Tomat Ishlab Chiqarishning Texnologik Sxemalari Tahlili


Quyultirilgan tomat sharbatini olish


Download 24.26 Kb.
bet6/7
Sana19.06.2023
Hajmi24.26 Kb.
#1625355
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tomat Ishlab Chiqarishning Texnologik Sxemalari Tahlili

Quyultirilgan tomat sharbatini olish
Tomat ventillyatorli yuvish mashinasi 1-da yuviladi, transportyor 2-da inspeksiyalanadi va “G’ozbo’yin” elevatori 3 yordamida diskli maydalagich 4-ga uzatiladi. Maydalangan massa shnekli shparitel 5-da 80-90°S gacha isitiladi va to’rli uzluksiz ishlovchi sentrifuga 6 ga keladi. To’r teshiklari 0,06-0,1 mm-li teshiklarga ega. Sentrifugada juda tez (0,75 s) da mayin yanchilgan tomat massasi shaklida sharbat ajraladi. Zarrachalar dispersligi 10-30 mkm. Sharbatning chiqishi sentrifugaga kirgan massaning 70-80%ni tashkil etadi.
Presslangan qoldiq shnekli shparitel 5 da qo’shimcha ravishda 90°S temperaturagacha isitiladi, so’ngra esa ishqalash mashinasi 7, gomogenizator 8 dan o’tkaziladi va yig’uvchi 9 da yig’iladi. Po’stloq va urug’idan ajratilgan va mayin maydalangan tomat massasi nasos 10 yordamida yig’uvchi 11ga tomat pastasi yoki konsentrlangan tomat sharbati olinadigan massaga qo’shish uchun haydaladi.
Quyultirilgan tomat sharbati 4-rasmda keltirilgan sxema bo’yicha ishlab chiqariladi. 4-rasm Quyultirilgan tomat sharbati ishlab chiqarish sxemasi
Zarrachalar dispersligi 10-30 mkm. Sharbatning chiqishi sentrifugaga kirgan massaning 70-80% ni tashkil etadi. Presslangan qoldiq shnekli shparitel 5 da qo’shimcha ravishda 90°S temperaturagacha isitiladi, so’ngra esa ishqalash mashinasi 7, gomogenizator 8 dan o’tkaziladi va yig’uvchi 9 da yig’iladi. Po’stloq va urug’idan ajratilgan va mayin maydalangan tomat massasi nasos 10 yordamida yig’uvchi 11 ga tomat pastasi yoki konsentrlangan tomat sharbati olinadigan massaga qo’shish uchun haydaladi.
Quyultirilgan tomat sharbati 5-rasmda keltirilgan sxema bo’yicha ishlab chiqariladi.
5-rasm. Quyultirilgan tomat sharbati ishlab chiqarish sxemasi.
Sharbatga gomogenizasiyalangan massa qo’shish (12-15%) yo’li bilan mahsulot konsistensiyasi yaxshilanadi. Sentrifugada siqib olingan sharbat yig’uvchi 11 ga boradi, undan nasos 10 yordamida ikki seksiyali quvurli isitgich 12 da 70-80 0C orqali uch korpusli vakum bug’latish kompleksi 13 ga yuboriladi. Sharbatning quruq modda miqdori (5 da) quyidagini tashkil etadi: I korpusdan so’ng 15, II korpusdan so’ng – 30, III – korpusdan so’ng–40. Ikkinchi variant bo’yicha I korpus tomat-pasta liniyasi bug’latish stansiyasini to’ldiradi hamda II va III korpuslarni ikkilamchi bug’ bilan ta’minlaydi. II korpusda sharbat quruq moddasi 5% dan 20-25% ga yetguncha bug’latiladi, III korpusda esa 40% gacha. Ikkala korpusda ham qaynash temperaturasi 50°S dan oshmaydi. Bu esa tomatning ranglovchi moddalari, vitaminlari va boshqa labil komponetlarini saqlab qolish imkoniyatini beradi.
Bug’latilgan tomat sharbati yig’uvchi 14 ga haydaladi, undan esa nasos 15 yordamida isitgich yordamida to’ldirgich 15 ga yuboriladi. Qadoqlangan sharbatga kamera 16-da infraqizil nur bilan ishlov beriladi, so’ngra esa mahsulot solingan tara bug’-vakuum berkitish mashinasi 17 da germetik berkitiladi. 40% quruq moddali konsentrlangan tomat sharbati 21,5% qandlarga ega, kislotaliligi (olma kislotasi bo’yicha) 3,85%. Mahsulotdagi ranglovchi moddalarning miqdori 0,076 mg/kg, 100 g sharbatda karotin miqdori - 2,23, S vitamini miqdori 96,8 mg ni tashkil etadi.


Download 24.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling