To’lov balansining mohiyati va tarkibi
Makroiqtisodiy modellarda to’lov balansining ahamiyati
Download 103.5 Kb.
|
6-mavzu
2.Makroiqtisodiy modellarda to’lov balansining ahamiyati
Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig’i quyidagicha beriladi: X – M = Xn = Y-(S+I+G) bu erda: X - eksport; M – import, Xn - sof eksport, S + I + G - absorbtsiya Joriy operatsiyalar balansida kamomad bo’lgan sharoitda, mamlakatning eksportdan olgan daromadlari importga qilgan xarajatlaridan kam bo’ladi va uni tashqaridan qarz olish hisobiga yoki mavjud aktivlarning bir qismini xorijiy investorlarga sotish orqali qoplashi mumkin. Bu operatsiyalar sof xorijiy aktivlarning kamayishiga olib keladi. Sof xorijiy aktivlar (CXA) – bu milliy rezidentlar tomonidan egallab turilgan xorij aktivlari va xorijliklar egalik qilgan mamlakat aktivlari o’rtasidagi farqni bildiradi. Joriy operatsiyalar balansida taqchillik bo’lmagan sharoitda esa mamlakat xorijiy valyutalarni sarf qilishga nisbatan ko’proq olib keladi. Mamlakatning joriy operatsiyalar bo’yicha balansi ijobiy qoldiqqa ega bo’lsa, unda mamlakatda chet elda ko’chmas mulkni sotib olish yoki boshqa mamlakatlarga qarzga berishga yo’naltirilishi mumkin bo’lgan ortiqcha xorijiy valyuta yuzaga keladi. Investitsiyalash va kreditlash bilan bog’liq operatsiyalar to’lov balansining keyingi bo’limida, ya’ni, kapitallar harakati hisobida aks ettiriladi. Mamlakatda ma’lum bir vaqtda moddiy va moliyaviy aktivlarini sotib olish va sotish bilan bog’liq operatsiyalariga kapital harakati hisobi deyiladi. Kapital harakati hisobi balansida korxonalar, er, uy-joylar, qimmatnarx qog’ozlar, aktsiyalar, xazina majburiyatlari va boshqa aktivlarni olish-sotish bilan bog’liq kapitallar oqimi aks ettiriladi. Bu aktivlar sotilsa yoki eksport qilinsa, xorijiy valyuta mamlakatga kiritiladi, ya’ni valyuta tushumi ko’payadi (+150). Biroq kapitalni olib kelish bilan bir vaqtda uni olib chiqish bilan bog’liq operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Bunda mamlakatning tadbirkorlari xorijdan aktsiyalar sotib oladi, xorijliklarga kreditlar beradi va shu asosda ular xorijiy valyuta zaxiralarini sarflaydi. Bu operatsiyalar debet ko’rinishida aks ettiriladi (-87). Kapital harakati balansining qoldig’i – bu, uni olib kelish va olib chiqish o’rtasidagi farqdir (+63). Kapital xarajatlari hisobida aktivlar bo’yicha barcha xalqaro operatsiyalar ko’rsatiladi. Kapital xarakati balansi =Aktivlarni sotishdan tushadigan barcha tushumlar – Xorijiy aktivlarni sotib olishga kilingan xarajatlar. Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling