Demak, to'lqinning tarqalish tezligi fazaning ko'chish tezligini anglatadi. Shuning uchun uni fazaviy tezlik deyiladi.
Turli chastotali to'lqinlar yig’indisini to'lqinlar guruhi yoki to'lqin "paket" deb ataladi. "Paket"ning tezligi uning tarkibidagi to'lqinlarining birortasining tezligiga mos kelmaydi bunday hollarda to'lqinlar guruhi maksimumining ko'chish tezligi tushunchasidan foydalaniladi va uni guruhiy tezlik deb ataladi.
To'lqin uzunliklari l dan l + dl gacha bo'lgan to'lqin "paket" ning guruhiy tezligi
bilan aniqlanadi.
To'lqinning muhitda tarqalish jarayonida energiyaning tarqalishi ham sodir bo'ladi. Elementar DV hajmdagi to'lqin energiya kinetik va potensial energiyalar yig’indisidan iboratdir
Bu ifodaning DV hajmga nisbati - muhitning birlik hajmida mujassamlashgan energiyadir. U energiya zichligi deb ataladi.
Sinus kvadratining o'rtacha qiymati 1/2 ga teng bo'lganligi uchun to'lqinning ixtiyoriy nuqtasidagi energiya zichligining vaqt bo'yicha o'rtacha qiymati
wo’r = rA2w2 bo'ladi.
To'lqinning tarqalish yo'nalishiga perpendikulyar ravishda joylash-tirilgan S sirt orqali 1s. davomida ko'chib o'tadigan energiya miqdori bilan xarakterlanuvchi kattalik energiya oqimi deyiladi. Energiya oqimi skalyar kattalik bo'lib, u quvvat birliklarida, SI da vattlarda o'lchanadi. To'lqinning tarqalish yo'nalishiga perpendikulyar bo'lgan 1m2 yuzli sirt orqali 1s. davomida ko'chib o'tadigan energiya miqdorini energiya oqimining zichligi deb ataladi.
Energiya oqimining zichligi
Bu vektorini Umov vektori deb ataladi. Uning absolyut kattaligi bo'yicha o'rtacha qiymati
I = jo’r .=
t o'lqin intensivligi deb ataladi.
Demak, to'lqin intensivligi - to'lqin o'zi bilan birgalikda "eltayotgan" energiya oqim zichligining o'rtacha qiymatidir. U Vt/m2 hisobida o'lchanadi.
Yorug’lik chastotasi x o'qi yo'nalishida tarqalayotgan n =(0,75¸0,40) Gs oraliqda, yoki vakuumdagi to'lqin uzunligi lо=(0,40¸0,75).10-6м intervalda bo'lgan elektromagnit to'lqinlardir.
Yassi monoxromatik yorug’lik elektr va magnit maydon kuchlanganlik vektorlarining o'zaro perpendikulyar tebranishlari ko'rinishida ifodalanadi: = m соs(wt-kx+jо), = m (wt-kx+jо). Yorug’lik intensivligi muhitning sindirish ko'rsatkichi n va to'lqin amplitudasining kvadrati ga proportsional: I = . - Umov-Poyting vektori.
Do'stlaringiz bilan baham: |