Topshirdi: jabborova lobar
Download 325.76 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5321145849005223546
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
IQTISODIY TARAQQIYOTDA PULNING OʻRNI TOPSHIRDI: JABBOROVA LOBAR QABUL: SHERALIYEV ABBOS REJA: • • 1. Iqtisodiyotning amal qilishida pulning tutgan o`rni • 2.Kredit va uning turlari • 3. Banklar va ularning iqtisodiyotni moliyalashtirishdagi roli • 4. Bank kreditlari va foizlari IQTISODIYOTNING AMAL QILISHIDA PULNINGTUTGAN O`RNI • Insoniyat taraqqiyotining deyarli barcha bosqichlarida pul odamlarga iqtisodiy hayotni tashkil qilish vositasi bo`lib xizmat qilib kelgan va kelajakda ham shunday bo`lib qoladi. Har qanday jamiyatda ham ular pul topish uchun mehnat qiladilar va unga o`zlari uchun zarur bo`lgan moddiy va nomoddiy ne`matlar (tovarlar va xizmatlar) sotib oladilar. Xo`jalik aloqalari va bozor munosabatlarining rivojlana borgani sari pulning jamiyat hayotidagi roli ortib boradi. • Tovar-pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining poydevorini tashkil qiladi. Shuning uchun ham pul muomalasini oqilona tashkil qilish va uning qadrsizlanishiga qarshi samarali chora- tadbirlarni amalga oshira berish davlat iqtisodiy siyosatida muhim o`rin tutadi. • Pul ham aslida tovar bo`lib, u barcha tovarlarga xos bo`lgan xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, uni boshqa tovarlardan ajratib turuvchi jihatlari ham mavjud. • Birinchidan, har qanday tovar, odatda, kishilarning biron-bir ehtiyojini qondiradi, pul esa maxsus tovar hisoblanadi, shu bois u boshqa tovarlarga to`g`ridan-to`g`ri ayirboshlanish xususiyatiga ega. Har qanday tovarga ayirboshlanish, ya`ni insonlarning tovarlarga bo`lgan barcha ehtiyojlarini qondira olish qobiliyati pulni jozibador tovarga aylantiradi. • Bozor munosabatlari sharoitida pul o`ta muhim iqtisodiy vositadir. U tufayli ishlab chiqarishning takrorlanishi amalga oshadi, iqtisodiy o`sishga erishiladi. Pul shaklidagi mablag`lar bozorda rerurslarga aylanadi, tovarlar sotilib, yana pulga aylantiriladi. • Pulning insoniyat hayotidagi ahamiyati u bajarayotgan quyidagi vazifalarda o`z aksini topadi: • Avvalambor, pul qiymat o`lchovi vazifasini bajaradi. Har qanday tovar ishlab chiqarilganda yoki xizmat ko`rsatilganda muayyan mehnat sarflanadi • Ammo pul tez aylanib borsa, uning bir qismi ortiqcha bo`lib qoladi. • Narxning pul miqdoriga ta`siri qisqa davrda sezilmaydi, uzoq muddatda namoyon bo`ladi. Agar pul miqdori iqtisodiy o`sishga monand ravishda ko`paysa, u qadrsizlanmaydi. Ishlab chiqarish hajmi, pul miqdori va pul oboroti o`rtasidagi muvozonat buzilsa, inflyatsiya yuz beradi. • Eʼtiboringiz uchun rahmat Document Outline
Download 325.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling