Topshiriq. Har bir talaba alohida olingan davlatda (ma’ruza darsi bo‘yicha tanlagan davlati) pul tizimi va bank tizimi hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlarni kamida 15 slayddan iborat PowerPoint faylda taqdimot tayyorlab jo‘natishi lozim.
Talablar:
- Guruh talabalari tomonidan tanlangan mamlakatlar bir xil bo‘lmasiligi lozim.
- Mustaqil ishda aniq bir davlat (O‘zbekiston Respublikasidan tashqari) misolida mamlakat pul tizimining paydo bo‘lish tarixi va rivojlanish bosqichlari, pul tizimini zamonaviy holati hamda bank tizimining paydo bo‘lish tarixi va rivojlanish bosqichlari, bank tizimini zamonaviy holati bo‘yicha ma’lumotlarni keltirishi lozim.
- Mustaqil ishda amaliy ma’lumotlar keltirilishi kerak. (Masalan: mamlakat pul va bank tizimining tashkil qilinishi, mavjud banklar soni, pul va bank tizimining qonunchilik asoslari va xokazo.)
- Mustaqil ish (kirill yoki lotin alifbosida) o‘zbekcha bo‘lishi shart.
- Davlatlarni tanlash ixtiyoriy (guruh talabalari kelishgan holda).
Do'stlaringiz bilan baham: |