Тekislovchi to‘siqlar
Elektron sxemalarda pulslanishni kamaytirish maqsadida tekislovchi filtrlar ishlatish tavsiya etiladi (2.36-rasm). Pulsatsiya darajasini pulsatsiya koeffitsiyenti q1 bo‘yicha baholanadi, bunda eng ko‘p ifodalangan garmonika amplitudasining to‘g‘rilangan kuchlanish yoki tokning o‘rtacha miqdoriga nisbati tushuniladi. Radioelektron uskunani oziqlantiradigan to‘g‘rilangan tokning pulsatsiya koeffitsiyenti uskunaga taqdim etiladigan texnik talabga qarab 0,01 ֎ 0,000001 oralig‘ida bo‘lishi kerak. L induktivlikka ega bo‘lgan nagruzka zanjiriga ketma-ket ulangan bir yoki bir necha past tebranishli drossellar va nagruzka zanjirlarining parallel ulangan Cf kondensator to‘siqlari to‘g‘rilovchi to‘siqning asosiy elementlari bo‘lib hisoblanadi.
Тekislovchi koeffitsiyent to‘g‘rilangan kuchlanish yoki tokning pulsatsiyasini to‘siq necha martaga kamaytirishini ko‘rsatadi. Тo‘g‘rilagich uskunalarida ishlatiladigan tekislovchi to‘siqlar sxemalari har xil bo‘ladi (2.37-rasm):
— oddiy induktiv to‘siq;
— oddiy sig‘imli to‘siq;
— Г shaklidagi to‘siq;
— П shaklidagi to‘siq.
Тok va kuchlanish stabilizatorlari, ularning vazifasi
Kuchlanish gazorazryad stabilizatorlari.
Gazorazryad asboblari o‘zgarmas tokda kuchlanishni barqarorlashtirishda (stabilizatsiya) ishlatiladi. Buning uchun sekin yonadigan yoki toj razryadli stabilitronlar ishlatiladi.
ko‘rinib turibdiki, stabilitrondagi kuchlanishning kamayishi stabilitrondan o‘tayotgan tokning kattaligiga deyarli bog‘liq bo‘lmaydi. Tavsifning 1—2-uchastkasi—ishchi uchastka, ushbu uchastka atrofidagi stabilitronning kuchlanishi — kuchlanish barqarorligi Ubar. deyiladi. Gazorazryad stabilitronlar 5 dan 60 mA ga teng bo‘lgan barqaror toklarda, 70 V va undan yuqori kuchlanishlarni barqarorlashda ishlatiladi. Yana shuni aytishimiz kerakki, kuchlanish stabilizatorlari elektron lampalardan yoki tranzistorlardan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |