Tolaning turlari Yevropada paxta haqidagi ma’lumotlar G’o’zaning barcha turlari
Download 21.63 Kb.
|
Tolali o’simliklar
G‘O’ZANING SELEKSION NAVLARI
MDX seleksioner olimlari paxtaning serhosil yangi navlarini yetishtirish ustida katta ishlar qilganlar. Avval yetishtirilgan selek- sion navlarning hosildorligi, pishib yetilish muddati va kasallik- larga chidamlilik darajasi qoniqarli darajada emas edi. Bu kam- chiliklar 108-‘, 138-‘, C-450-555-511-b kabi tezpishar va ka- salliklarga chidamli yangi navlarni yaratish bilan bartaraf qilindi. Keyinroq Toshkent-1, Toshkent-2, Toshkent-3, T-7 kabi yangi seleksiya navlarini kiritish bilan mamlakatimizda paxta navlarini almashtirish ishi boshlandi. Bu yangi nav g’o’zalar avvalgi nav g’o’zalarga qaraganda kasalliklarga ancha chidamli, serhosil va to- lasining sifati yuqoridir. Mamlakatimizda ingichka tolali paxta navlarini yaratish ustida olib borilgan ishlar seleksionerlarimiz- ning yirik muvaffaqiyatlaridan biri hisoblanadi. Urug’chilik sohasida, to’qimachilik sanoati talabiga javob be- radigan g’o’za navlarini yaratish ustida ham ishlar olib borildi. Respublikamizda paxta urug’chiligi yagona davlat sistemasiga birlashgan bo’lib, u seleksiya va urug’chilik seleksiyalari stansiya- lari, elita urug’chilik xo’jaliklari, jamoa xo’jaliklari, nav sinash bo’limlari, paxta tayyorlash punktlari, paxta tozalash korxonalari va urug’chilik laboratoriyalarida olib boriladigan seleksiya va urug’- chilik ishlarini birlashtiradi. Paxta urug’chiligi sistemasi quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi: 1. Yangi nav g’o’za urug’ini birlamchi ko’paytirish. 2. Davlat nav sinash va tumanlashtirish ishlarini nazorat qilish. 3. Elita I, II va III reproduksiya urug’lari ishlab chiqarish bo’- yicha elita urug’chiligini rivojlantirish. 4. Urug’lik chigit fondini tayyorlash va jamoa xo’jaliklarini urug’lik chigit bilan ta’minlash. 5. Urug’lik fondining sifatini tekshirib borish. Seleksiya va tajriba stansiyalarida, ilmiy tekshirish institut- larida olingan g’o’zaning yangi navlari, uni ko’paytirish uchun jamoa xo’jaliklarida yetishtirilgan elita chigit urug’lik xo’jaliklariga beriladi. Bu yerda ko’rsatkichlari yaxshi chiqqan urug’lik chigit davlat nav sinash tashkilotlari tomonidan har taraflama sinaladi hamda paxta tolasi va undan to’qilgan gazlama Markaziy ilmiy tad- qiqot institutlariga yuboriladi. Serhosil, tolasining texnologik xususiyatlari talabga javob be- radigan, kasalliklarga chidamli va boshqa agrotexnika ko’rsat- kichlari yuqori bo’lgan g’o’za navlari tumanlashtiriladi. Bu navlar urug’chilik jamoa xo’jaliklariga berilib, u yerda elita chigit va uning reproduksiyasi olinadi. Elita urug’lik chigiti deb, g’o’zaning shu navga oid xususiyat- larga ega bo’lgan tiplarini yakka-yakka tanlab olish yo’li bilan chi- qarilgan chigitlarga aytiladi. Elita urug’lik chigitining tozaligi 100 %, ya’ni unga boshqa nav chigit aralashmagan bo’ladi. Birinchi reproduksiya chigiti deb, elita urug’lik chigitini ekish natijasida olingan chigitlarga aytiladi. Bu chigitlarning nav to- zaligi kamida 99 % bo’lishi kerak. Tumanlashtirilgan seleksiya nav g’o’zani boshqa seleksiya nav urug’i bilan almashtirish nav al- mashtirish deb ataladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Jabbarov G.D. va boshq. Chigitli paxtani birlamchi ishlash texnologiyasi. T.: ́O’qituvchiª, 1987. 2. Davlat standartlari: O’z RST 615ó94, O’z RST 604ó93, O’z RST 596ó93. O’zDST. 2001. Download 21.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling