Tola sifati IV tip bo`lgan istiqbolli, tezpishar “sp -38” G`O`za navi


Download 13.5 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi13.5 Kb.
#1258556
Bog'liq
maqola annotatsiyasi uzb


TOLA SIFATI IV TIP BO`LGAN ISTIQBOLLI, TEZPISHAR “SP -38” G`O`ZA NAVI


Ushbu maqolada Xorazm viloyatidagi turli darajada sho‘rlangan 209962 gektar sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishi qisqacha tahlil qilingan bo‘lib, shundan 109459 gektari kam sho‘rlangan, 68333 gektari o‘rtacha va 32170 gektari yuqori darajada sho`rlangan yerlar hisoblanadi. Shuningdek, maqolada sho‘rga chidamli, hosildorligi va rentabelligi yuqori yangi SP-38 g‘o‘za navini bo`yicha olib borilgan seleksiya va urug‘chilik tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Shu bilan birga, SP-38 navi “Xorazm-127” standart naviga nisbatan 12 kunga tezpishar, tola hosildorligi + 2,7%ga, uzunligi 1,6-2,4 mm ga, zichligi 7-6 m/teks ga, nisbiy uzilish kuchi 3,8 g.k / teks. Ga yuqori bo`lib, tola sifatli IV tipni tashkil etdi.


Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, mualliflar tomonidan quyidagi hulosalar qilindi:
- istiqbolli SP-38 g‘o‘za navi tuproq sho`rlanishiga bardoshliligi, shuningdek, asosiy qimmatli-xo`jalik belgilarining yuqori majmuiga ega bo‘lgani sababli nafaqat Xorazm, balki Buxoro viloyatiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ham joriy etish maqsadga muvofiq;
- SP-38 g`oza navi o'zining to'liq potensialini ko'rsatishi uchun mualliflar tomonidan tavsiya etilgan etishtirish agrotexnologiyasidan foydalanish kerak;
Kalit so'zlar: g'o'za, nav, SP-38, sho`rga bardoshlilik, tezpisharlik, tola uzunligi, tola chiqimi, agrotexnologiya
Download 13.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling