To’ldiruvchi
Download 16.45 Kb.
|
ona tili yasmina
Hol Hol ko’proq kesimga bog’lanib,undan anglashilgan ish-harakatning o’rnini, paytini,holatini, bajarilish sababini, maqsadini, daraja-miqdorini bildirgan ikkinchi darajali bo’lak. Hollar qanday,qanday qilib,qay tarzda, qayerda, qayerga qayerdan, qachon, nega, nima uchun, qancha kabi so’roqlarning biriga javob bo’ladi.Shunga ko’ra, o’rin holi, payt holi, ravish holi, daraja- miqdor holi, sabab holi va maqsad holi farqlanadi. Hol ravish, kelishik shaklidagi va ko’makchi otlar, olmoshlar, sifat, son, taqlid so’z va fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin. Bir mustaqil so’z bilan ifodalangan hol soda, kengaygan birikma bilan ifodalangan hol murakkab hol sanaladi. To’ldiruvchi Gapning fe’l bilan ifodalangan biror bo’lagiga boshqaruv yo’li bilan bog’langan, kimni, nimani, qayerni, kinga, nimaga, kimda, nimada, kimdan, nimadan, kim uchun, nima uchun,kim bilan, nima bilan kabi so’roqlarga javob bo’luvchi ikkinchi darajali bo’lakka to’ldiruvchi deyiladi. To’ldiruvchi quyidagi so’zlar bilan ifodalanadi: Ot, olmosh, harakat nomi Otlashganda: Sifat, son, sifatdosh, taqlid so’z, undoz so’z, modal so’z. To’ldiruvchi birikma holida bo’lishi mumkin: Men uning go’zal siymosida qalbim ko’zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko’rardim. Erkin birikma birikma bilan ifodalangan murakkab to’ldiruvchi gap mazmunini to’ldirish, oydinlashtirish vazifasini bajaradi. Belgili va belgisiz tushum kelishigidagi to’ldiruvchi vositasiz to’ldiruvchidir.Tushum kelishigidan boshqa shakldagi to’ldiruvchi vositali to’ldiruvchi sanaladi. Aniqlovchi va uning turlari Narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, im yoki nimaga qarashliligini bildirib, gapning ot bilan ifodalangan bo’lagini aniqlab kelgan ikkinchi darajali bo’lak aniqlovchi deyiladi. U qanday, qaysi,nechchinchi, qancha, nechta, kimning, nimaning, qayerning so’roqlaridan biriga javob bo’ladi. Aniqlovchi aniqlagan (bo’g’langan) bo’lak aniqlanmish hisoblanadi. Aniqlovchi gapning barcha bo’laklarini aniqlashtirib kelishi mumkin. Aniqlovchi ega, ot kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi va holga bog’lanadi. Aniqlovchilarning bir xili narsa-buyumning belgisi (rang, miqdori, mazasi, hajmi)ni bildirsa, boshqa xili narsa buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini bildiradi yoxud boshqa tomondan nomlaydi. Shunga ko’ra aniqlovchilar uchga bo’linadi: Sifatlovchi aniqlovchi ; Qaratqich aniqlovchi ; Izohlovchi aniqlovchi. Parlamentning rangi, ta’mi, hajmi, miqdiri, xarakret-xususiyatini bildirib, o’zidan keying bo’lakka bitishuv yo’li bilan tobelangan aniqlovchi deyiladi. Sifatlovchi aniqlovchi qanday, qanaqa, qancha, nechanchi, qaysi kabi so’roqlarga biriga javob bo’ladi va quyidagi so’zlar bilan ifodalanadi: Sifat, son, sifatdosh,olmosh, ot, ravish, taqlid. Predmentning kim, nima yoki qayerga mansubligi, qarashliligini bildirib, o’zidan keyingi bo’lakka moslashuv yo’li bilan tobelangan aniqlovchilarga qaratchiq aniqlovchi deyiladi. Qaratqich aniqlovchi ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so’zlar bilan ifodalanib, kimning, nimaning, qayerning kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladi. Izohlovchi aniqlovchi shaxs va narsabi boshqa (turi, mansabi, laqabi,kasbi,qarindoshligi kabilar) tomonidan nomlaydi va ot bilan ifodalanadi. Download 16.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling