Topshirdi: xudaynazarov jahongir qabul qildi: dilnoza kushbakova


Download 276 Kb.
bet12/15
Sana25.01.2023
Hajmi276 Kb.
#1121065
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xudaynazarov Jahongir

Toʻgʻri oʻqish. Toʻgʻri oʻqish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan oʻqish tushuniladi, yaʻni toʻgʻri oʻqish soʻzning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarni buzmasdan, soʻzdagi tovush yoki boʻgʻinni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qoʻshmay, harflar oʻrnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, soʻzga urgʻuni toʻgʻri qoʻyib oʻqish hisoblanadi.
Toʻgʻri oʻqish soʻzning uzun-qisqaligiga, oʻquvchining soʻz boyligiga, yaʻni soʻzning leksik maʻnosini qanchalik bilishiga hamda soʻzning boʻgʻin va morfemik tarkibiga bogʻliq..
Oʻqituvchining tuzilishi murakkab soʻzlarni oldindan xattaxtaga yoki kartonga boʻgʻinlarga boʻlib yozib qoʻyib, oʻquvchilarga ovoz chiqarib birgalikda oʻqitishi yaxshi natija beradi.
Oʻquvchilar yoʻl qoʻygan xato ikki xil yoʻl bilan tuzatiladi:
1. Oʻquvchi soʻz oxiridagi qoʻshimchani notoʻgʻri oʻqisa, oʻquvchini oʻqishdan toʻxtatmasdan xatoni toʻgʻrilash mumkin.
2. Xato oʻqish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta oʻqitish usulidan foydalaniladi. Bunda oʻquvchiga oʻqigan matni yuzasidan savol berilsa, oʻquvchi Tez oʻqish. Tez oʻqish meʻyoriy tezlikda oʻqish boʻlib, bunda oʻqish surʻati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. Oʻqish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda oʻsib borishi lozim. Oʻqilayotgan asar mazmunini oʻzlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni taʻminlaydigan oʻqish tez oʻqish deyiladi.
Oʻqish tezligi toʻrt yil davomida toʻgʻri va ongli oʻqish bilan bogʻliq holda asta ortib boradi. Oʻqish tezligini tekshirganda oʻqituvchi oʻqiladigan materialning xarakterini, yaʻni gʻoyaviy-mavzuviy murakkabligini, soʻz va gaplarning tuzilishini, ularning bolalar nutqida qaydarajada ishlatilishini, oʻqishning toʻgʻri va ongli boʻlishini hisobga oladi. Oʻquvchilarning oʻqish tezligi har xil boʻladi, albatta. Oʻqituvchining vazifasi barcha oʻquvchilarning oʻqish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. Oʻqish surʻatini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib oʻqishni mashq qilish kabilar samarali usullardan hisoblanadi.



Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling