
|
3 etno semenar
Tojikiston Respublikasi xududidan songi paleolit davriga oid koplab qurollar topilgan. Bu xududlar Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga kirgan. Keyinchalik Tojikiston xududida Ahamoniylar xukmronligi ornatildi. 329 yilda makedoniyalik Aleksandr qoshinlari bostirib keldi, xalq unga qattiq qarshilik korsatdi. Natijada Tojikiston xududining bir kismi Salavkiylar davlati tarkibiga, song xududning aksariyat qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirdi. Kushonlar davrida yirik sogorish kanallari qurildi, shaharsozlik, xunarmandchilik yuqori darajaga kotarildi, ayniqsa, mamlakatlar bilan savdo-sotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida kushon yozuvi paydo boldi. V-VI asrlarda Orta Osiyoning sharqiy qismini kochmanchi xiyoniy qabilalari, songra eftaliylar egalab oldi. VI asr ikkinchi yarmida Tojikiston xududi Turk xoqonligi tarkibiga qoshib olindi. VIII asr ortalarida arablar bostirib kelishi natijasida islom dini joriy qilina boshlandi. IX-X asrlarda Tojikiston xududi Toxiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, IX-XII asrlarda Gaznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Qoraxitoylar, Xorazmshoxlar davlatlari tarkibida bolgan. Tojikiston xududiga bostirib kirgan Chingizxon qoshinlari (1219-21) aholining qattiq qarshiligiga duch keldi (Xojandda Temur Malik boshchiligidagi xalq qarshiligi va boshq.). Mogullar istilosi iqtisodiy ijtimoiy va madaniy xayotga jiddiy zarar etkazdi. XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib, xojalik qaytadan tiklana boshladi. Tojikiston xududi bu davrda Amir Temur va temuriylar, XVI asrda esa Shayboniylar saltanati tarkibida boldi. Songra Buxoro amirligi qol ostiga otib, XIX asrning boshlarida Buxoro amirligi va Quqon xonligi ortasida taqsimlandi. XIX asrning ikkinchi yarmida podsho Rossiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Oktyabr tontarishi (1917 y) dan song axolining jiddiy qarshiligiga (Ibroximbek, Eshon Sulton, Davlatmandbiy, Fozayl Maxsumlar boshchiligida) qaramasdan, Tojikiston bolsheviklar tomonidan bosib olindi. 1917 yil noyabr - 1918 yil fevralda Shimoliy Tojikistonda shoro xokimiyati ornatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Tojikistoning qolgan xududi Buxoro amirligi tarkibida boldi. 1920 yil Buxoro bosqinidan keyin BXSR tashkil etildi. 1924 yil Orta Osiyo respublikalarini "milliy-davlat chegaralanish" deb atalgan bolib tashlash siyosati natijasida Tojikiston Ozbekiston SSR tarkibida muxtor respublika, 1929 yil esa SSSR tarkibida ittifokdosh respublikaga aylantirildi. 1991 yil 9 sentyabrda mustaqillik togrisida deklaratsiya elon qilindi va "Tojikiston Respublikasi" nomi tasdiqlandi. Markaziy Osiyo xalqlari orasida Eroniy til turkumiga kiruvchi eng qadimgi xalqlardan biri tojiklar bolib, murakkab ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va geografik sharoitida shakllangan. Download 12.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling