topshiriq (20-ball) Hurmatli talabalar vazifani o’z vaqtida bajarib hemisdan jo’nating!!! Maruza uchun Deadline: noyabr soat 22: 00!!!
Mavzuga doir xorijiy va mahalliy olimlarning qarashlari
Download 120.79 Kb.
|
E2B9F447 8DE5 4B47 8CB3 8E6C8B7C385D PUrrq3Z utaCfUGWzVV2PPUJvakyef0d (1)
Mavzuga doir xorijiy va mahalliy olimlarning qarashlari: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarida - organik chiqindilar (hayvonlar ekskrementlari, maishiy chiqindilar, qishloq va o‘rmon xo‘jaliklari o‘simlik qoldiqlari va shahar oqava suvlaridan foydalanish tufayli olinadigan energiya), daryolar, suv omborlari va irrigatsiya kanallarining gidroenergetika salohiyati, quyosh, shamol energiyasi, suvning ko‘tarilishi va okean to‘lqinlari energiyasi, geotermal energiya, energiyaning muqobil turlarida o‘z ifodasini topgan.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Masalan, Hindistonlik iqtisodchi olim S.P.Raghuvanshi o‘zining “Iqlim o‘zgarishlari asoratlarini yumshatishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ahamiyati” (S.P.Raghuvanshi, 2007) nomli tadqiqotida qayta tiklanuvchi energetika rivojlanishining iqlim o‘zgarishlariga ta’sirini baholagan. Uning tadqiqoti empirik kuzatishlarga asoslangan bo‘lib, unda so‘nggi 50 yillikda iqlim o‘zgarishlariga eng ko‘p ta’sir qilgan omil sifatida yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish hajmining oshib borishi keltirilgan. Shunga qaramay muallif tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish yo‘nalishlari o‘rganilmagan. Shvetsiyalik olim T.Jackson o‘zining “Qayta tiklanuvchi energiya: amalga oshirish istiqbollari” (T.Jackson, 1993) nomli tadqiqotida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning iqtisodiy, institutsional va ekologik jihatlarini yoritib bergan. Mantiqiy tahlil usulidan foydalangan holda sohada texnologik xarajatlarni kamaytirish masalalarini ko‘rib chiqqan. Ammo tadqiqotda qayta tiklanuvchi energetikaning iqtisodiy va ekologik samarasi aniq hisob-kitoblar bilan tahlil qilinmagan (T.N.Sedash, 2016). Angliyalik iqtisodchi olim M.Grubb o‘zining “Evropa qayta tiklanuvchi energiya strategiyalari” (M.Grubb, 1995) nomli tadqiqotida Evroittifoqqa a’zo mamlakatlardagi muqobil energetikani rivojlantirish strategiyalarini o‘rgangan. Iqtisodchi olim o‘z tadqiqotida Evropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarda qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi iqtisodiy jarayonlarni uzviylikda baholab, tizimli yondashuv uslubi asosida mamlakatlar milliy strategiyalarining umumiy xususiyatlarini birlashtirgan (I.A.Grechuxina, 2016). Shuningdek, rus iqtisodchi olimlari T.N.Sedashning “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari: Rossiya va xorijda rag‘batlantirish” (T.N.Sedash, 2016) va I.A.Grechuxinaning “Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlari” (I.A.Grechuxina, 2016) nomli tadqiqotlarida monografik tahlil va guruhlash usullaridan foydalangan holda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishning asosiy shart-sharoitlari hamda iqtisodiy mexanizmlari keltirilgan. Shu bilan birga, tadqiqotning kamchiligi sifatida, unda keltirilgan rag‘batlantirish usullarini milliy darajada amalga oshirishda yuzaga keladigan qiyinchilik va muammolar tahlil qilinmagan. Ko‘plab zamonaviy ilmiy-texnik adabiyotlarda, xususan rus olimlari R.B.Axmedov va Dj.Tvaydel ilmiy ishlanmalarida tarixiylik va mantiqiylik tadqiqot usullari asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga quyosh, shamol, biomassa energiyalaridan tashqari dengiz sathining tushishishi va ko‘tarilishi, dengiz to‘lqinlarining energiyalari hamda past salohiyatli issiqlik energiyalari va geotermal energiyani ham kiritgan (IRENA, 2016). Maxalliy olimlarimiz, K. SHodimetov[5] tomonidan yozilgan amaliy qo‘llanmada turli quvvatga ega bo‘lgan muqobil energiya manbalarini barpo etish, ulardan qanday tartibda foydalanish va mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning imkoniyatlari yoritib berilgan. H.K.Zaynuddinova, SH.K. Niyozov, SH.Ashirov, R.SH. Daminov, E.Ikromxonov [6] qayta tiklanuvchan va muqobil energiya manbalaridan foydalangan xolda fermer xo‘jaliklarida quyosh energiyasidan samaraliy foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda tuproqning radiatsion va issiqlikni taminlashda quyoshga nisbatan qanday joylashtirish bo‘yicha o‘z taklif muloxazalari batafsil yoritib berilgan. T. SH. Majidov [7] tomonidan yozilgan darslikda noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining turlari (quyosh, shamol, to‘lqin, geotermal, biomassa), dunyodagi eng katta elektrostansiyalar hamda mamlakatimizdagi gidro energetikaning rivojlanish tarixiga to‘xtalib o‘tilgan. R.V. Gorodov, V.E. Gubin, A.S. Matveev [8] xorijiy olimlar tomonidan yozilgan darslikda qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, texnika va texnologiyaning so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda shamol, quyosh, geotermik energiyani, shuningdek okean energiyasini elektr va issiqlik energiyasiga aylantirish usullari ko‘rib chiqilgan. An’anaviy va noan’anaviy energiya manbalarini taqqoslash, energiya iste’mol qilish dinamikasi va energetika ob’ektlarini rivojlantirish, shuningdek, noan’anaviy energetikaning ekologik muammolariga alohida e’tibor qaratilgan. V.YA. Ushakov [9] tomonidan olib borilgan tadqiqotda elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq uchta asosiy muammo: energiya resurslari va energiya tanqisligi, atrof-muhitga etkazilayotgan zarar, geosiyosiy va ijtimoiy tahdidlar ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy dunyo "energetik xaritasini" tahlil qilish asosida ushbu muammolarni hal qilishning asosiy usuli energiya tejash va energiyani almashtirish konsepsiyalarini amalga oshirish ekanligi yoritib berilgan. Adel Saleh Rawea, Shabana Urooj [11] YAman Respublikasidagi elektr energiya muammolari va ularni bartaraf etishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar hamda ushbu qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishdagi investitsiya loyihalaridagi muammolari ochib berilgan. Tadqiqotchi D.X. Medouz fikrlariga ko‘ra, barqaror jamiyat moddiy va miqdoriy o‘sish bilan emas, rivojlanishning sifat jihatlari bilan tavsiflanadi. Muallif o‘z asarida qayta tiklanmaydigan resurslardan foydalanishni to‘xtatish kerakligi va uning o‘rniga barqaror jamiyatda Er sayyorasi in’om qilayotgan tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish va kelajak avlodga ko‘proq resurs turlarini saqlab qolish zarurligini aytib o‘tgan1. «Yashil iqtisodiyot»ga o‘tish jarayoni har bir mamlakat uchun alohida ahamiyat kasb etib, tabiiy kapital, inson kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga kabi xususiyatlarga bevosita bog‘liq holda ro‘y beradi. Shuning uchun avvalo, o‘tish jarayoni uchun qulay (huquqiy infratuzilma, rag‘batlantiruvchi omillar va h.k.) muhit yaratish zarur. Agar milliy darajada qo‘llanilayotgan rag‘batlantiruvchi omillar, jumladan, investitsiyalar va davlat xaridlari «Yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishga yo‘naltirilsa, iqtisodiy tizimni «Yashillashtirish» jarayoni yanada tezlashadi. «Yashil iqtisodiyot»ni yaratish va rivojlantirishning jahon tajribasi ko‘rsatishicha, ushbu jarayon uzoq muddat, katta miqdorda investitsiyalar talab etishi, asosiy e’tibor qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish, enegriyani tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi2. Download 120.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling