Tolstoy rus jamiyatida kechayotgan noxush jarayonlarni tasvirlash avvalida 3 oila – Oblonskiy, Karenin va Levinlardan iborat tizginni o‘quvchi oldiga tashlaydi. Lekin yozuvchi, eng avvalo, ko‘zguni insonning qalbiga

Download 33.09 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi33.09 Kb.
#1758544
Bog'liq
essay 2

Adabiyot keng maʼnoda yozma ish, ayniqsa, yuqori yoki doimiy badiiy xususiyatga ega deb hisoblangan asarlar sifatidadir Adabiyot kishi fikrini qo‘zg‘atishdan tashqari boshqa odamlar fikrini qabul qilishga ham undaydi. Ana shunday marvarid asarlar sirasiga kiruvchi romanlardan biri “Anna Karenina”dir.

Tolstoy rus jamiyatida kechayotgan noxush jarayonlarni tasvirlash avvalida 3 oila – Oblonskiy, Karenin va Levinlardan iborat tizginni o‘quvchi oldiga tashlaydi. Lekin yozuvchi, eng avvalo, ko‘zguni insonning qalbiga, uning ichki olamiga tutadi.

Asarning avvaliga eʼtibor qarataylik. Roman Oblonskiy va uning rafiqasi Dollini yarashtirish uchun kelgan Anna tasviridan boshlanadi. Yozuvchi odamning xulq-u xarakterini mohirona ochib berishga intilganki, asarni o‘qish avvalida aynan mana shu epizodda Vronskiy bilan ilk marta uchrashgan Annaning hayoti, uning qarashlari tubdan o‘zgarib ketishini o‘quvchi boshida qayoqdan bilsin?! Ikki qalbni yana birlashtirish uchun kelgan ayolning halovati va shuning barobarida oilasi ham ayni shu uchrashuvdan keyin buzila boshlaydi.

Tolstoy, aksar rus yozuvchilaridek nasroniy diniga katta eʼtiqod qo‘ygan, hayotda ro‘y berayotgan voqealarga va kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga bo‘lgan munosabatiga, shak-shubhasiz, taʼsir o‘tkazgan.

Bu o‘rinda yozuvchi Anna va Vronskiy obrazi orqali insonning hali o‘zi tushunib, anglab ulgurmagan tug‘yonlari, javobsiz savollariga o‘quvchi eʼtiborini qaratadi. Aleksey Kareninning rafiqasi bo‘lishiga qaramay Anna Vronskiyni ilk ko‘rishida qalbida unga bo‘lgan ehtiros vulqoni, uni hech nimadan tab tortmaslikka undamoqchi bo‘lgan bir epkinni sezadi va umrida bu hislarni ilk bor boshidan kechiradi.

Roman yana bir sof muhabbat tarixini ham tarannum etadiki, bu Levin va Kitini bog‘lab turgan pokiza rishtalardir. O‘sha davr muhiti va odamlar “men”ida aristokrat oila qizlariga boylik uchun “ko‘ngil qo‘yish” urchigan bir paytda, Levin Kitiga chindan oshiq bo‘lib qoladi. Yozuvchi ushbu epizodlar bilan tobora yo‘qolib borayotgan asil tuyg‘ularni soxtasidan ajratish yo‘llarini o‘rgatadi, haqiqiy rishtalarni qadriga yetishga chorlaydi.

Garchi asarlar dunyoning turli burchaklaridan kelgan turli odamlar tomonidan yozilgan bo‘lsa-da, u ayni jamiyatda, ayni vaqtda sodir bo‘layotganga o‘xshaydi. “Anna Karenina” ham ana shunday asarlar toifasidan. Anna aslida qanday ayol o‘zi, kim u, uning qalbida qanday Anna yashaydi? Yozuvchi mohirlik bilan sirlarni oshkor qiladi.

Xulosa esa qaysi din vakili bo‘lishidan qatʼi nazar oila muqaddasligi, uni ayol va erkak teng maʼnoda asrashi kerakligidan, o‘tkinchi, sarob hislar odamni halok qilishidan so‘zlaydi. Garchi romanning biror o‘rnida xiyonat so‘zi qo‘llanmagan bo‘lsa-da, uning naqadar mudhish xatoligini yozuvchi voqealarni tasvirlash barobarida ko‘p bor taʼkidlaydi.

Xulosa qilib aytganda, asar hozirda ham yonimizda yashayotgan eʼtiborsiz, jurʼatsiz Aleksey Kareninlar, muhabbati darajasini anglay olmagan, uni fahsh munosabatlar bilangina ko‘ra oladigan Vronskiylar va soxta tuyg‘ularni haqiqiysidan ajratolmaydigan, uni yuksaklarga ko‘tarib, butun boshli oilasi, farzandlaridan-da kecha oladigan, Karenina bo‘lolmagan Annalar haqida...

Download 33.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling