14. Disk yurituvchi qurilmaning vazifasi nima?
15. CD-ROM disk yuritish qurilmasining vazifasi nima?
16. Ona plataning vazifasi nima?
17. Klaviatura tugmalarini necha guruhga ajratishi mumkin?
Klaviatura tugmalarini 4 guruxga ajratishimiz mumkin:
1. Asosiy guruh tugmalari
2. Kursorni boshqarish tugmalari
3. Yordamchi tugmalar
4. Funktsional tugmalar
18. Plotterning vazifasi nima?
Plotter – murakkab va katta hajmdagi chizmalarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar 2 xil bo`ladi -barabanli va planshetli. Barabanli plotter, rulonli, planshetli plotter esa varaqli qog‘ozga chizmalarni chiqaradi. Plotterlar asosan chizma loyihalarini avtomatlashtirishda foydalaniladi.
19. Strimerning vazifasi nima?
Strimer – kompyuter xotirasidagi (vinchester) ma’lumotlarni magnit lentalarga ko`chirib oluvchi qurilma. Kompyuter xotirasidagi ma’lumotlar o`chib ketgan xollarda qayta tiklash imkoniyatiga ega.
20. Trackballning vazifasi nima?
Trackball - sichqoncha kabi, shar shaklidagi manipulyator. Sharni aylantirish natijasida mos ravishda ekrandagi tasvir ham suriladi.
21. Tarmoq adapterining vazifasi nima?
Tarmoq adapteri - Kompyuterni mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi.
22. Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi qanday?
Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi quyidagicha
- stabilizator yoqiladi;
- monitor yoqiladi;
- protsessor yoqiladi;
- printer kerak bo`lsa, yoqiladi.
23. Kompyuterni to`g‘ri o`chirish tartibi qanday?
Kompyuterdan to`liq foydalanish to`g‘ri o`chirishga ham bog‘liq. Buning uchun quyidagilar bajariladi -
- ishlayotgan dasturlar tugatiladi.
- printer yoqilgan bo`lsa, o`chiriladi.
- protsessor «ПУСК» orqali o`chiriladi.
- monitor o`chiriladi.
- stabilizator o`chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |