Lug’atlar
Python dasturlash tilida ro’yxatlar va kortejlar bilan bir qatorda lug’atlar (dictinary) deb nomlanuvchi berilganlarning ichki tuzilmasi mavjud. Lug’atlar hamxuddi ro’yxatlar kabi elementlar to’plamini saqlaydi. Lug’atdagi har bir element unikal kalitga ega bo’ladi va unga biror bir qiymat bog’lanadi.
Lug’at quyidagicha sistaksis bo’yicha aniqlanadi:
dictionary = { kalit1:qiymat1, kalit2:qiymat2, }
Quyida lug’atlarga misol keltirilgan:
1
2
3
4
|
users = {1: "Tom"_,_2:_"Bob"_,_3:_"Bill"_}__elements_=_{"Au"_:_"Oltin"_,_"Fe"_:_"Temir"_,_"H"_:_"Vodorod"_,_"O"_:_"Kislorod"'>"Tom", 2: "Bob", 3: "Bill"}
elements = {"Au": "Oltin", "Fe": "Temir", "H": "Vodorod", "O": "Kislorod"}
|
Bu erda
users ro’yxatida
kalit sifatida son, qiymat sifatida satr qo’llanilgan.
element ro’yxatida esa qiymat sifatida ham kalit sifatida ham satr ishlatilgan.
Lekin kalitlar va qiymatlar bir turga mansub bo’lishi shart emas. Ular har xilturdagi qiymatlar bo’lishi mumkin:
1
|
objects = {1: "Tom", "2": True, 3: 100.6}
|
Bundan tashqari bo’sh lug’atlarni ham yaratish mumkin:
1
2
3
|
object1 = {}
# yoki
object2 = dict()
|
Ro’yxatlar yordamida lug’at xosil qilish. Lug’atlar tuzilmaviy jihatidan ro’yxatlarga o’xshamasada, lekin ba`zi bir maxsus ro’yxatlar
asosida dict() funkuyasi orqali ro’yxatlar hosil qilish mumkin. Buning uchun ro’yxat o’z navbatida ro’yxatlar to’plamidan tashkil topgan bo’lishi kerak. Ichki ro’yxatlar ikkita elementlardan tashkil topishi shart bo’lib, mos ravishda
birinchi element kalitga, ikkinchi element qiymatga akslantiriladi: