Topografik karta va planlar haqida tushuncha
REJA:
1. Joyning plan, karta va profili
2. Masshtablar
3. Geodeziyada ishlatiladigan o‘lchov birliklari
4. Topografik karta va uning nomenklaturasi
Tayanch so‘zlar: umumdan bo‘lakka o‘tish, geografik koordinata, geografik kenglik, geografik uzoklik, geoid yer, globus, aerosurat, karta, plan, sistema, profil, astronomik va geodezik usul.
1.Joyning plan, karta va profili
Y er yuzasidan to‘g‘ri foydalanish uchun berilgan uchastkaning chegarasi geometriya qoidalari bo‘yicha qog‘ozdan plan, karta shaklida tasvirlanishi kerak. Planda joydagi bino, yo‘l, kanal, tog‘–tepa, soy kabi joylar yuzasini xarakterlovchi narsalar (ular ichki tafsilot yoki situatsiya deyiladi) o‘rni to‘la ko‘rsatilishi kerak. Joyni sfera yoki tekkslikka proeksiyalash orqali joy kartasi yoki plani chiziladi. Bunda proeksiya joyga o‘xshamasligi (karta) yoki o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Plan. Joy kichik bo‘lagining Yer egriligini xisobga olmay kichraytib, o‘xshash holda gorizontal tekislikka tushirilgan proeksiyasi plan deyiladi. Planda joy tafsiloti to‘la ko‘rsaqilib, joyning baland–pastligi (relefi) ko‘rsatilmasa, u kontur yoki tafsilot plani deyiladi. Planda joy tafsiloti bilan birga joy relefi ham tasvirlansa, u topografik plan deb ataladi.
Karta. Yer yuzasining katta bo‘lagi sfera bo‘lganidan uni tekislikka o‘xshash holda proeksiyalab bo‘lmaydi. Katta joyni qog‘ozda tasvirlashda kartografik proeksiyalash qoidalariga amal qilinib, birmuncha o‘zgartirib tushiriladi. Yer yuzasining katta qismini Yerning egriligiii hisobga olib, matematik qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytib qog‘ozda tasvirlangan proeksiyasi karta deyiladi. Kartada butun Yer yuzasini yoki uning bir qismini tasvirlash mumkin. Kartalar turli masshtabda tuziladi. Masshtabiga qarab kartalar uchga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |