Tomda yashovchi


Download 24.43 Kb.

Sana03.09.2018
Hajmi24.43 Kb.

Kitobxon.Com

MITTIVOY VA

TOMDA YASHOVCHI

KARLSON

Kitobxon.Com



4

TOMDA  YASHOVCHI  KARLSON

Stokgolm shahridagi odatdagi ko‘cha-yu odatdagi

uylardan birida Svanteson familiyali oddiygina shved

oilasi  yashardi.  Bu  oiladagi  ota  ham,  ona  ham

ko‘pchilik ota-onalardan farq qilmasdi. Bosse, Betan

va Mittivoy ismli uch bolakay ham o‘z tengqurlariga

juda o‘xshashardi.

–  Men  hecham  oddiygina  mittivoy  emasman,  –

deydi Mittivoy.

Bu to‘g‘ri emas, albatta. Axir, bu olamda yetti ya-

shar, ko‘zlari ko‘m-ko‘k, quloqlari kir, ishtonining

tizzasi yirtilgan bolalar kammi?! Bunga shubhalan-

masa ham bo‘ladi: Mittivoy ko‘cha changitib yurgan

minglab bolalarning biri.

Bosse o‘n beshga kirgan, u doska oldida turgandan

ko‘ra,  futbol  darvozasida  turishni  afzal  ko‘radi.

Demak, u ham oddiy bolalardan.

Betan  o‘n  to‘rt  yoshda,  uning  sochi  ham  oddiy

tengdoshlarining sochiga juda-juda o‘xshaydi.

Butun  boshli  uyda  bitta  zot  o‘zgalarga  sira

o‘xshamasdi – bu tomda yashovchi Karlson. Ha, u

chindan ham tomda yashardi. Shuning o‘ziyoq antiqa

edi. Balki boshqa shaharlarda sal boshqacharoqdir,

biroq  Stokgolmda  birorta  odamning  tomda,  yana

alohida  kichkina  uychada  yashaganini  hech

uchratishmagan. Lekin buni qarangki, Karlson xuddi

shu – biz aytgan tomda yashaydi.

Karlson – kichkinagina, baqaloq, kekkaygan bir

odamcha,  buning  ustiga  uchish  qobiliyatiga  ega.


5

Samolyot-u vertolyotlarda hamma ham ucha oladi,

lekin Karlsonning o‘zi uchadi. Qornidagi tugmachani

bossa  bas,  orqasidagi  kichkina  ajoyib  motorcha

tarillab ishlay boshlaydi. Parrak pirillab aylanguncha

Karlson  bir  zum  qimir  etmay  turadi,  motor  rosa

ishlagandan keyin Karlson osmonga ko‘tariladi-da,

yengil chayqalib uchib ketadi. Uning  xuddi direktorga

o‘xshab kerilishini ko‘rsangiz. Biroq orqasida parragi

bor direktorni tasavvur etish mumkinmi o‘zi?!

Karlson  tomdagi  kichkinagina  uyda  rohatda

yashaydi. Kechqurunlari ostonada o‘tirib, yulduzlarni

tomosha qiladi. Derazalardan ko‘ra tomdan yulduzlar

yaxshiroq ko‘rinadi, shuning uchun ham nega odam-

lar tomda kam yashashadi-ya, deb hayron bo‘lasan-

da  kishi.  Balki  boshqa  odamlar  buning  fahmiga

borishmas. Axir, ular Karlsonning u yoqda uychasi

borligini bilishmaydi, chunki uni kattakon mo‘ri to‘sib

turadi. Umuman, kattalar unga qoqilib ketishganda

ham kichkinagina uychaga e’tibor qilisharmidi.

Kunlardan  bir  kun  mo‘ri  tozalovchi  Karlsonning

uychasini ko‘rib qoldi. U juda hayron bo‘lib, o‘ziga o‘zi:

–  Tavba...  uychami?  Yo‘g‘-e,  ko‘zimga  shunday

ko‘rinayotgandir! Tomda kichkina uycha turibdimi?..

Qayoqdan kelib qoldi? – dedi.

Mo‘ri tozalovchi mo‘riga tirmashib chiqdi-yu, shu

zahoti uycha yodidan ko‘tarildi, shu-shu boshqa esiga

olmadi ham.

Mittivoy Karlson bilan tanishganidan juda xursand

bo‘ldi.  Karlson  uchib  kelishi  bilanoq,  juda  g‘alati

sarguzashtlar boshlanardi. Aftidan, Mittivoy bilan

tanishganidan Karlsonning ham ko‘ngli chog‘ edi.

Axir kichkinagina uyda yakka o‘zi turgach, zerikadi-

da. Yana bu uyni hech kim ko‘rmasa, nimasi yaxshi?

Uchib o‘tayotganingda bitta-yarimda: «Salom, Karl-


6

son», deb qichqirmasa, so‘rashmasa, kishiga alam

qilmaydimi?!

Mittivoy bilan Karlson nobop kunda tanishishdi-

da. O‘sha kuni Mittivoy bo‘lishning hech qizig‘i yo‘q

edi. Holbuki, odatda Mittivoy bo‘lish juda ko‘ngilli.

Mittivoy oilaning erkatoyi. Uning og‘zidan chiqqanini

muhayyo qilishadi. Biroq bugun negadir ish chappa-

siga ketdi. Oyisi uni yana ishtonini yirtgani uchun

koyidi, Betan unga: «Burningni artib yursang-chi»,

deb o‘shqirdi, maktabdan kech qaytganiga dadasi-

ning jahli chiqdi.

– Ko‘cha-ko‘yda sanqib yurasan-a! – dedi dadasi.

«Ko‘cha-ko‘yda sanqib yurarmish!» Axir, uyga kela-

yotib yo‘lda kuchukchani uchratib qolganini dadasi

bilmaydi-da. Kuchuk shunday yoqimtoy, shunday

chiroyli ediki, asti qo‘yaverasiz. U go‘yo Mittivoyga

ergashib ketgisi kelganday, uni hidlab, hadeb dumini

likillatardi.

Mittivoyga qolsa, kuchukni jon-jon deb olib ketardi-

ya.  Biroq  oyisi  bilan  dadasi  uyga  it  olib  kelishga

qarshi. Buning ustiga muyulishdan bir xotin chiqib:

«Riki! Riki! Buyoqqa kel!»  deb qichqirib qolsa bo‘ladimi.

O‘shandan  keyin  Mittivoy  kuchukdan  butunlay

umidini uzdi.

– Butun umr itsiz o‘tib ketadiganga o‘xshayman,

– dedi Mittivoy kuyunib, ishi o‘ngidan kelmagach. –

Oyi, siz dadam bilan birgasiz, Bosse bilan Betan ham

sira ajralishmaydi, doim birga, mening-chi? Mening

hech kimim yo‘q!..

–  Oppog‘im,  Mittivoy,  axir,  biz  hammamiz  seni

yaxshi ko‘ramiz-ku, – dedi oyisi.

– Bilmadim... – dedi Mittivoy ko‘ngli battar cho‘kib,

chunki unga chindan ham bu dunyoda hech kimi

va hech narsasi yo‘qday tuyuldi.


399

MUNDARIJA

MITTIVOY VA TOMDA YASHOVCHI  KARLSON

Tomda yashovchi Karlson ............................................... 4

Karlson minora quradi .................................................. 13

Karlson chodir tikdi ...................................................... 23

Karlson garov o‘ynadi .................................................... 35

Karlsonning qilmishlari ................................................ 52

Karlsonning arvoh-arvoh o‘ynagani .............................. 71

Karlson Alberg laqabli o‘qimishli kuchuk bilan

tomosha ko‘rsatadi ........................................................ 87

Karlson Mittivoyning tug‘ilgan kuniga keladi .............. 102

Tomda yashovchi Karlson yana uchib keldi ................ 119

Karlsonning uyida ....................................................... 138

Karlsonning jahli chiqdi .............................................. 149

Karlson ziyofat berdi ................................................... 164

Karlson va televizor ..................................................... 180

Karlsonning qo‘ng‘irog‘i ............................................... 192

Vazastanlik jajji ajina ................................................. 203

Karlson ajina emas, shunchaki Karlson ..................... 216

Yoshgina mag‘rur qizcha uzoq-uzoqlarga uchib

ketdi ........................................................................... 232

Chiroyli, aqlli va tobida semirgan ................................ 244

TOMDA YASHOVCHI KARLSON YANA SHO‘XLIK

QILYAPTI

Hammaning ham Karlson bo‘lishga haqqi bor ............. 255

Karlson tug‘ilgan kunini eslab qoldi ............................ 274

Karlson – birinchi o‘quvchi ......................................... 295

Karlson Mittivoynikida tunab qoldi ............................. 308

Karlson shovqin-suron ko‘taradi va quymoq pishiradi 321

Karlson – xurrak bo‘yicha dunyoda eng yaxshi

mutaxassis ................................................................. 339

Karlson – dunyodagi eng zo‘r tungi to‘polonchi ............ 352

Karlson Yulius amakini ertaklar olamiga olib kirdi ...... 372



Dunyodagi eng badavlat Karlson ................................. 388


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling