Top 5 ta Django veb-saytlari


Download 14.85 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi14.85 Kb.
#1417599
Bog'liq
Top 5 ta Django veb


Top 5 ta Django veb-saytlari
Django mashhurlikka erishmoqda va ko'plab yirik kompaniyalar undan veb-loyihalarni yaratish uchun foydalanadilar. Biz siz uchun Djangoda yozilgan 5 ta mashhur saytlarni tanladik.
Django - bu Python freymvorki (ishlash muhiti , ramkasi, qobig'i) bo'lib, u veb-loyihalarni yaratishni juda osonlashtiradi. Ushbu texnologiya bo'yicha saytlarni qurish juda qulay va saytlar har qanday kattalikda va janrda bo'lishi mumkin.
#1 YouTube
Eng yirik YouTube videoxostingi Google tarkibiga kiradi, u ko'plab loyihalarida Python tili va Django freymvorkidan foydalanadi. YouTube ham bundan mustasno emas va bu ulkan platforma Django asosda yozilgan.
#2 Google Search
Google uzoq vaqtdan beri o'zining ko'pgina mahsulotlarida Python tilidan foydalanmoqda. Ular har doim bu tilning imkoniyatlarini ko'rib, uni imkon qadar ko'proq ishlatishga harakat qilishadi. Kompaniya Python tili va Django freymvorkidan o'zining eng muhim loyihasi Google Qidiruv uchun ham foydalanadi.
#3 DropBox
Ma'lumotlarni saqlash yoki boshqacha aytganda, bulutli saqlash uchun dunyodagi eng yirik saytlardan biri. DropBox ma'lumotlarni saqlashning yangi usulini yaratdi: kompyuter o'rniga - bulutda. Dropbox bizga Python kuchidan foydalangan holda deyarli hamma narsani saqlash, sinxronlash va almashish imkonini beradi.
#4 Instagram 
Instagram dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biridir. Bu foydalanuvchilarga boshqalar kabi o'z suratlarini joylashtirish va nafaqat o'z do'stlari, balki butun dunyo bo'ylab turli mashhurlarning hayoti bilan tanishish imkonini beradi. Instagram - bu mobil ilova, lekin uning veb-versiyasi haqida gapiradigan bo'lsak, u butunlay Python Django-da qurilgan.
#5 Reddit 
Reddit eng yirik ijtimoiy yangiliklar loyihasidir. Foydalanuvchilarning o'zlari turli maqolalarni joylashtirishlari, shuningdek, boshqa mualliflarning maqolalariga sharh berishlari va ovoz berishlari mumkin. Ushbu saytda siz minglab Internet yangiliklari va turli mavzulardagi muhokamalarni topasiz. Saytning aksariyat funksiyalari faqat Pythonda yozilgan.
Shuningdek Pinterest , Quora , Spotify kabi foydalanuvchilari dunyo bo'ylab juda ko'p bo'lgan yirik loyihalarni ham aynan Django dan foydalanib xosil qilishgan . 
Download 14.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling