Topshirdi: xudaynazarov jahongir qabul qildi: dilnoza kushbakova


Download 276 Kb.
bet13/15
Sana25.01.2023
Hajmi276 Kb.
#1121065
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xudaynazarov Jahongir

2.2. Gap ustida ishlash.


Gap ustida ishlash. Fikr almashish, aloqa-aralashuv gap vositasida amalga oshiriladi, shuning uchun ham gapni oʻqishga, gap tuzishga, gap mazmunini aniqlashga, gapni toʻgʻri yozishga oid amaliy bilimlar savod oʻrgatish davridan boshlab shakllantiriladi.
Oʻquvchilarda nutq, uning ogʻzaki va yozma shaklda boʻlishi, nutqning gaplardan hosil boʻlishi va gap haqida amaliy tushuncha darslikdagi mazmunli rasmlar asosida hosil qilinadi. Buning uchun oʻqituvchi rasm yuzasidan 3-4 soʻzli savollar tuzib keladi.
Umuman, xat-savod oʻrgatish jarayonida oʻqish va yozuv darslarida gap, gapning soʻzlardan tuzilishi, gapda soʻzlarning alohida-alohida yozilishi, gapning oxiriga mazmuniga qarab nuqta, soʻroq, undov belgisi qoʻyilishi, gapning birinchi soʻzi bosh harf bilan yozilishi haqida amaliy tushuncha beriladi.
Bu jarayonda, avvalo, “soʻz” tushunchasi shakllantiriladi. Oʻqituvchi mazmunli rasm asosida hikoya tuzdiradi, hikoyadan bir qancha predmetlar tanlab olinadi, predmetlar nomi birma-bir soʻraladi. Bunda har bir aytilayotgan nom soʻz ekanligi taʻkidlanadi. SHu tariqa “soʻz” tushunchasi rasmlar yoki predmetlarning oʻzi yordamida tushuntiriladi. Bu oʻrinda gapning soʻzlardan tuzilishi aytib oʻtiladi. “Boʻgʻin” mavzusi oʻtilganda soʻzlarning boʻgʻinlardan tashkil topishi tushuntirib beriladi.
Oʻyin tarzida olib boriladigan ish turlari oʻquvchilarning lugʻatini boyitish bilan birga, oʻqishga qiziqish uygʻotadi, imloviy sezgirlikni oshiradi va soʻzning tovush Savod oʻrgatish jarayonida oʻquvchilar oʻqishga oʻrganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq oʻquvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:
1. Partada toʻgʻri oʻtirish, daftarni toʻgʻri qoʻyish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan toʻgʻri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish (1-rasm).
2. Ish daftari yoki alifbe asosida oʻzbek alifbosidagi barcha katta va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni soʻzda bir-biriga bogʻlab yoza olish: bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish.
Grafik malaka, birinchidan, qoʻl-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning oʻzlashtirilgan birligi boʻlgan tovush grafik belgilarga, yaʻni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning toʻgʻri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imloviy qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, oʻz fikrini, taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi.
SHuni taʻkidlash kerakki, savod oʻrgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni koʻz oldiga keltirib, fikrlab oladi, baʻzan harf shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini koʻchiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni oʻzicha sekin gapiradi; oʻqituvchi oʻquvchi yoniga oʻtirib, ruchkani toʻgʻri ushlatadi va uning qoʻli bilan harfni yozishni koʻrsatadi yoki oʻzi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi. Savod oʻrgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha soʻzni yozishi mumkin.

Download 276 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling