Tojiyev Husniddin Baxtiyorovich


Download 20.97 Kb.
bet1/3
Sana26.10.2023
Hajmi20.97 Kb.
#1722745
  1   2   3
Bog'liq
KICHIK YOSHLI O‘QUVCHILARNING INFORMATIKA DARSLARIDA AXBOROTNI TUZILMALASHTIRISH MAHORATLARINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK VA DIDAKTIK ASPEKTLARI


Tojiyev Husniddin Baxtiyorovich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
Termiz (O‘zbekiston)
E-mail: husniddin.tojiyev@bk.ru
Tel: +998996792519

KICHIK YOSHLI O‘QUVCHILARNING INFORMATIKA DARSLARIDA AXBOROTNI TUZILMALASHTIRISH MAHORATLARINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK VA DIDAKTIK ASPEKTLARI


Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborot va bilim olish madaniyatini shakllantirishda didaktikaning ahamiyatini yoritish, bugungi kunda global rivojlanib borayotgan giper muhit texnologiyalaridan maqsadli foydalanish borasida e’tibor berishimiz lozim bo‘lgan tarbiya va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni shakllantirish borsida amalga oshirilishi lozim bo’lgan masalalar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, didaktika, tarkiblashtirish, ko‘nikma, metodlar, videotopishmoq, texnologiya.
Kirish. Axborotni tuzilmalashtirishga M. A. Plaksin [140, s. 106-113] muallifligidagi darslik asosida o‘rgatishni tavsiya qilamiz. Bu darslik gipermatn, internetni tashkil etish, gipermediaga oid ko‘plab muhim masalalarni o‘z ichiga olgan kamsonli darsliklardan biridir. Endi esa mazkur darslikdagi tegishli mavzularni o‘rganish orqali axborotni tuzilmalashtirish mahorati shakllantirishga qanday erishish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, didaktik materialga qo‘yiladigan mufassallik va yetarlilik bo‘yicha talablar axborotni tuzilmalashtirish mahoratini shakllantirishga qaratilgan ta’limning dastlabki davrlaridan boshlab muhimlik kasb etadi. O‘qitishning uchinchi davriga borib o‘quvchilar hajm jihatdan bir qadar kattaroq bo‘lgan axborotlar ustida ham ishlay boshlaydilar, negaki, biz tavsiya etgan darslikdagi paragraflar xuddi shunday harakat qilishni nazarda tutadi. O‘qituvchi bolalarga bu paragraflarni nazariy jihatdan to‘liq o‘zlashtirishni, ya’ni o‘qib chiqishni tavsiya etadi. Mazkur vazifaning mukammal darajada bajarilishi uchun esa “Informatika haftaligi” deb nomlangan kvazivaziyat bayonini taklif etadi.

Download 20.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling