To‘plamlar va ular ustida amallar


Download 169.29 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi169.29 Kb.
#241272
  1   2
Bog'liq
Maruza№01


To‘plamlar va ular ustida amallar.

To ‘plam . To 'plam larning birlashm asi, kesishm asi va ayirm asi. To ‘Idiravchi va universal to 'plamlar. О ‘za ro kesishadigan va kesishm aydigan to ‘plam lar.

Universal to ‘plam . Bulean.

To'plamlarning birlashmasi. To'plamlar ustida turli amallar bajarish mumkin. Avvalo to'plamlarning birlashmasi amalini qarab chiqamiz.

1-ta’rif. Har qanday ikkita to'plamning barcha elementlaridan, ularni takrorlamasdan, tuzilgan to'plamga shu to'plamlarning birlashmasi (yoki yig'indisi) deb ataladi.

Bu ta’rifdan ko'rinib turibdiki, to'plamlarning umumiy elementlari shu to'plamlarning birlashmasiga faqat bir martadan kiritiladi. Berilgan to'plamlarning birlashmasidagi har qanday element shu to'plamlarning hech bo'lmaganda bittasiga tegishlidir. A va В to'plamlarning birlashmasi kabi belgilanadi. Bu yerda “A va В to'plamlarga birlashma amalini qo'llab (yoki A va В to'plamlar ustida birlashma amalini bajarib), to'plam hosil qilindi” deyish mumkin.



1 - shaklda A vaВ to'plam lar doiralar ko'rinishida, to'plam esa bo'yab tasvirlangan.

1-misol. Agar A = {a,b}, B = {a,b,c}, C = {e,f,k} bo'lsa, u holda E = = {a, b, с } , = {a, b, с, e, f, к} , = {a, b, c, e, f, k} , = {a,b,e,f,k} bo'ladi. ■

2-misol. O'zbekiston Respublikasining yoshi 16 dan 25gacha bo'lgan fuqarolari to'plamini A bilan, yoshi 21 dan 30gacha bo'lgan fuqarolari to'plamini esa В bilan belgilasak, A va В to'plamlarning birlashmasi O'zbekiston Respublikasining yoshi 16dan 30gacha bo'lgan fuqarolari to'plamini tashkil etadi. ■

3-misol. .



Shuni ta'kidlash kerakki, to'plamlar bilan bog'liq tushunchalar va ular ustidagi amallar, mos ravishda, sonlar bilan bog'liq tushunchalar va oddiy arifmetik amallar bilan qiyoslanadi. Jumladan, to'plam lar yig'indisini (birlashmasini) topish amali sonlarni qo'shish amali bilan qiyoslanadi. Bunday qiyoslashlar, ko'pincha, bir-biriga o'xshash natijalarning mavjudligini ko'rsatadi, ba’zan esa ular to'plamlarning farqli xususiyatlarga egaligini namoyon etadi. Masalan, ixtiyoriy A va В to'plamlar uchun bo'lsa, u holda va bo'ladi, lekin, ixtiyoriy va sonlar uchun bo'lgan holda a + b = b va b + a = b tengliklar bajarilmasligi mumkin, ular faqat a = 0 bo'lsagina o'rinlidir.

To‘plamlarning kesishmasi. Endi to'plamlarning kesishmasi amalini o'rganamiz.



2-ta’rif. Har qanday ikkita to’plamning barcha umumiy elementlaridan tuzilgan to'plamga shu to'plamlarning kesishmasi (yoki ко ‘ paytmasi) deyiladi.

Berilgan va to'plamlarning kesishmasi kabi belgilanadi. Bu yerda “A va В 2-shakl to'plamlarga kesishma amalini qo'llab, to'plam hosil qilindi” deyish mumkin. 2- shaklda A va В to'plam lar doiralar ko'rinishida, to'plam esa bo'yab tasvirlangan. To'plam lar ustidagi amallarning yuqorida ta ’kidlangan o‘ziga xos xususiyatlari to‘plamlar ko‘paytmasini (kesishmasini) topishda ham namoyon bo'ladi.

Masalan, bo'lsa, u holda va bo'ladi. Bitta ham umumiy elementga ega bo'lmagan ikkita to'plamlarning kesishmasi bo'sh to'plam bo'lishi tabiiydir.



3-ta’rif. Kesishmasi bo'sh bo'lgan to'plamlar o ‘zaro kesishmaydigan, kesishmasi bo'sh bo'lmagan to'plamlar esa o ‘zaro kesishadigan to‘plamlar deb ataladi.

4-misol. A - { a , b , c }, В = {a,b,c,d}, C = { e , f , k } bo'lsa, u holda , bo'ladi. ■

5-misol. 2- misolda aniqlangan A va В to'plamlarga kesishma amalini qo'llasak, O'zbekiston Respublikasining yoshi 21 dan 25 gacha bo'lgan fuqarolari to'plami ( to'plam ) hosil bo'ladi. Bu yerda A va В to'plamlar o'zaro kesishadigan to'plamlardir. ■

6-misol. .

7-misol. Butun dunyoda 2005- yilda tug'ilgan bolalar to'plamini T5 bilan, 2006-yilda tug'ilgan bolalar to'plamini esa T6 bilan belgilasak, u holda bo'ladi. Demak, T5 va T6 to'plamlar o'zaro kesishmaydigan to'plamlardir. ■

To'plarning ayirmasi. Ixtiyoriy A va В to'plamlaberilgan bo'lsin.

4- ta’rif. A to'plamning В to'plamda bo'lmagan barcha elementlaridan tuziladigan to'plamni hosil qilishga A to'plamdan В to‘plamni ayirish deb, tuzilgan to'plam esa, shu A va В to‘plamlarning ayirmasi deb ataladi.



A to'plamdan В to'plamni ayirish natijasida hosil bo'lgan to'plam, ya’ni A va В to'plamlarning ayirmasi A \ B yoki A - В ko'rinishida belgilanadi. Bu yerda “ A to'plamdan В to'plam ni ayirish amalini qo'llab, A \ В to'plam hosil qilindi” deyish mumkin.

3- shaklda A va В to'plamlar doiralar ko'rinishida, A \ В to'plam esa bo'yab tasvirlangan. Ixtiyoriy A va В to'plamlar uchun bo'lsa, u holda va bo'lishi ta’rifdan bevosita kelib chiqadi.

8-misol. 1- misoldagidek, A = {a,b}, B = {a,b,c}, C = {e,f,k} bo'lsa, u holda bo'ladi. ■

9- misоl. A va В to‘plamlar 2- misoldagidek aniqlangan bo'lsin. U holda, A to‘plamdan В to'plamning ayirmasi A \ В O ‘zbekiston Respublikasidagi yoshi 16 dan 21gacha bo'lgan fuqarolari to'plamini, В to'plamdan A to'plamning ayirmasi B \ A esa O'zbekiston Respublikasining yoshi 25 dan 30 gacha bo'lgan fuqarolari to'plamini anglatadi. ■

10-misol. R \ N ayirma tarkibida natural sonlar qatnashmagan barcha haqiqiy sonlar to'plam idan iboratdir va .

To‘ldiruvchi to'plam. Faraz qilaylik, A va В to'plamlar berilgan va bo'lsin.

5- ta’rif. В to'plamning A to'plamga kirmagan barcha elementlaridan tuzilgan ya’ni B \ A to‘plamga A to ‘plamni В to‘plamgacha to‘ldiruvchi to'plam deb ataladi. A to'plamning В to'plamgacha to‘ldiruvchi to'plami, odatda, ko'rinishda belgilanadi. Bu yerda “ to'plam A to'plamni В to'plamgacha to‘ldiradi” yoki “A to'plamni В to'plamgacha to'ldirish amalini qo'llab, to'plam hosil qilindi” deyish mumkin.



4- shaklda A to’plam kichik doira, В to'plam katta doira ko'rinishida, to'plam esa bo'yab tasvirlangan.

To'plam lar ustidagi yuqorida keltirilgan birlashma, kesishma va to'ldiruvchi to'plam tushunchalari ta’riflarini bevosita qo'llab, va



tengliklarni hosil qilish qiyin emas.

11- misol. Barcha juft sonlar to'plamini A = { 2 ,4 ,...,2n,...} () deb belgilasak, A to'plamni N to'plam gacha to'ldirish amalini qo'llab to'plamni, ya’ni barcha toq sonlar to'plamini hosil qilamiz. Demak, barcha toq sonlar to'plami barcha juft sonlar to'plamini natural sonlar to'plamigacha to'ldiradi. Xuddi shunga o'xshash, barcha toq sonlar to'plamini natural

sonlar to'plamigacha to'ldirish amalini qo'llab, barcha juft sonlar to'plamini hosil qilish mumkin. ■

Universal to'plam va bulean tushunchalari. To'plamlar nazariyasida universal to'plam va bulean tushunchalari muhim tushunchalar hisoblanadi. Odatda, to'plamlar orasidagi turli munosabatlarni hisobga olishga to'g'ri keladi. Masalan, qaralayotgan to'plamlarning barchasi qandaydir boshqa bir to'plamning qism to'plami bo'lishi mumkin.

6- ta’rif. Qaralayotgan barcha to'plamlarni o'zida qism to'plam sifatida saqlovchi to‘plamga universal to‘plam (to’la to’plam) deb ataladi.

Universal to‘plam, odatda, U deb belgilanadi. Universal to‘plamni universum deb ham atashadi. Shuni ta’kidlash kerakki, universal to ‘plam tushunchasiga boshqacha

ta’riflar ham berilishi mumkin, masalan, biror to‘plamning xos qismi deb qaralmagan to‘plam universal to‘plam deb ataladi. Bundan tashqari, universal to‘plam tushunchasi nisbiy tushunchadir. Masalan, O‘zbekiston sharoitida aholi bilan bog'liq qandaydir masala qaralayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston aholisi to'plamini universal to‘plam deb qarash mumkin. O‘z navbatida, O‘zbekiston aholisi to'plami dunyo aholisi to'plamining qism to'plamidir.

Universal to'plamning ta’rifiga binoan, uning hamma qism to'plamlari orasida ikkita xosmas qismi bor: biri universal to'plamning o'zi, ikkinchisi esa bo'sh to'plam. Tabiiyki, universal to'plamning bu ikki xosmas qismlaridan boshqa barcha qism to'plamlari uning xos qism to'plamlaridir.

Ko‘pincha, berilgan “ A to'plamning universal to'plamgacha to'ldiruvchisi” deyish o'rniga, qisqa qilib, berilgan “A to'plamning to’ldiruvchisi” deb aytiladi va ko'rinishda belgilanadi. Bu yerda “ to'plam A to'plamni to'ldiradi” yoki “to'plam A to'plamdan to'ldirish amalini qo'llab hosil qilindi” deyish mumkin.

7- ta’rif. Berilgan A to'plamning barcha qism to'plamlaridan tuzilgan to'plam A to'plamning buleani ( A to'plam uchun bulean) deb ataladi.

A to'plamning buleani ko'rinishda belgilanadi.

12-misol. T o'rtta elementga ega A = {a,b,c,d} to'plam uchun bulean o'n oltita element-to'plamlardan iborat bo'ladi:

= {0 ,{a },{b },{c }, {d }, {a ,b ),{ a ,c } ,{ a ,d } ,{ b ,c } , {b, d } ,{ c ,d ),

{a, b, c} ,{a ,b d j { a , c, d } , {b, c, d j , {a, b ,c ,d } } .

Ravshanki, |A|= 4 va || = 16. ■


Download 169.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling