Tomonlaridan tasnif etilgan hadislar jamlangan


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana23.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#150684
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Imomi A'zam Abu Hanifa. Musnadi Abu Hanifa


320 
 
Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn 
Buraydaning otasi aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bir qo‘shin yoxud sariyya (bir guruh 
suvoriy askar - Tarj.) yuborganlarida ularning qo‘mondonlariga, o‘zi xususida Allohdan 
qo‘rqishini, u bilan birga bo‘lgan musulmon askarlari xususida yaxshilik qilishini tavsiya 
etgach, yana bunday der edilar:  
-Allohning nomi ila Alloh taolo yo‘lida jihod eting. Allohni inkor etgan bilan jang qiling. 
Haddan oshmang. Ahdga xoinlik qilmang, hech kimning tana a’zosini kesmang, bolalarni 
va keksalarni o‘ldirmang. Dushman bilan yuzma-yuz kelganda ularni Islomga da’vat 
eting. Agar qabul qilmasalar, jizya to‘lashlarini taklif qiling, agar qabul qilmasa ular bilan 
jang qiling. Agar bir qal’a ahlini qamal etsangiz va ular sizdan Allohning hukmi bilan 

Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
so‘rashsa, bunday qilmang. Alloh taoloning hukmi qanday bo‘lishini bilolmaysiz. Biroq 
ularni o‘z hukmingizga tushiring. Keyin ular borasida o‘zlaringizda tug‘ilgan hukm bilan 
hukm qiling. Sizdan Allohning zimmatini istashsa, o‘z ahdingizni va otalaringizning ahdini 
bering. Ularga bergan va’dangizni buzish Allohning ustingizdagi zimmatini buzishdan 
yengilroqdir». 
Bir rivoyatda esa quyidagicha aytiladi: «Agar sizdan Allohning zimmatini va 
Rasulullohning (s.a.v.) zimmatini ularga berishni so‘rashsa, bermang. Faqat o‘z 
zimmatingizni va otalaringizning ahdini bering. Chunki sizning o‘z nomingiz va 
otalaringiz nomidan bergan ahdni buzishingizning jazosi yengilroqdir». 
 
320 
 
Abu Hanifa (r.a.) Alqamadan, u Ibn Buraydadan, u otasidan rivoyat qiladi. Ibn 
Buraydaning otasi aytdi: "Rasululloh (s.a.v.) asirlarning tana a’zolarini kesib jazo 
berishni ta’qiqladilar". 
 
321 
 
Abu Hanifa (r.a.) Ismoil ibn Hammoddan, u otasidan, u Qosim ibn Moindan, u 
Abdulmalik Atiyya Quroziydan rivoyat qiladi. Atiyya Quroziy (r.a.) aytadi: "Biz Qurayza 
janggida Rasulullohga (s.a.v.) havola qilindik. Kattalar o‘ldirilib, kichiklarning asirga 
olishini buyurdilar. Kimning balog‘at tuki chiqqan bo‘lsa, o‘ldirildi. Kimniki chiqmagan 
bo‘lsa, u o‘ldirilmadi". 
Bir rivoyatda Abdulmalik Atiyya Quroziy dedi: «Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.) 
ko‘rsatildim.  
- Qarang, agar tuki chiqqan bo‘lsa, o‘ldiring, - dedilar. 
Meni tukim chiqmaganligini ko‘rishdi va ozod qilib yuborishdi». 
Boshqa bir rivoyatda Abdulmalik Atiyya Quroziy aytadi: «Qurayza asirlari orasida edim. 
Rasulullohga (s.a.v.) ko‘rsatildim. Kindik ostimga qarashdi, unda tuk bitmaganini ko‘rib, 
meni asirlar orasiga qo‘shdilar». 
 
322 
 
Abu Hanifa (r.a.) Ibn Abu Laylodan, u Hakamdan, u Muqsimdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) 
rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Handaq (janggi) kuni mushriklardan bir odam 
handaq ichida o‘ldirildi. Mushriklar uning o‘ligi (jasadi) evaziga mol berdi. Rasululloh 
(s.a.v.) ularni bundan qaytardilar". 
 
323 
 
Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. «Rasululloh (s.a.v.) 
Haybar kuni o‘ljalarning beshdan birini bo‘linmay sotilishini ta’qiqladilar». 
 
324 
 
Abu Hanifa (r.a.) Muqossimdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Abbos (r.a.) 
aytdilar: "Nabiy (s.a.v.) Badr g‘azotidan olingan o‘ljalarni Madinaga borgandan 
so‘nggina, taqsimlab berdilar". 
 

Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
OLDI-SOTDI HAQIDA 
 
325 
 
Abu Hanifa (r.a.) Hasandan, u Sha’biydan rivoyat qiladi. Sha’biy aytdi: «Rasulullohdan 
(s.a.v.): 
- Halol qilingan narsalar aniq, harom qilingan narsalar aniq. Bu ikkisining orasida ko‘p 
insonlar bilmaydigan shubhali narsalar bor. Kim shubhalardan saqlansa, dini va 
nomusini pok etgan bo‘ladi», deb aytganlarini eshitganini eshitdim». 
 
326 
 
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Said ibn Jubayrdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat 
qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Alloh sharobni, uni 
siqib tayyorlaganni, quyganni, ichganni, sotganni, sotib olganni la’natlagan 
(la’natlaydi)». 
 
327 
 
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Muhammad ibn Qaysdan rivoyat qiladi. 
Muhammad ibn Qays bunday dedi: «Ibn Umardan yo Ibn Kasirdan (roviy shubha qildi) 
yoxud boshqa biridan ichkilikning sotilishi haqida so‘radim. 
U bunday dedi: «Alloh taolo yahudiylarni la’natlagan. Ularga ichki yog‘lar (charvi yog‘i) 
harom qilindi. Ular uni yeyishni harom, sotishini halol hisobladilar. Pulini yedilar. Aroqni 
harom qilgan Zot uni sotishni ham harom qilgandir». 
 
328 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abu Ishoqdan, u Horisdan, u Hazrati Alidan (r.a.) rivoyat qiladi. Hazrati 
Ali (r.a.) bunday dedilar: «Rasululloh (s.a.v) foiz yeganni ham, yedirganni ham 
la’natladilar» 
 
329 
 
Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Ibn Abbosdan, u Usoma ibn Zayddan (r.a.) rivoyat qiladi: 
«Rasululloh (s.a.v.) bunday marhamat qildilar: «Ribo (foiz) nasiyadadir. Yadan bi yad 
(naqd) bo‘lganida zarar yo‘qdir». 
 
330 
 
Abu Hanifa (r.a.) Atiyyadan, u Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Said Xudriy 
(r.a.) aytdiki: «Oltin oltinga teng miqdorda sotiladi, oshiqchasi ribodir. Kumush 
kumushga teng miqdorda sotiladi, oshiqchasi ribodir. Xurmo xurmoga teng qilib sotiladi, 
oshiqchasi ribodir. Arpa arpaga teng miqdorda sotiladi, oshiqchasi ribodir. Tuz tuzga 
teng miqdorda sotiladi, oshiqchasi ribodir». 
Bir rivoyatda: «Oltin oltinga teng vaznda naqd sotiladi, oshiqchasi ribodir. Bug‘doy 
bug‘doyga teng kaylda sotiladi, oshiqchasi ribodir. Xurmo xurmoga, tuz tuzga teng 
kaylda (soa’ - don kabi to‘kiladigan narsalarning o‘lchov birligi) sotiladi, oshiqchasi 
ribodir», deyilgan. 

Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
 
331 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: 
«Rasululloh (s.a.v.) bir qulga ikki qul sotib oldilar». 
 
332 
 
Abu Hanifa (r.a.) Amr ibn Dinordan, u Tovusdan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. 
Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Nabiy (s.a.v.): «Kim taom (don) sotib olsa, uni to‘la qo‘liga 
olmasdan sotmasin», dedilar». 
 
333 
 
Abu Hanifa (r.a.) Nofiydan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: 
«Rasululloh (s.a.v.) aldab sotishdan qaytardilar». 
 
334 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobir ibn Abdulloh Ansoriydan (r.a.) rivoyat qiladi: 
«Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) muzobanani (daraxtdan uzilmagan hurmoni uzilgan 
hurmoga sotib olish), muhoqalani (boshoqdagi bug‘doyni yanchilgan bug‘doyga sotish)ni 
ta’qiqladilar». 
 
335 
 
Abu Hurayra (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: 
«Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) daraxtdagi hali (pishib. -Tarj) aniq bo‘lmagan mevani sotib 
olishni ta’qiqladilar». 
 
336 
 
Abu Hanifa (r.a.) Jabla ibn Suhaymdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar 
(r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) hali yetilmagan xurmoni sotishdan qaytardilar». 
 
337 
 
Abu Hanifa (r.a.) Atodan, u Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Abu Hurayra (r.a.) 
aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Hulkar yulduzi chiqqanida ofat ko‘tariladi, ekinlarga qiron 
yetmaydi», dedilar». 
 
338 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobir ibn Abdulloh Ansoriydan (r.a.) rivoyat qiladi. 
Jobir (r.a.) aytdilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.): «Kim mevasi terilmagan xurmo 
daraxtini yoxud moli bor qulni sotsa, meva va mol - oluvchi (ularni ham olishni) shart 
qilmagan bo‘lsa - sotuvchiniki bo‘ladi», dedilar». 
Bir rivoyatda: «Kim moli bor qulni sotsa, oluvchi uni moli bilan olishni shart qilmagan 
bo‘lsa - qulning moli sotuvchiniki bo‘ladi», deyilgan. 

Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Boshqa rivoyatda: «Kim mevasi bor xurmo daraxtini sotsa, oluvchi mevasi bilan olishni 
shart qilmagan bo‘lsa - mevasi sotuvchiniki bo‘ladi», deyiladi. 
 
339 
 
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u muttaham bo‘lmagan kishidan, u Abu 
Said Xudriy va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qiladi. Ikkisi aytdilar: «Nabiy (s.a.v.) 
bunday deb marhamat qildilar: «Hech kim birodarining savdosi ustiga savdo qilmasin, 
birodari sovchi bo‘lib borganga (ayolga - Tarj.) sovchi bo‘lmasin. Ayol amma va 
xolasining nikohlari ustiga nikohlanmaydi (Ya’ni, bir kishi amma va xolani jiyanlari bilan 
birga nikohida saqlab turolmaydi). 
Bir odamning nikohidagi ikki xotindan biri o‘z hissasining kengayishini istab 2sining 
talog‘ini talab qilmasin (istamasin). Rizqni berguvchi Alloh taolodir. 
Tosh otib, (ustiga tushganini olish uchun savdo qilmang. Mardikor yollamoqchi 
bo‘lsangiz, oladigan haqini unga oldindan bildirib qo‘ying». 
 
340 
 
Abu Hanifa (r.a.) Mo‘‘ni ibn Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat 
qiladi. Abdulloh Ibn Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.): 
- Alloh taolo hisobiga xarid qilinglar, - dedilar. 
- Bu qanday bo‘ladi, ey Allohning rasuli? - deya so‘radi sahobai kirom. 
- «Biz ulushlarimiz va o‘ljalarimizga sotdik», deyish bilan, - dedilar Rasul Akram 
(s.a.v.)». 
 
341 
 
Abu Hanifa (r.a.) Haysam ibn Hubaybdan, u Ikrimadan, u Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat 
qiladi. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) ov itining savdosidan olingan pulga 
ruxsat berdilar». 
 
342 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abu Ya’furdan, u Abdulloh ibn Amrdan (r.a.) eshitgan bir kishidan 
rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) Attob ibn Usaydni makkaliklarga boshliq qilib 
jo‘natayotganlarida unga bunday dedilar: «Makkaliklarni savdoda ikki shartdan, sotish 
va salafdan, sotib olgan molni qabul qilib olmasdan sotishlaridan qaytar» (agar naqd 
bo‘lsa, yuz (so‘m) bir oy, nasiya bo‘lsa ikki yuz (so‘m) deb savdo qilish savdodagi ikki 
shartdir. Sotish va salaf «menga shuncha qarz bersang, molimni shunchaga sotaman», 
deyishdir - ). 
 
343 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abdumalikdan, u Quzaa’dan, u Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qiladi. 
Abu Said Xudriy aytdi: «Nabiy (s.a.v.) «Hech biringiz qul va joriyani shart bor savdoda 
sotib olmasin, chunki u qulchilikdagi aqddir», dedilar». 
 
 

Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
344 
 
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abu Malik Ashjaiydan (r.a.) rivoyat qiladi. 
U aytdi: «Menga Rabi’ ibn Xarrosh Huzayfadan (r.a.) rivoyat qilgan. Huzayfa (r.a.) 
aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat kunida bir qul Alloh taolo huzuriga keltiriladi va 
u bunday deydi:  
- Ey Allohim! Men faqat xayrli ishlarni bildim. U xayrli ishlar bilan Sening rizoligingni 
ko‘zladim. Boy insonlarga imkoniyat berdim, kambag‘allarga nazr berdim. 
Alloh taolo: «Bu ishlarni qilish sendan ko‘ra ko‘proq Menga yarashgay», deydi va 
farishtalarga: «Bu bandamni qo‘yib yuboring, uni kechirdim», deydi. 
Mas’ud Ansoriy dediki: «Rasululloh (s.a.v.) nomlaridan guvohlik beramanki, Huzayfa 
(r.a.) bu so‘zni Rasulullohdan (s.a.v.) eshitdi». 
 
345 
 
Abu Hanifa (r.a.) Ismoildan, u Abu Solihdan, u Ummu Honiydan (r.a.) rivoyat qiladi. 
Ummu Honiy (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) marhamat qildilarki: «Kimki 
ummatimdan qiyinchilikda qolgan (qarzdor) bir kishini, qarzini berishi uchun bosim 
ko‘rsatsa (qistasa), Alloh taolo unga qabrida bosim ko‘rsatadi (siquvgv oladi)». 
 
346 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abdullohdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.): 
«Oldi-sotdida bizni aldagan bizdan emas», dedilar». 
 
347 
 
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u otasidan, u Abu Sulaymondan rivoyat qiladi. Abu 
Sulaymon (r.a.) aytdilar: «Ilk dinorni (oltin pulni) chiqargan Tubba (Asad ibn Karb)dir. 1 
bo‘lib fulusni (kumush tanga pulni) chiqarib, odamlar qo‘lida muomalaga kiritgan kishi 
Namrud ibn Kan’ondir». 
 
 
GAROV BO’LIMI 
 
348 
 
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) 
rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v) yahudiydan taom (don) 
sotib oldilar va unga sovutlarini garov qilib qoldirdilar». 
 
 
SHUFA’ BO’LIMI 
 
349 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abu Muhammaddan rivoyat qiladi. Abu Muhammad aytdi: «Ibn Said 
ibn Ja’far Sulaymon ibn Abdullohdan rivoyat etib, menga Rasulullohning (s.a.v.): 

Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
«Qo‘shni shufa’ga haqlidir» (Shufa’ - ko‘chmas mulkni aytmay sotganda xaridordan 
tortib sotib olish. - Tarj.) deganlarini yozib yubordi». 
 
350 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abdulkarimdan, u Misvar ibn Maxramadan rivoyat qiladi. Misvar ibn 
Maxrama aytdi: «Sa’d uyini sotmoqchi bo‘lganida qo‘shnisiga bunday dedi: 
- Menga uyim uchun sakkiz yuz dirham berishmoqchi, uyimni sen yetti yuz dirhamga ol. 
Uni senga beraman, chunki Rasulullohdan (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ni olmoqqa eng ko‘p 
haq sohibidir», deb eshitganman. 
Misvar, Rofi’ ibn Hudayjdan qilgan boshqa rivoyatda Rofi’ ibn Hudayj aytdi: «Said menga 
bir uy ko‘rsatib: «Shu uyni sen sotib ol. Bu uy uchun menga sen beradigan puldan 
ko‘proq berishmoqchi. Lekin sen uni olishga haqlisan. Chunki men Rasulullohning 
(s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ni olishga eng ko‘p haqdordir», deganlarini eshitganman, dedi». 
Misvar, Sa’dning quli Rofi’dan qilgan yana bir rivoyatda: Rofi’ Sa’dga bunday dedi: «Bu 
uyimni to‘rt yuz dirhamga sen ol. Menga sakkiz yuz dirham beramiz, deyishdi. Biroq 
meni uni senga sotmoqchiman. Zero, Rasulullohdan (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ga 
haqlidir», deganlarini eshitganman.  
Sa’d ibn Molikdan qilingan boshqa bir rivoyatda shunday kelgan: Sa’d uyini qo‘shnisiga 
to‘rt yuz dirhamga sotishni taklif qildi va menga bu uy uchun sakkiz yuz dirham 
beradigan bo‘lishdi. Lekin men Rasulullohdan (s.a.v.): «Qo‘shni shufa’ga haqlidir», 
deganlarini eshitganman. 
 
351 
 
Abu Hanifa (r.a.) Ali ibn Aqmardan, u Masruqdan, u Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat 
qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Sizdan biringizning qo‘shnisi devoriga yog‘och 
qo‘ymoqchi bo‘lsa, to‘sqinlik qilmasin». 
 
 
MUZOAR’A (SHERIK BO’LIB EKIN EKISH) BO’LIMI 
 
352 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: 
«Rasululloh (s.a.v.) muayyan ulush evaziga (M. uchdan biri, to‘rtdan biri kabi ma’lum 
miqdor evaziga) sherik bo‘lib ekin ekishdan qaytardilar». 
 
353 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abu Husayndan, u Rofi’ ibn Hudayjdan rivoyat qiladi. Rofi’ ibn Hudayj 
(r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) bir bog‘ni ko‘rdilar va u bog‘ni juda 
yoqtirdilar. 
- Bu kimniki? - deya so‘radilar. 
- Meniki, - dedim. 
- Qaerdan seniki bo‘lib qoldi? 
- Uni ijaraga oldim, - degan edim, Rasuli Akram (s.a.v.) 
- Uni daromadidan biror narsa evaziga ijaraga olma, dedilar. 
Bir rivoyatda aytilishicha: «Nabiy (s.a.v.) bir boqqa duch keldilar va: 

Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
- Bu kimniki? - dedilar. 
- Meniki. Uni ijaraga oldim, - dedim. 
- Uni, daromadidan biror narsa evaziga ijaraga olma, - dedilar Rasululloh (s.a.v)». 
 
 
FAZILAT VA SHAMOIL BO’LIMI 
 
354 
 
Abu Hanifa (r.a.) Haysamdan, u Robi’adan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) 
aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) 63 yoshlarida vafot etdilar. Hazrat Abu Bakr (r.a.) 
63 yoshlarida vafot etdi. Hazrat Umar (r.a.) 63 yoshlarida vafot etdilar». 
 
355 
 
Abu Hanifa (r.a.) Yahyo ibn Saiddan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: 
«Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) qirq yoshga kirganlarida payg‘ambar qilib yuborildilar. 
Makkada o‘n yil, Madinada o‘n yil turdilar. Vafot etganlarida soqollarida va sochlarida 
yigirma dona oqargan tola yo‘q edi». 
 
356 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abu Zubayrdan, u Jobirdan (r.a.) rivoyat qiladi. Jobir (r.a.) aytdilar: 
«Hazrat Payg‘ambarning (s.a.v.) hidlari xushbo‘y edi». 
 
357 
 
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u Abdulloh ibn Mas’uddan 
(r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) masjidga borayotganlarida xushbo‘y hidlari 
bilan bilinardilar». 
 
358 
 
Abu Hanifa (r.a.) Muhoribdan, u Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn Umar (r.a.) 
aytdilar: «Hazrat Payg‘ambarda (s.a.v) mening oladigan qarzim bor edi. U zot qarzni 
uzdilar va oshiqcha berdilar». 
 
359 
 
Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas ibn Molik 
(r.a.) aytdilar: «Men Rasulullohning (s.a.v.) kaftlaridan yumshoqroq ipakni 
ushlamaganman». 
Boshqa rivoyatda Abu Hanifa (r.a.) Ibrohim ibn Muhammad ibn Muntashirdan, u 
Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Rasululloh (s.a.v.) u zot bilan birga 
o‘tirganlarning oldida tizzalarini (oyoqlarini - Tarj.) aslo uzatmas edilar». 
 
360 
 
Abu Hanifa (r.a.) Ibrohimdan, u otasidan, u Masruqdan rivoyat qiladi. Masruq Oisha 

Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
onamizdan (r.a.) Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) axloqi haqida so‘radi. Oisha onamiz 
(r.a.): 
- Sen Qur’on o‘qimaysanmi? (Ya’ni, ul zotning axloqlari Qur’oni karim edi. - Tarj.), - deb 
javob berdilar. 
 
361 
 
Abu Hanifa (r.a.) Muslimdan, u Anasdan ( r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: 
«Rasululloh (s.a.v.) qul chaqirsa, borardilar, eshakka minardilar». 
 
362 
 
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) 
rivoyat qildi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) kasalliklarida 
namozga borganlaridagi oyoqlarining oqligini hali ham ko‘rayotgandayman». 
 
363 
 
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Asvaddan, u Oisha onamizdan (r.a.) 
rivoyat qiladi. Oisha onamiz (r.a.) aytdilar: «Hazrat Payg‘ambar (s.a.v.) o‘limlari oldidan 
kasal bo‘lganlarida mening uyimda qolish uchun boshqa ayollaridan ruxsat so‘radilar. 
Ular rozi bo‘lishdi. Buni eshitgach, tezda turib, xizmatchim yo‘q edi - uyimni supurib-
sidirdim va Ul zotga izxir bandlari solib qoplangan yotoqlarini to‘shadim. 
Rasulullohni (s.a.v.) ikki kishi qo‘ltiqlaridan olib keldi va ul zot men solgan to‘shakka 
yotdilar». 
 
364 
 
Abu Hanifa (r.a.) Yaziddan, u Anasdan (r.a.) rivoyat qiladi. Anas (r.a.) aytdilar: «Hazrati 
Abu Bakr (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) kasalliklari yengillashganini ko‘rgach, xotini - 
Xorija qizining yoniga borishga ruxsat so‘radi. U ansorning bog‘larida turgan edi. Hazrati 
Abu Bakr (r.a.) Rasulullohning (s.a.v.) o‘lim xotirjamligi ichida yotganliklarini 
bilmagandi. Rasululloh (s.a.v.) unga (ketishga) ruxsat berdilar. 
Ul zot (s.a.v.) o‘sha kecha vafot etdilar. Tong otgach, Hazrati Abu Bakr (r.a.) insonlar 
o‘zaro bir nimalar deb gapirishayotganini eshitdi. 
Hazrati Abu Bakr (r.a.) quliga ularning gapini eshitib, kelib aytishni aytdi. Qul kelib: 
- Ularning Hazrati Muhammad (s.a.v.) o‘ldi, deyishayotganini eshitdim, - dedi. 
Bu so‘zni eshitgan Hazrati Abu Bakr (r.a.) o‘zlarini yomon his qilib: «Voh, belim sindi», 
deya boshladilar. 
Hazrati Abu Bakr (r.a.) masjidga yetib bormagan edilar. Kishilar unga xabar yetmagan 
deb o‘ylashdi. 
Munofiqlar kishilarni g‘alayonga solish uchun: 
- Muhammad payg‘ambar bo‘lganda, o‘lmas edi,- deya boshlashdi. 
Hazrati Umar (r.a.): 
- Kimning: «Muhammad (s.a.v.) o‘ldi», deganini eshitsam, uning boshiga qilich solaman, 
- dedilar. 
So‘ng ular tilini tiydi. 
Hazrati Abu Bakr (r.a.) u yerga kelgach Hazrati Payg‘ambarning (s.a.v.) yuzlaridagi 
yopinchiqni oldi. Ul zotni o‘pib, hidlay boshladi va bunday dedi: «Alloh taolo Sizga o‘limni 

Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
ikki karra tatitmaydi. Siz Alloh taologa undan qadrlisiz». 
Shundan so‘ng insonlarga qarab: 
«Ey insonlar!.. Kim Hazrati Muhammadga topinayotgan bo‘lsa, (bilsinki) Hazrati 
Muhammad (s.a.v.) vafot etdilar. Kim Hazrati Muhammadning Rabbiga topingan bo‘lsa, 
u o‘lmaydi», dedi va quyidagi oyatni o‘qiy boshladi: 
«Muhammad ham payg‘ambardir. Undan oldingi payg‘ambarlar ham o‘lishgan. Agar u 
o‘lsa yo qatl etilsa, ortlaringizga - kufrga qaytasizmi? Kim iymondan so‘ng kufrga 
qaytsa, Alloh taologa aslo, hech ziyon yetkazolmaydi. Alloh taolo islomda sobit qolib, 
Uning ne’matiga shukr etuvchilarga albatta ajr beradi» (Oli Imron surasi144-oyat). 
Hazrati Umar (r.a.) bu oyatni eshitgach: «Biz bu oyatni go‘yo oldin hech 
o‘qimagandaymiz», dedi. Insonlar ham Hazrati Abu Bakrning (r.a.) so‘zini takrorlashdi. 
Men bu oyatni takror o‘qidim. 
Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) dushanba kuni kechasi vafot etdilar. Ikki kun, ikki kecha olib 
qolindi. Chorshanba kuni dafn etildi. 
Usoma ibn Zayd, Avs ibn Havliy suv quyib turdi, Hazrati Ali (r.a.) va Fazl (r.a.) Hazrati 
Payg‘ambarni yuvishdi». 
 
365 
 
Abu Hanifa (r.a.) Salamadan, u Abu Za’rodan, u Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibn 
Mas’ud (r.a.) aytdilar: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) bunday deb marhamat qildilar: 
«Mendan keyingi ikki kishiga: Abu Bakr (r.a.) va Umarga (r.a.) ergashing». 
 
366 
 
Abu Hanifa (r.a.) Abdulmalikdan, u Rab’idan, u Huzayfa ibn Yamoniydan rivoyat qiladi. 
Huzayfa ibn Yamoniy aytdi: «Rasululloh (s.a.v.) bunday dedilar: «Mendan keyin Hazrati 
Abu Bakr (r.a.) va Hazrati Usmon (r.a.)ga ergashinglar. Hazrati Ammor (r.a.) xulq-
atvoridan namuna oling. Ibn Ummu Abd (Abdulloh Ibn Mas’ud) vasiyatiga rioya eting». 
 
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling