TO‘lov balansining makroiqtisodiy mohiyаti, asosiy moddalari va tuzilishi


Download 279.51 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2020
Hajmi279.51 Kb.
  1   2   3

TO‘LOV BALANSINING MAKROIQTISODIY MOHIYАTI, ASOSIY MODDALARI VA TUZILISHI

To‘lov balansi – ma’lum davr mobaynida (odatda bir yil) mamlakat rezidentlari2 (uy xo‘jaliklari, firmalar va davlat) va tashqi dunyo o‘rtasida bo‘ladigan bitimlar statistik qayd qilingan xujjatdir. U mamlakatning iqtisodiy aloqalarini aniq va lo‘nda ifodalab pul-kredit, valyuta, budjet-soliq, xalqaro savdo siyosatining hamda davlat qarzini boshqarish yo‘nalishlarini tanlash uchun indikator vazifasini bajaradi.

To‘lov balansida ikki tomonlama yozish prinsipi amalga oshadi. To‘lov balansining asosini kredit va debet tashkil etadi.

Kredit – qiymatlarning oqib ketishi bo‘lib, keyinchalik mamlakatga bu qiymat (mablag‘)lar qaytarilishi kerak. Kredit to‘lovlari orqali mamlakat rezidentlari xorijiy valyuta olishadi.

Debet – mamlakatga qiymatlarning kirib kelishi bo‘lib, mamlakat rezidentlari mavjud xorijiy valyutalarini sarflagan holda, kirib kelgan qiymatlarni to‘lashlari kerak. To‘lov balansi kreditining umumiy qiymati, debetning umumiy qiymatiga teng bo‘lishi kerak. Bu holda to‘lov balansida bir qancha bo‘limlar ajratilgan bo‘lishi kerak.

Mavjud mamlakat va tashqi dunyo orasidagi barcha bitimlar joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan bir qatorda to‘lov balansi uchta tarkibiy elementni o‘z ichiga oladi:



  1. Joriy operatsiyalar hisobi

  2. Kapital harakati va moliyaviy operatsiyalar hisobi

  3. Rasmiy zaxiralarning o‘zgarashi



Joriy operatsiyalar hisobi o‘z ichiga tovar va xizmatlar eksporti ((+) belgisida), import ((-) belgisida), investitsiya sof daromadi va sof joriy transfertlarni oladi.

Tovar eksporti va tovar importi orasidagi farq savdo balansini tashkil etadi. To‘la holda joriy operatsiyalar hisobi savdo balansining kengaytirilgan ko‘rinishidir.



Tovar eksporti (va boshqa eksport ko‘rinishidagi operatsiyalar) (+) belgisi

orqali hisoblanadi va kredit ko‘rinishini oladi, chunki bu bilan milliy banklarda chet el valyutalari zahiralari yig‘iladi. Import (va boshqa import ko‘rinishidagi operatsiyalar) esa aksincha, «debet» grafasida (-) belgisida hisobga olinadi, chunki ular davlatdagi chet el zahiralarini kamaytiradi.



Chet el omilining sof daromadlari: eksport va import ko‘rinishidagi operatsiyalardan olinadi. Ular o‘z ichiga ishchilarning vaqtinchalik sof mehnat haqi mavsumiy, chegara tashqarisidagi va h.k.z.) va kredit xizmatlaridan sof daromadlarni o‘z ichiga oladi. Agar chet elga qo‘yilgan milliy kapital shu davlatga qo‘yilgan chet el investitsiyasidan ko‘ra ko‘proq xajmdagi foiz va dividendlar bersa, demak investitsiyadan tushgan sof daromad ijobiy hisoblanadi, aksincha – salbiy hisoblanadi.

Ba’zan, davlatning aktiv va passivlari davlatlararo sezilarli bo‘lmagan



qiymatlar oqimi hisobiga kengayadi. Bunga chet el firmalarida qayta investitsiya qilingan davlat korporatsiyalarining qaytarilmagan foydasi misol bo‘la oladi. Bunda bosh kompaniyalar chet eldagi o‘z aktivlarini
ko‘paytiradi, lekin dividend shaklida o‘z davlatiga qaytarmaydi.



Download 279.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling