Tolibova Marjona


Download 11.96 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi11.96 Kb.
#1228541
TuriReferat
Bog'liq
deantologiya6


Toshkent Farmasevtika Instituti
Sanoat farmatsiya fakulteti
Sanoat farmatsiya yoʻnalishi
201-B guruh talabasi
Tolibova Marjonaning
Deantologiya fanidan tayyorlagan

REFERATI


6 Mavzu: Farmatsevtika mahsulotlarini sotib olish va sotish jarayonining psixologiyasi.
Reja:
1.Dori vositalarini sotib olish
2.Dori vositasining muvofiqligi va ularning o'zaro ta'siri
3. Dori vositalarini sotish jarayoni
4.Dorilarni iste’mol qilish haqida maslahatlar va farmasevt psixologiyasi

Farmatsevt faoliyatida gumanizm uning o‘ziga xosligini xisobga olganda tayyorlangan dori vositalarini xavfsizligini, samaradorligini va yuqori sifatga ega ekanligini ta’minlashdan tarkib topadi. Farmatsevt texnolog, farmatsevt assistentlar uchun quyidagi gaplar xos: “Bemorga dorini o‘zing uchun yoki sening yaqin odaming uchun tayyorlagandek tayyorlash kerak”. Farmatsevtning kasbiy burchi, yezgulikdagi javobgarligi “Inson xayotini yuqori darajadagi boylik” tarzida tushinishi avvldan ma’lum. Farmatsevt uchun xam shifokor uchun xam Gippokrat tamoyili dolzarbdir, ya’ni “Avvalambor xayotni zararlama,bemorni bemoriga zarar yetkazma”. Farmatsevt dori vositasini nojo‘ya ta’sirlari, dori preparatini qabul qilgach asoratlar qolishi mumkinligini eslab turishi lozim. Dori vositalarini davolash xususiyatidan tashqari ular negativ ta’sir qilish xossasiga xam egaligini farmatsevt esidan chiqarmasligi kerak.


Dorilarni ko‘pchiligi ksenobiotiklarga kiradi, ya’ni ular yot birikmalar bo‘lib, organizm uchun zararli nojo‘ya moddalarni xosil qilish bilan kuzatiladi. Ular allergen, mutagen, kanserogen yoki sitotoksik ta’sirlari ega bo‘lishi mumkin. Tashqi muxitda 50 mingdan ortiq ksenobiotiklarning uchrashi aniqlangan. Bu xavfni kamaytiradigan samarali choralariga quyidagilar kiradi: 1. Dori vositalarini belgilangan sinash va nazorat qilish me’yorlari va qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Sifatsiz dori vositalari oqimini qattiq chegaralash.
Dori vositalaridan oqilona foydalanishda farmatsevtning maslaxati katta o‘rin egallaydi.
Dorini tanlash bo‘yicha bemorga maslaxat berish
Tanlangan dori vositasining ta’siri xaqida qisqacha tavsifnoma berish
Narx xaqida gapirish
Dorini berayotganda bemorni yoshini xisobga olib dori vositasini tavsiya etish
Dorini istalmagan samara belgilarini tushuntirish.
Dorini ishlatish bo‘yicha annotatsiyasidagi maxsus tibbiy terminlarni bemorga tushuntirish.
Uy sharoitida dorilarni saqlash usullarini bemorga tushuntirish.
Dorining annotatsiyasi bo‘lmasa qog‘ozchaga dorini ishlatish bo‘yicha qisqacha eslatma yozib berish.
Dorixonada bemor uchun kerakli dori bo‘lmasa boshqa dorini topib berishga yordam berish.
Farmakofiliya –dori vositalari bilan davolashga bo‘lgan “muxabbat”
Uning paydo bo‘lish sabablari:
Shifokorning tavsiyasisiz va shifokorning tavsiyasi bilan dori ichishga o‘rganish.
Bemorni davolash uchun shifokorlar ko‘pgina vositalarni ichishga tavsiya etadilar.
Farmakofagiya-farmakofiliyaning kuzatuvchisi. Uning obekti retseptsiz beriladigan analgetiklar, sedativ, uhlatuvchi, astmaga qarshi dori vositalar.
Farmakofagiya ko‘pgina hollarda dori ta’sirini o‘tmaslashtiradi (yani organizmning doriga o‘rganib qolishi).
Bazi bir bemorlar pristup boshlanmasdan qo‘rqib farmakofaglar hisoblanadilar (yani, masalan bronxial astma bilan ogrigan bemorlar pristup boshlanmasdan oldin doimiy ravishda dorini yoqori dozada ichib oladilar).
Psixopatlar, kuchsizlar, chidamsizlar farmakofaglar bo‘lishlari mumkin.
Dori vositalarining to‘gri spetsifik ta’siri mavjud. Dori vositalarining platsebo deb ataladigan boshqacha ta’siri ham bor, ya’ni lotin tilidan olingan so‘z bo‘lib “yoqaman” degan ma’noni anglatadi.
Platseboning tarkibi:
Birlamchi emotsional qo‘zgatuvchilar ta’siri (dorining turi, uning bo‘yalganligi, kattaligi, ta’mi, hidi).
Ikkilamchi impulslar ta’siri.
Aniq doriga aloqador bo‘lgan ishonch.
Dori tayinlagan shifokorning va farmatsevtning hulqi.
Platsebo ta’siri natijasida quydagilar ro‘y berishadi:
Turli farmatsevtlar tomonidan berilgan dorilar turli samara berishi mumkin.
To‘g‘ri ko‘rsatilmagan bemorliklarga tayinlangan dori vositalari ijobiy ta’sir qilishi mumkin.
Bitta dori vositasi turli davrlarda turlicha ta’sir qilishi mumkin.
Og‘iz orqali ichishga yuborilgan dori vositalaridan ko‘ra in’eksiyada yuborilgan dori vositalari samarali ta’sir qiladi.
Fabrikada ishlab chiqarilgan dori vositasidan ko‘ra dorixonada tayorlangan dori vositalari yaxshiroq ta’sir qiladi.
Rangli qadoqdagi dori vositalari rangsiz qadoqdagi dori vositasiga nisbatan yaxshi ta’sir qiladi.
Bemorlar tarafidan qiyinchilik bilan topilgan dori vositalari yaxshi samara beradi.
Dori faqat yuqori darajada sifatli qilib tayyorlanishi kerak. farmatsevtik etika va deontologiyaning bosh sharoiti- bu dorini aniq tayyorlash, nazorat qilish va tayinlangani bo‘yicha bemorga berish hisoblanadi. Farmatsevtning faoliyatida muddati o‘tgan dori vositasini berishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Farmatsevtning aybi bilan sodir etilgan xatoliklar qo‘ydagicha tushuntiriladi:-javobgarlikning yo‘qligi, o‘zining bilimidagi kamchiliklar. Beayb farmatsevtdagi xatoliklar: hozirgi vaqtda farmatsiyaning rivojlanish darajasi, dori qabul qilgan organizmning allergiyasi.
Ish jarayonidagi vaziyatlar va psixik omillar sababli yuzaga keladigan xatoliklar: shoshma-shosharlik, charchaganlik, Farmatsevtning vaqtinchalik yoki surunkalik bemorligi.
Doimiy ravishda bilimini to‘ldirib borish- Farmatsevtning muvaffaqiyatli faoliyati omilidir .
Gippokratning eng dolzarb gaplaridan biri : “Shifokor katta bo‘lmagan xatolikka yo‘l qo‘ysa men uni samimiy ma’qullayman” (“Vrach sovershayushiy lish nebolshiye oshibki poluchit moyo iskrenneye odobreniye”). Faqat sifatli dori vositasi tayyorlanishi kerak,chunki sifatsiz medikamentlar iqtisodiy tanazzulga emas balki bemorga nisbatan axloqiy jinoyatga loyiq.
Farmatsevtik etika va deontologiyaning eng muxim sharti bu-dori vositalarini aniq tayyorlanishi, qat’iy nazorat qilinishi,tayinlanishi bo‘yicha bemorga berishdir
Provizor tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar provizorning mas’uliyatsizligidan,bilimsizligidan kelib chiqadi.
Provizorning xatoliklarga yo‘l qo‘yishiga quyidagilar sababchi bo‘ladi: shoshma-shosharlik, charchaganlik o‘tkir va surunkali nizoli vaziyatlar, vaqtinchalik yoki surunkali kasallanish farmatsevtlar o‘z vaqtida malakalarini oshirib turishlari lozim.Ular o‘z malakalarini seminarlarda, anjumanlarda qatnashib tajribalar almashib turadilar.
Farmatsevtik biznes etikasi-tovarlar bozorida dori vositalarining asosiy guruhini tashkil etadi. Bu guruhning o‘ziga hosligi ohirgi iste’molchi bilan tarkib topadi. Dori vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish yoki sifatsiz dori vositalaridan foiydalanish halokatga olib keladi.
“Dori vositalari va Farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi”, “Iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish” to‘g‘risidagi Qonunlarda yuqorida keltirilgan ma’lumotlar batafsil yoritib berilgan
Original dori vosita – bu ilk bor sintezlangan, o‘simlik xom ashyolaridan ajratib olingan yoki boshqa usullar bilan olingan bitta yoki bir nechta substansiyalar kombinatsiyasi asosida tayyorlangan dori vositasidir. Ular klinik oldi va klinik sinovlardan o‘tgan bo‘lib, terapevtik faolligi va bezararligi isbotlangan bo‘lishi kerak. Ko‘p hollarda ushbu ishlanmalarga firmalar tomonidan patent olinadi.
Generiklarga keladigan bo‘lsak, bu - original preparat bilan bir xil ta’sir etuvchi moddani bir xil miqdorda saqlagan qayta ishlangan va bozorga original preparatning patent muddati tugagandan so‘ng chiqarilgan dori vositasi, ya’ni original preparatning analogi.
Demak, generik preparat uni ishlab chiqargan yoki sotish huquqiga ega bo‘lgan firmaning mutloq mulki hisoblanadi.
Yuqorida aytilganidek, dori vositasining yangi molekulasiga patent olish uchun talabnoma rasmiylashtirishlari mumkin. Shu bilan Farmatsevtik korxonalar ular tomonidan yaratilgan dori birga ushbu preparatni sotishga xam mutloq huquqni qo‘lga kiritishlari mumkin. Xam patent ham bozordagi mutloq huquq spetsifik molekulani yoki boshqa ishlanmani konkurensiyadan himoyalasada, ular funksional va konseptual bir-biridan farq qiladi.
Patent ishlanmani paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab firmaning intelektual mulkini himoya qiladi, ammo uni sotishga hech qanday aloqasi yo‘q. Bundan farqli bozordagi mutloq huquq generik dori vositalarni sotuvga chiqishini to‘xtatib turadi. Patentlar va bozordagi mutloq huquq birga ishlashi yoki ishlamasligi mumkin, ular o‘zida bir xil talablarni jamlashi mumkin. Shu bilan birga, ba’zi bir vositalar bir vaqt ichida ham patentga ham bozordagi mutloq huquqga ega bo‘lishi mumkin yoki hech biriga ega bo‘lmasligi mumkin.
Patentni ishlash muddati turli davlatlarda har xil vaqtni tashkil qiladi; AQSHda- 23 yilgacha, Rossiyada -25 yil, O‘zbekistonda – 20 yil va yana 5 yilga uzaytirish imkoni bor. Bundan tashqari, masalan AQSHda agar dori vositasi bolalar amaliyotida qo‘llashga mo‘ljallangan bo‘lsa, yana 6-12 oyga eksklyuziv huquq uzaytirilishi mumkin (ta’luqli izlanishlar natijalari keltirilgan holda), orfan (juda kam uchraydigan bemorliklar) vositalar uchun esa – 7 yil eksklyuzivlik vaqti beriladi.
Qalbakilashtirilgan dori vositalarining farmatsevtika bozorida muomalaga chiqishi inson xayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, chunki bu vositalar qonuniy sifat nazoratidan o‘tmaydi. Farmatsevtika bozorida dori vositalarining qalbakilashtirish muammosini bartaraf etishning chora-tadbirlarini ishlab chiqish axolini sifatli va bezarar dorilar bilan ta’minlash maqsadida faoliyat yuritayotgan barcha mutasaddi korxona va muassasalarning xamkorligida amalga oshadi.
Download 11.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling