24
12-rasm. Yangi koordinata boshi tanlash.
Yangi koordinata boshini belgilab olganimizdan so‟ng Черчение uskunalar
panelidan [Прямоугольник] buyrug‟ni tanlaymiz. [Прямоугольник] buyrug‟i to‟g‟ri
burchakli to‟rtburchak chizadigan komanda hisoblanib, bunda chizish to‟rtburchakning
dioganallarini belgilash orqali amalga oshiriladi. [Прямоугольник] buyrug‟ni
tanlaganimizdan so‟ng muloqot oynasi bizga birinchi burchak koordinatasi kiritish
haqidagi ma‟lumotni namoyon qiladi. Biz bunda 20,5 koordinatalarini va ikkinchi
burchak koordinatalari sifatida 415,292 sonlarini kiritamiz.13-rasm. Koordintalar kiritib
ishlanganda dinamik kiritish rejimiga ahamiyat berish lozim. To‟g‟ri to‟rtburchak
koordinatalarini kiritganimizdan so‟ng ichki ramkamiz hosil bo‟ladi.
Izoh: Ikkinchi koordinata kiritilayotgan vaqtda dinamik kiritish rejimi o’chiq yoki
yoniq holatda turganiga ahamyat berish kerak.
13-rasm. [Прямоугольник] buyrug‟ini qo‟llagan holda ichki ramka chizish.
3-Qadam:Keyingi qadamda chizilgan ichki ramka ichiga muqovani yozishimiz
kerak bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: