Tokning tillarang sarg'ayishi va unga qarshi kurash choralari
Download 58 Kb.
|
Tokning tillarang sarg\'ayishi va unga qarshi kurash choralari
Tokning tillarang sarg'ayishi va unga qarshi kurash choralari Reja: Kasallikni asosiy belgisi Tok kasalliklariga qarshi kurash choralari Tokning tillarang sarg’ayishi Kasallikni asosiy belgisi kurtak va yosh novdalarda paydo bo‘lib, uning usti mitseliy va konidiyalar bilan qoplanadi. Novdalarda mitseliylarni paydo bo‘lishi erta bahordan gullashgacha yoki gullashdan keyin ham bo‘ladi. Kasallikni asosiy manbalari o‘simlik qoldiqlaridagi zamburug‘ni mitseliylari hisoblanadi. Kasallikni erta paydo bo‘lishi natijasida meva rivojlanmaydi, quriydi va tushib ketmaydi. Kasallikni kech paydo bo‘lishi natijasida uzumbosh mevasini yorilib ketishiga olib keladi. Novdalarda oqish ipsimon g‘ubor hosil bo‘ladi. Bargning har ikki tomonida oqish g‘ubor hosil bo‘ladi. Keyinchalik bu g‘uborlar qo‘ng‘ir rangga aylanadi. Kasallikga oq muskat, toifi, husayni va kattako‘rg‘on navlari beriluvchan bo‘ladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisini rivojlanishi uchun optimal namlik 70% ni tashkil etadi. Zamburug‘ni mitseliylari 11-12°С da o‘sa boshlaydi, 18-25°С da yaxshi rivojlanadi. Infeksiya manbai kasallangan novda va kurtak po‘stidagi mitseliylar hisoblanadi. Kurash choralari: Ekish uchun tayyorlanadigan novdalarni sog‘lom o‘simliklardan olish, xomtokni sifatli o‘tkazish, kurtak chiqarish vaqtidan boshlab fungitsidlardan foydalanishni 3-4 marta o‘tkazish kerak. Bunda oltingugurt kukunini 20-25 kg dan gektariga changlatishi kerak. Bayletonni 25 % namlanuvchi kukunidan 0,15-0,3 kg/ga, Vektrani 10 % li suspenziyasidan 0,3 l/ga, 25 % li Impaktni suspenziyasidan 0,1-0,15 l/ga, Karatan-LS ni emulsion konsentratidan 1,0- 1,5 l/ga, Oltingugurtni 80 % li namlanuvchi kukunidan 9-12 kg/ga, Saprolni 20 % li emulsion konsentratidan 1,0-1,5 l/ga, Bamperni emulsion konsetratidan 0,25 l/ga, 10% Topazni emulsion konsetratidan 0,2 -0,25 l/ga, Topsin –M 70 % namlanuvchi kukunidan 1, kg/ga, Folikur BT ni 22,5 % gidan 0,5 l/ga purkaladi. Tokning mildyu yoki soxta un shudring kasalligi. Mildyu yoki soxta un shudring kasalligi keng tarqalgan va eng zararli kasallik bo‘lib hisoblanadi. Kasallikni Plasmopara viticola zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi 1870 yilda Amerikadan tok qalamchalari va ko‘chatlari bilan Yevropaga keltirilgan. 1878 yilda Fransiyada, 1880 yilda Bolqon yarim oroli mamlakatlarida va Moldovada, Kavkazda, 1882 yilda Qrimda uchraganligi aniqlangan. Hozirga qadar Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun tashqi karantin obyekti bo‘lib hisoblanar edi. Ammo 2009 yilda ushbu kasallik Samarqand viloyatining Urgut, Tayloq va Samarqand tumanlarida, 2010 yilda esa Bulung‘ur, Jomboy tumanlari va Samarqand shahrida tarqalganligi aniqlandi. Bu kasallik bilan tokning barcha yer ustki yashil organlari – barglari, yosh bir yillik novdalari, gullari, g‘o‘ra mevalari, meva bandlari va mevalari kasallanadi. Dastlab tok barglarida sariq rangli yoki och rangsiz moysimon ko‘rinishdagi halqasimon shakldagi dog‘lar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bunday dog‘lar bargning yirik tomiriga yaqin joylarda joylashadi, chunki yomg‘ir va shudring tomchilari shunday joylarda uzoqroq muddat turib qoladi. Mevasi qora yoki qizil-qizg‘ish rangli tok navlari barglaridagi dog‘lar vino rangiga qadar o‘zgaradi. Havoning nisbiy namligi yuqori (85-100%) bo‘lganda barglarning orqa tomonidagi dog‘lar sirtida oq rangli yumshoq g‘uborlar hosil bo‘ladi. Havo namligi kam bo‘lganda, quruq issiq sharoitda bunday g‘uborlar hosil bo‘lmaydi. Dog‘lar yiriklashib bir-biri bilan qo‘shiladi, barg qo‘ng‘irlashadi va quriydi. Kasallik ayniqsa yosh barglarni tez qurishiga olib keladi. Faqatgina bir yillik yosh yashil novdalar kasallanadi. Novdalardagi dog‘lar uzunchoq shaklda, kul jigar rangda bo‘lib, biroz botiqroq ko‘rinishda bo‘ladi. Nam ob havo sharoitida yoki xomtok o‘tkazilmaganda, tok simbag‘azlarda ko‘tarilmagan holatlarda novdalardagi dog‘lar sirtida ham qalin oq g‘uborlar hosil bo‘ladi. Bunday novdalar o‘z shaklini o‘zgartiradi, qing‘ir qiyshiq bo‘lib qoladi, barglari to‘kilib, novda quriydi. Uzum boshlari turli muddatlarda zararlanishi mumkin. Kasallanishni eng xavfli davri gullashgacha va gullashdan so‘nggi davr bo‘lib hisoblanadi. Chunki bu davrda uzum boshchalari o‘zida namni yaxshi saqlaydi, shu davrida yog‘ingarchilik bo‘lishi o‘ta xavfli bo‘lib hisoblanadi. Bunda kasallik butun uzum boshini qoplab oladi va to‘liq nobud qiladi. Dastlab meva bandlari qo‘ng‘ir (ba’zan shokolad) rangiga kiradi, namgarchilik yetarli bo‘lganda chiriydi. Gullar qo‘ng‘ir rangga kirib, quriydi va to‘kiladi. Namgarchilik ko‘p bo‘lganda uzum boshlari, gullari sirtida ham oq g‘ubor paydo bo‘ladi. Meva zararlanganda to‘q shokolad rangga kiradi, mevani bandiga yaqin qismda esa kul rangli chiziqsimon dog‘ hosil bo‘ladi. Mevalar qancha yosh (g‘o‘ra) bo‘lsa, shunchalik ko‘proq kasallikka moyil bo‘ladi. Meva diametri 3-4 mm dan yirikroq bo‘lgandan so‘ng u kasallanmaydi. Quruq va issiq sharoitda kasallikni rivojlanishi to‘xtaydi, ammo O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi zonasida avgust oylarida shudring tusha boshlashi bilan yana rivojlanib ketadi. Ushbu kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ faqat tokni zararlaydi. Infeksiya zararlangan barglarda oospora holatida qishlaydi. Kasallanib tuproqda to‘kilgan barglarni 1 mm2 yuzasida 200 donagacha oosporalar bo‘ladi. Ushbu oosporalarni yetilishi uchun tinim davri bo‘lishi shart. Ular tinim davrida sovuq harorat va namlikka yaxshi bardoshli bo‘ladi. Qishlovchi oosporalar faqatgina kasallanib to‘kilgan barglardagina o‘z hayotchanligini saqlaydi. Barglar chirigandan so‘ng oosporalar barg to‘qimasidan ajraladi va bahorda o‘rtacha sutkalik harorat + 110С bo‘lganda va tuproq namligi yetarli bo‘lsa o‘sa boshlaydi. Oosporalar juda uzoq muddat, ya’ni 2-3 oy davomida o‘sadi. Ularning o‘sishi uchun 2-3 kunlik yomg‘irli nam havo kifoya qiladi. Oosporalar o‘sib, trubka (poyacha) hosil qiladi, poyachalarda esa zoosporangiylar hosil bo‘ladi. Bir necha soatdan so‘ng zoosporangiylardan ko‘plab (60 donagacha) zoosporalar chiqib atrofga tarqaladi. Tokning, ayniqsa yer tokni pastki barglariga zoosporalar yomg‘ir yoqqanda tuproqdan tomchilar orqali sachrab yuqadi. Dastlab zoosporalar barglardagi yomg‘ir yoki shudring tomchilariga tushadi va tomchida harakat qilib barg og‘izchalari (ustitsa) orqali barg to‘qimasiga qarab o‘sadi. O‘sgan mitseliy (zamburug‘ning vegetativ tanasi) bargning hujayralararo to‘qimasi bo‘ylab o‘sadi, hujayra ichiga esa faqat gaustoriya (so‘rg‘ichi) kiradi. Barglar zararlangandan 3-8 kun o‘tgach barglarda dog‘lar paydo bo‘ladi, keyinchalik esa bargning orqa tomonida oq g‘ubor paydo bo‘ladi. G‘uborlarda zamburug‘larning yozgi konidiyalari hosil bo‘lib ular shamol, hasharotlar va yomg‘ir orqali butun o‘suv davri davomida atrofga tarqalib turadi. O‘suv davri davomida zamburug‘ 7-11 martagacha avlod beradi. Konidiyalar havo oqimi orqali juda qisqa vaqtda katta maydonlarda tarqaladi. Yozning issiq va quruq ob-havo sharoitida kasallik biroz sustlashadi, ammo kuzga borib yanada kuchayib ketadi. Kasallikning rivojlanishiga namlik va harorat kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqqa to‘kilgan barglarda qishlab chiqqan oosporalarning ommaviy o‘sishi yomg‘irdan so‘ng avj oladi. Zoosporalar esa faqat bir tomchi suvda o‘sa oladi. Tuproqdagi oosporalarning o‘sishi uchun minimal harorat +110С ni tashkil qiladi. Tuproq va havo harorati qanchalik yuqori bo‘lsa oosporalar shuncha tez o‘sadi. Agar harorat +140С bo‘lsa ularning o‘sishi 5 kun, harorat 20-230С bo‘lganda 3 kun davom etadi. Zoosporangiydan zoosporalarning chiqishi harorat +130 S bo‘lganda 2 soat, +22 +240С bo‘lganda 40 minutda ro‘y beradi. Zoosporalarni o‘sib barg og‘izchasiga kirishi +60С da 5 soat, +200С da 12-30 minutda sodir bo‘ladi. Zamburug‘ning avj olib rivojlanishi uchun mo‘ta’dil harorat +20 +250С bo‘lib hisoblanadi. Optimal (mo‘tadil) haroratda kasallikni inkubatsion davri (o‘simlik zararlangandan boshlab to dastlabki alomatlar ya’ni dog‘larning paydo bo‘lishigacha bo‘lgan davr) 4 kunni tashkil etadi, bahor davrida esa inkubatsion davr esa 15-17 kungacha cho‘ziladi. Inkubatsion davr oxirida yomg‘ir yoki shudring bo‘lganda yoki havo namligi 95-100 % bo‘lsa, g‘uborlar paydo bo‘lib, yozgi sporalar hosil bo‘ladi, hamda atrofga intensiv ravishda tarqaladi. Yog‘ingarchilik yoki shudring bo‘lmasa, havo quruq kelsa g‘uborlar hosil bo‘lishi vaqtincha to‘xtaydi. O‘rtacha sutkalik harorat +300 S dan yuqori bo‘lganda yozgi sporalar hosil bo‘lmaydi. Mildyu o‘ta xavfli kasallik bo‘lib, bahor juda seryog‘in kelgan yillari hosilni to‘liq nobud qiladi. Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling