Topshirdi: Negmatov Qudrat smart panels biznes rejaning haqida


Download 1.04 Mb.
bet2/3
Sana15.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1704058
1   2   3
Bog'liq
REJALASHTIRISH

Shu bilan birga, hujjatda 2023-yilda foydalanishga topshiriladigan 765 ta koʻp qavatli uylarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda. 2023-yil 1-maydan boshlab esa foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlari boʻsh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini oʻrnatish talabi joriy qilinmoqda.

Shu oʻrinda yuqorida taʼkidlangan muhim vazifalar ijrosi yoʻlida mamlakatimizda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini ham qayd etish lozim. Jumladan, Karmana tumanida ishga tushirilgan loyiha qiymati 110 million AQSH dollari, quvvati 100 megavatt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi Yangi Oʻzbekiston energetika tizimidagi birinchi ulkan qadam boʻldi. 2022-yilda Nurobod tumanida xuddi shunday quyosh stansiyaning ishga tushirildi.

2023-yil 1-apreldan boshlab, quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga soliq imtiyozlari qo‘llanadi. Bundan tashqari qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini 100 kVtgacha o‘rnatgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i va qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘idan ozod etiladi. Yaʼni, 10 sotix yeri bor fuqaro yerining 2 sotixiga quyosh panellari o‘rnatsa, 2 sotix yer uchun yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. Qolgan 8 sotixiga belgilangan tariflarga asosan yer solig‘i to‘laydi. Mol-mulk solig‘i ham xuddi shunday. Quyosh paneliga aloqador yangi olib kelib o‘rnatgan mulklar (panel, akkumulyator, simlar, shitlar va boshqalar) mol-mulk solig‘idan ozod etiladi. Qolgan mavjud mulklar bo‘yicha soliq o‘rnatilgan tariflarga ko‘ra undiriladi. Qolaversa, qarorda foyda solig‘idan ozod etish bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tilgan. Faqatgina mazkur qurilmadan olingan daromad soliqdan ozod etiladi. Qolgan daromadlarga taʼsir qilmaydi. 2023-yil 1-apreldan boshlab, aholi xonadonlariga kichik quvvatli (50 kVt gacha) o‘rnatgan jismoniy shaxslarga (yuridik shaxslarga emas) tegishli obyektlarga o‘rnatilsa, har bir kilovatt-soatiga Davlat byudjetidan 1000 so‘mdan subsidiya ajratiladi. Ushbu subsidiyalar “Quyoshli xonadon” dasturiga kiritilgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan. Surxondaryo viloyatida 3 ming 791 ta xonadonga quyosh panellari o‘rnatilishi belgilangan. Bundan tashqari ushbu platformada quyosh panellarini 36 oygacha muddatli to‘lov orqali foizsiz xarid qilish mumkin. Biroq bunda kompnesatsiya ajratilmaydi. Quyosh panellarini Amazon va Alibaba kabi onlayn tijorat kompaniyalaridan ham xarid qilish mumkin. Masalan, “Alibaba.com” saytida 3 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasining narxi 3,3 ming dollar atrofida turibdi. Yetkazib berish xarajatlari yetkazib beruvchi kompaniyaga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.


Quyosh panellarini o’rnatish uchun imtiyozlar

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling