Tokutei gino


Download 21.18 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi21.18 Kb.
#1287984
Bog'liq
tokutei gino dasturi


[Переслано от Toshkent ofis]
Ma`lumot uchun, Yaponiyaning “TOKUTEI GINO” dasturidan foydalanib, quyidagi 14 ta soha bo`yicha O`zbekistonlik fuqarolar ham Yaponiya kompaniyalarda ishlash imkoniyatlari mavjud.
① KAIGO -Parvarishlash xizmati (Keksalar va nogironlar uylari, Bolnmitsa kabilarlarda parvarishlash xizmati)
② Binolarni tozalash bilan bog`liq xizmat turlari
③ Asbob-uskuna hamda butlovchi qismlarni ishlab chiqarish sanoati bilan bog`liq xizmat turlari
④ Mashinasozlik sanoati bilan bog`liq xizmat turlari
Elektrotexnika, elektronika va axborot texnologiyalari sanoati bilan bog`liq xizmat turlari
⑥ Qurilish sanoati bilan bog`liq xizmat turlari
⑦ Kemasozlik sanoati bilan bog`liq xizmat turlari
⑧ Avtomobillarni tuzatish va ularga texnik xizmat ko`rsatish saonati bilan bog`liq xizmat turlari
⑨ Aviatsiya sanoati bilan bog`liq xizmat turlari (M: aeroport hamda samolyotlarlarni tozalash sohasi bilan bog`liq xizmati turlari)
⑩ Mehmonhona saonati bilan bog`liq xizmat turlari
⑪ Qishloq xo`jaligi sohasi bilan bog`liq xizmat turlari
⑫ Baliqchilik sanoati bilan bog`liq xizmat turlari
⑬ Oziq-ovqat hamda ichimliklarni ishlab chiqarish sanoati bilan bog`liq xizmat turlari
⑭ Restoranlar sanoati bilan bo`gliq xizmat turlari

Ushbu "TOKUTEI GINO" vizasini qo`lga kiritish uchun Yaponiya Immigratsiyasi tomonidan Quyidagi sertifikatlar talab qilinadi.


🔴 Birinchi sertifikat bu-
JLPT 4 yoki JFT-BASIC(Japan Foundation Test for Basic Japanese →bu test hozirda O`zbekiston va Yaponiyada o`tkazilmaydi.)
NAT TEST sertifikati qabul qilinmaydi!!
🔴 Ikkinchi sertifikat bu-
Maxsus malakani baholash testi (技能評価試験)
https://www.mhlw.go.jp/stf/newpage_000117702.html (~ga qarang )
Masalan, KAIGO(Parvarishlash xizmati) sohasi bo`yicha ish qidirayotgan bo`lsangiz,
―Kaigo sohasi bilan bog`liq yapon tili imtihoni (介護日本語評価試験)
―Kaigo sohasi bilan bog`liq maxsus malaka imtihoni (介護技能評価試験)
Yuqoridagi Testlarini oldindan topshirib, Sertifikatni qo`lgan kiritganingizdan so`ng, siz ishlamoqchi bo`lgan soha (M-n, KAYGO sohasi) bilan bog`liq Yapon kompaniyasini topishingiz kerak bo`ladi. Agar shu Kompaniya sizni haqiqatdan ham “TOKUTEI GINO” dasturi bo`yicha ishga qabul qilmoqchi bo`lsa, Kompaniya bilan siz orangizda ikki tomonlama shartnoma tuziladi.
Shunday qilib, Siz Yuqoridagi protseslarni bosib o`tganingizdan so`nggina “TOKUTEI GINO” vizasiga hujjatlarni topshira olasiz.
Bu Viza qaysi soha bo`lishidan qat`iy nazar BIR YILGA(特定技能1号) beriladi. Kompaniyada faoliyat yuritish davomida tomonlarning kelishuvi asosida Vizani cho`zdirish – yangilash (特定技能2号kabi) imkoni mavjud. Bu o`zingizga ko`proq bog`liq.
Eslatma:
Vatandoshlarimiz orasida Kaigo sohasi bo`yicha sertifikatlari mavjud yoki “kaigo imtihoni”ni topshirmoqchi bo`lganlar bo`lsa, albatta bizga murojaat qiling🙏. Ishga taklif qilamiz.
Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling