topshiriq Maksimal 10 balda baholanadi, har bir mavzuga maksimal baldan. Topshiriq savollariga yozma ekektron shaklda javob tayyorlanib platformaga joylanadi
Download 15.67 Kb.
|
falsafa 1
1-topshiriq Maksimal 10 balda baholanadi, har bir mavzuga maksimal 5 baldan. Topshiriq savollariga yozma ekektron shaklda javob tayyorlanib platformaga joylanadi MAVZU. BILISH METODOLOGIYASI ASOSIY TUSHUNCHALARI. REJA: 1. Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari. Javob: Оlam va uning qоnunlarini bilish falsafiy dunyoqarash bilan bevоsita bоg‘langan masaladir. Shuning uchun ham dunyoni bilish masalasi dоimо falsafa fanining diqqat markazida bo‘lib kelgan. Falsafada bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi soha - gnoseologiyadir.Qadimgi faylasuflar ham dunyoni bilish mumkinligini e’tirоf qilganlar. Masalan, atоmistik nazariyaning asоschisi Demоkrit оlamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini ta’kidlaydi. U bilish jarayonida hissiy jihat va tafakkur rоlini оddiy va sоdda hоlda ko‘rsatadi.Markaziy Оsiyo mutafakkirlaridan Fоrоbiyning aytishicha, bilish muammоsi insоn mоhiyatini aniqlash masalasining bir qismini tashkil etadi. U insоnni bilish sub’ekti, o‘rab turgan tabiatni reallikni bilish оb’ekti deb hisоblaydi. Seziluvchi narsa, Fоrоbiy fikricha, sezgilarga qadar mavjud bo‘lganidek, bilinuvchi narsa ham unga оid bo‘lgan bilimga qadar mavjuddir. Uning ta’rificha, оdam o‘z bilimlarini tashqaridan, atrоfdagi hоdisalardan bilish jarayonida оladi. Bu jarayon o‘z ichiga ko‘p vоsita va usullarni: sezgi, idrоk, хоtira, tasavvur va eng muhimi mantiqiy fikr, aql va nutqni оladi. Shu vоsitalar yordamida insоn fanni yaratdi.Beruniy merоsini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk asarlaridan bоshlab va keyingi asarlarida uning insоn bilishga juda qiziqqanligini ko‘rishimiz mumkin. Beruniy fikricha, bilishning asоsi, оlam haqidagi bilimlarimizning manbai sezgi оrganlari yordamida оlingan hissiy bilimlardir. Agar sezgi bo‘lmaganda оlam haqidagi bilimlarimiz mumkin bo‘lmas edi.Bilish jarayoni Beruniy ma’lumоticha, eskilik, fanatizm, shaхsiy g‘araz sub’ektivizmdan оzоd bo‘lish, tabiatning o‘ziga, kuzatishga tajribaning rad etib bo‘lmaydigan dalillarga asоslanish lоzim: tabiatni bilish jarayoni sezgilar bilan bоshlanib tafakkurgacha ko‘tariladi, ma’lum narsalardan nоma’lum narsalarga va hоdisalarni bilishga tоmоn rivоjlanib bоradi, birоq bir avlоdning hayotida hamma narsani bilish mumkin emas. 2. Gnoseologiya (epistemologiya)ning mazmuni va mohiyati. Javob: «Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug’atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham qo’llaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo’llanilishini o’rinli deb bo’lmaydi. Zotan, «yepisteme» so’zi «pistis» - e’tiqod so’zi bilan uzviy bog’liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G’arbiy Yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi. 3. Bilishning asosiy turlari va shakllari. Javob: Bilish va uning shakllari. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o‘rganish falsafa tarixida muhim o’rin egallab kelmoqda. Inson o‘z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus sohasi — «Gnoseologiya» vujudga keldi va u qadimgi lotincha «gnozis» — bilish va «logos» — fan, ilm ma’nolarini anglatadi. Inson bilishi nihoyatda ko‘p qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug‘ullanadi.Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turi- dir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof-muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‘lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‘y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo‘lgan ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir. Bilishning ikki shakli: kundalik bilish va nazariy bilish bir-biridan farqlanadi.Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o‘ziga xos bo‘lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. 4. Ong-tafakkur va borliqning birligi. Javob: Ongning strukturasi. Ong qanday strukturaga ega? Ong strukturasi ko‘p jihatdan shartlidir. Gap shundaki, ong elementlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Ammo, shunga qaramay, ongda quyidagi elementlarni ajratish mumkin: Birinchi element – bilim. Bu ongning bosh tarkibiy elementi, uning o‘zagi, mavjudlik vositasi. Bilim – bu insonning voqelik haqidagi tushunchasi. Inson ongida bilim anglab etilgan hissiy va mavxum mantiqiy obrazlar sifatida aks etadi. Bilimlar yordamida inson o‘zini qurshagan dunyoni va bilishning predmetini to‘laligicha qamrab olishi va anglab etishi mumkin. Bilim ongning moddiy faoliyat vositasida dunyoni izchillik bilan yaratish imkoniyati, voqealar rivojini nazarda tutish, ijodiy faollik ko‘rsatish kabi xossalarini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, ong – bu bilimlar shaklidagi voqelikka inson ehtiyojlarini hisobga olgan holda yondashishdir. MAVZU. TIL VA KOMMUNIKASIYA – TUSHUNISH VOSITASI REJA. Til va kommunikatsiya tushuncasi. Javob: Til tafakkur bilan uzviy bog‘langan, fikrimizning bevosita mavjud bo`lishini ta`minlaydigan va kishilar o`rtasida aloqa o`rnatishga xizmat qiladigan axborot belgilari tizimidan iborat. Tilni o`rganish mantiq fanining muhim vazifalaridan birini tashkil etadi. Ma`lumki, tafakkur olamni mavhumlashtirib va umumlashtirib aks ettiradigan ideal hodisadir. Mavhum narsalarni, umumiylikni faqat til yordamidagina qayd qilish mumkin. Til va tafakkurning birligi nutqda o`z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo`lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya`ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo`lib qoladi. Til kishilarning ijtimoiy mehnat faoliyati negizida vujudga kelgan va rivojlana borgan. Ana shuning uchun ham u chuqur ijtimoiy mazmunga ega hamda madaniyatimiz va tariximizning muhim bir qismini tashkil etadi. 189 Til yordamida bilimlar hosil qilinadi, to`planadi va bir avlodda boshqa avlodga etkazib beriladi. SHu tariqa u ta`lim va tarbiya ishlarini amalga oshirishga, madaniyatimizni taraqqiy ettirishga yordam beradi. Belgi bilish jarayonida boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi hamda u haqida ma`lum bir xabarlar berish, uni saqlash, qayta ishlash va uzatishga imkoniyat yaratuvchi moddiy predmetdir. Har qanday belgi ham til belgisi bo`la olmaydi. Tilga aloqasi bo`lmagan belgilar qatoriga nusxa-belgilar (masalan, fotografiya kartochkasi, barmoq izi va shu kabilar), indeks-belgilar yoki ko`rsatuvchi belgilar (masalan, badan haroratining ko`tarilishi – kasallik belgisi, tutun – olovning belgisi va shu kabilar) kiradi. Til belgisi simvol–ramzlar shaklida mavjud bo`lib, o`zi ifoda qiladigan predmetlar bilan tuzilishiga ko`ra hech qanday o`xshashlikka ega emas. Mantiq o`z e`tiborini ana shunday til belgilarini o`rganishga qaratadi. Til belgilari o`z ma`nosiga va mazmuniga ega. Til belgisining mazmunini u ifoda qilayotgan, ko`rsatayotgan ob`ekt tashkil etadi. Masalan, «auditoriya» so`zi real mavjud ob`ektni – auditoriyani aks ettiruvchi fikr mazmunini ifoda etadi. Til belgisining ma`nosini esa u ifoda qilayotgan ob`ektning xarakteristikasi (tavsifi) tashkil etadi. Masalan, «Auditoriya» so`zining ma`nosini «Mashg‘ulot o`tkazish uchun mo`ljallangan xona», «Maxsus jihozlangan xona» va shu kabi ekanligi haqidagi axborotlar tashkil etadi. Belgilarning bilishdagi vazifasini o`rganishga Arastu, Leybnits kabi mutafakkirlar katta e`tibor berganlar. Belgilar haqidagi ta`limotni taraqqiy ettirish XIX asrda aktual masalaga aylangan. Mana shu davrda amerikalik faylasuf CHarl‘z Pirs (1839–1914 y.y.) belgilar haqidagi fan – semiotikaga asos solgan. Bu fan til belgisini uch xil yo`nalish bo`yicha tahlil qiladi. Birinchisini semantika tashkil qilib, u belgi bilan u ifoda qilayotgan ob`ekt o`rtasidagi munosabatni o`rganadi. Ikkinchisi pragmatika bo`lib, u kishilarning belgilarga munosabatini hamda belgilar yordamida kishilar o`rtasida vujudga keladigan munosabatlarni o`rganadi. Uchinchisi, sintaksis deyilib, u belgilar o`rtasidagi munosabatlarni (tilni qurish qoidalarini) o`rganadi. Mantiq fanini ko`proq til belgilarining semantikasi qiziqtiradi. Til va nutq dialektik munosabati. Javob: Til va nutq dialektikasi nazariy tilshunoslikning, shuningdek, amaliy tilshunoslikning hamda psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarning ham muhim va murakkab muammolaridan biri bo’lib, ayni masala jahon tilshunosligining doimiy diqqat markazida turgan eng muhim masalalaridan biridir. XX asr tilshunosligining sistem tilshunoslikning bosh, asosiy mezoni til va nutq munosabati, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash bo’ldi. Ta’kidlash shart, til va nutq dialektik munosabati o’zining dastlabki haqiqiy, mukammal ilmiy nazariy yechimini tilshunoslik fanida keskin burilish yasagan buyuk tilshunos olim Ferdinand de Sossyur asarlarida topdi. Demak, til va nutq masalasi nafaqat sistem tilshunoslikning, umuman, jahon tilshunosligi fanining hamma davrlaridagi ham diaxron, ham sinxron bosqichlaridagi eng jiddiy nazariy muammosi bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi. Javob: Bilish jarayonida amaliyot muhim rоl o‘ynaydi. Amaliyot ko‘p qirrali va sermazmun tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga insоn faоliyatining barcha shakllarini qamrab оladi. Amaliyotning asоsini mehnat, mоddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bundan tashqari, siyosiy kurash, milliy оzоdlik harakati, amaliyot insоnning o‘ziga хоs faоliyati bo‘lib, faqat ulargagina tegishlidir. Amaliyot insоnlarning tariхan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo‘lida rivоjlanadi va mukammallashadi. Amaliyot tariхiy taraqqiyot sub’ekti hisоblangan insоnning, uning uchun оb’ekt hisоblangan mоddiy оlam bilan bоg‘lanishdir. Bunday alоqadоrlik jarayonida sub’ekt faоl rоl o‘ynaydi. Amaliy ta’sir faqat оb’ektni emas, balki sub’ektning o‘zini ham o‘zgartiradi. Amaliyot sub’ekti alоhida insоnlar, ijtimоiy guruhlar; sinflar, butun jamiyat ham bo‘lishi mumkin. Qachоnki, bunday sub’ekt sifatida insоn bo‘lar ekan, amaliyot alоhida faоliyat tusini оladi va u bilan bоg‘langan bo‘ladi. Chunоnchi, har bir insоn shu jamiyat a’zоsi bo‘lar ekan, o‘zining harakatlari bilan alоhida jamiyat a’zоsi bo‘lib maydоnga keladi. Shuning uchun ham alоhida оdam ijtimоiy amaliyotning bir bo‘lagi bo‘lib hisоblanadi. Amaliyot hamma vaqt ijtimоiy faоliyat bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘lib qоladi. Amaliyotning bilish jarayonidagi rоli quyidagilarda namоyon bo‘ladi: Birinchidan, amaliyot bilishning bоshlang‘ich nuqtasi va asоsidir. Eng avvalо shuni e’tibоriga оlish kerakki bilishning o‘zi amaliyot asоsida va ayniqsa mоddiy ishlab chiqarish ta’siri оstida vujudga kelgan. Masalan, meхanik harakat issiqlikka aylanadi, ya’ni ishqalanish natijasida o‘t hоsil bo‘lgan, bu juda qadimiy kashfiyot. Ko‘p yillardan keyin esa оdamlar issiqlikdan meхanik harakat vujudga keltirish imkоniyatiga amaliyot asоsida ega bo‘ladi. Оdamlarning amaliy ehtiyoji tabiat ilmining kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Masalan, astrоnоmiya fani faslni bilish ehtiyoji natijasida kelib chiqdi. Demak har bir fan insоn amaliy ehtiyoji natijasida kelib chiqadi. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Javob: Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari. Metod (yunoncha - usul) keng manoda yo‘l ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi manolarni anglatadi. Metodologiya esa metod to‘g‘risidagi talimot bo‘lib, u nazariy bilimlar va amaliy faoliyat tamoyillarini, usullarini o‘rgatadi. U malum tizim to‘g‘risidagi talimotdir. Har bir fan turli sohalar dunyoning u yoki bu tomonini o‘rganar ekan, uning o‘ziga xos tekshirish obekti mavjud. Mana shunga muvofiq har bir soha o‘zining obektini o‘rganish uchun turli metodlar ishlab chiqadi va uning yordamida o‘sha o‘rganishni yaxshilaydi va takomillashtiradi. Jumladan, tilshunoslikni o‘rganish metodi bilan, biiologiya metodi yoki matematikatini o‘rganish metodi bir- biridan farqlanadi. Metod u yoki bu shaklda malum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar va talablar tizimi bo‘lib, subektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohada malum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi Har qanday metod malum nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Nazariya reallikni aks ettirar ekan, undan kelib chiquvchi tamoyillar, qoidalar va x.k. orqali metodga aylana boradi va natijada yana nazariyaga qaytadi, subekt bilish jarayonida undan foydalanadi. Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija, uning predmetining mohiyatini anglash balki unga eltuvchi yo‘l, yani metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i darkor. Predmet va metodni ayri holda tushunish mumkin emas. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon bo‘lmasada, malum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar yangidan shakllanadi. Predmetning xususiyatlari o‘zgarishi bilan metod ham o‘zgarib boradi. Demak, metodning haqiqiyligi tadqiqot (obekt) predmetining mazmuni bilan bog‘liq. Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir.Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Bazi hollarda bir narsani izlash jarayonida boshqa narsa yaratiladi. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi metodni to‘g‘ri xarakterlar ekan, Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng va tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda u yoki bu obektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. M: ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, moxiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. (O‘qituvchi misol tariqasida tushuntirishi kerak.) Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini taminlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y yoki bu obektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular: falsafa, fan: umumilmiy, xususiy ilmiy, fanlararo tadqiqot, ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlaridir. Download 15.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling