To‘plamlar va ular ustida amallar


Muammoli masala va topshiriqlar


Download 169.29 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi169.29 Kb.
#241272
1   2
Bog'liq
Maruza№01

Muammoli masala va topshiriqlar

1. Berilgan A = {a,b,c}, B = { d , e , f, g } va С = { a ,f , g ,k ,c } to'plamlardan har ikkitasining kesishmasi, birlashmasi va ayirmalarini toping.

2. Markazlari bitta nuqtada joylashgan hamda radiuslari 1 va 3 ga teng doiralar nuqtalaridan iborat to'plamlarning kesishmasi, birlashmasi va ayirmalarini toping.

3. To'plamlarning ayirmasi amali bilan bog'liq masala o'ylab toping va uni hal qiling.

4.Ushbu amallar natijalarini aniqlang: .

5. Ixtiyoriy A to‘plam uchun to'plamlarni aniqlang.

6. tenglik o'rinli bo'ladigan A va В to'plamlarga misollar keltiring.

7. O‘zaro kesishmaydigan to'plamlar bilan bog'liq masala o'ylab toping va uni hal qiling.

8. O'zaro kesishadigan to'plamlar bilan bog'liq masala o'ylab toping va uni hal qiling.

9. Ixtiyoriy A to'plam uchun bo'lishini ko'rsating.

10. Ixtiyoriy A va В to'plamlar uchun quyidagi tasdiqlaming o'rinl bo'lishini ko'rsating:

a) ;

b) - a) tasdiqqa teskari tasdiq;

d) ;

e) - d) tasdiqqa teskari tasdiq;

I) , ya'ni ayirish amali kesishma va to'ldirish amallari yordamida ifodalanishi mumkin;

ё) ; b) .

11. Chekli A va В to'plamlar uchun sonlar orasidagi bog'lanishni toping.

12. Ixtiyoriy A , В va С to'plamlar uchun quyidagi tasdiqlarni isbotlang:

a) ;

b) - a)ga teskari tasdiq;

d) ;

e) - d)ga teskari tasdiq;

f) ; g)

h) ;

i) ;



13. 12- topshiriqning f), g), h) va i) bandlaridagi tasdiqlarga teskari tasdiqlarni tahlil qiling va ular bajarilmaydigan hollarda A , В va С to'plamlarga misol keltiring.

14. Ixtiyoriy а , b va с sonlar uchun to'g'ri bo'lgan , va munosabatlardagi a, b va с sonlarni A , В va С to'plamlar bilan, “”, “+” va “-” belgilarni “ ”, “ ” va “ \ ” belgilar bilan mos ravishda almashtirib, hosil bo'lgan munosabatlarning to'g'riligini tahlil qiling.

15. bo‘lsin. N to‘plamni universal to‘plam deb hisoblab, В to‘plamni toping.

16. Natural, butun, haqiqiy va irratsional sonlar to'plamlari bilan bog'liq universal to'plamlarga misollar keltiring.

17. A = {a,b,c,d,e} to'plam uchun buleanni aniqlang.

18. Bir uyda yashovchi oilada ota (t), ona ( n ) va to'rt nafar farzand (1 ,2 ,3 ,4 ) bo'lsa, oila a ’zolarining uyda bo'lishlari vaziyatlariga mos barcha imkoniyatlarni to'plamlar ko'rinishida yozing va bu imkoniyatlar to'plamlari to'plamining quvvatini aniqlang.

19.Universal to'plam va bulean tushunchalari bilan bog'liq masalalar o'ylab toping va ularni hal qiling.

Mustaqil ishlash uchun savollar

1. To'plamlarning birlashmasi qanday amalga oshiriladi?

2. Qanday to'plamga to'plamlarning kesishmasi deb aytiladi?

3.O'zaro kesishmaydigan to'plamlar deganda nimani tushunasiz?

4. Qanday to'plamlarga o'zaro kesishadigan to'plamlar deb aytiladi?

5. To'plamlarning ayirmasi nima?

6. A to'plamni В to'plamgacha to'ldiruvchi to'plam deganda nimani tushunasiz?

7. Qanday to'plamga universal to'plam deb aytiladi?



8. Bulean deganda nimani tushunasiz?
Download 169.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling