Topshiriq savollar
Davlat ijtimoiy ta’minoti
Download 74,81 Kb.
|
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy soha xodimlarining
Davlat ijtimoiy ta’minoti – bu, O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini keksayganda, kasallik ro`y berganda, mehnatga layoqatini qisman yoki butunlay yo`qotganda, boquvchisini yo`qotganda, shuningdek, bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko`rsatish davlat tizimidir.
Ijtimoiy ta’minot quyidagi tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshiriladi: davlat ijtimoiy sug`urtasi, respublika budjeti mablag`lari, mahalliy budjetlar mablag`lari. Iqtisodiyotni isloh qilish davrida ijtimoiy ta’minotning jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslar faoliyati bilan bog`liq shakllari rivoj topadi. Aholini ijtimoiy himoyalashni bir vaqtning o`zida amal qiladigan va bir-birini to`ldiruvchi quyidagi to`rtta tizimga ajratish mumkin: davlat ijtimoiy ta’minoti, davlat ijtimoiy sug`urtasi, jamoa ijtimoiy sug`urtasi va shaxsiy sug`urta. Davlat ijtimoiy ta’minoti aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli nafaqalar vositasida ko`rsatiladigan yordamdir. Soliqlar va boshqa budjet tushumlari hisobiga moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan minimal turmush darajasini kafolatlaydi. Davlat ijtimoiy sug`urtasi zarur turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy bo`lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug`urta badallari, davlat tomonidan ajratiladigan dotasiyalar hisobiga moliyalanadi. Jamoa sug`urtasi yetarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ish beruvchilar va yollanganning sug`urta badallari to`lov manbalari bo`lib xizmat qiladi. SHaxsiy sug`urta farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi, u ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug`urta badallari hisobiga amalga oshiriladi. Birinchi ikki quyi tizimning asosiy tamoyili - birdamlik, uchinchisiniki subsidiyalash, turtinchi, ya’ni shaxsiy sug`urtaniki esa mutanosiblik tamoyilidir. Birdamlik tamoyili yordamni muhtojlik darajasiga qarab, fuqaro to`lagan soliqlar va sug`urta badallari miqdorini hisobga olmasdan taqsimlanishini ko`zda tutadi. Subsidiyalash tamoyilida esa muhtojlik darajasiga qarab, ammo badallar miqdori va mos ravishda to`lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam ko`rsatiladi. Mutanosiblik tamoyili to`langan sug`urta badallariga proporsional miqdorda yordam ko`rsatishni ko`zda tutadi. YUqorida qayd etilganlardan tashqari ijtimoiy himoyaning yana bir necha tamoyillari qo`llanadi:
Birinchi ikki tizim o`zaro bog`liq va bir-birini to`ldiradi. Davlat ijtimoiy ta’minoti va sug`urtasining quyidagi turlari mavjud:
To`la ma’noda olganda, ijtimoiy himoya qilish quyidagi yo`nalishlarni qamrab oladi: jamiyat a’zolariga kun kechirish uchun zarur narsalarning eng kam miqdorini ta’minlash va muhtojlarga moddiy yordam ko`rsatish, turmush darajasini pasaytirish omillardan himoya qilish;
XX asrda an’anaviy kapitalistik jamiyat haqiqatda o`zgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga - ijtimoiy yo`naltirilgan bozor xo`jaligiga aylandi, ham umuman jamiyatni, ham xo`jalik organizmining tarkibiy tuzilmalarini qamrab oladigan qudratli ijtimoiy himoya tizimlari qaror topmoqda, ular korxonalar va fikrlar, aksionerlar jamiyatlari, kooperativlar, mehnat tashkilotlari va hokazolardir. Hozirgi vaqtda /arbda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning amerikacha, yevropacha, yaponcha va hokazo andozalari mavjud bo`lib, ular doirasida yana o`ziga xos ko`rinishlari ham faoliyat ko`rsatmoqda. Bu andozalarning umumiy xususiyatlari bilan bir qatorda o`ziga xos umumiy belgilari va milliy jihatlari ham mavjuddir. O`zbekistonda mustaqillikni dastlabki yilaridan boshlab iqtisodiy islohotlarning o`ziga mos yo`li tanlandi. O`tish davri jarayonlari Prezident I.A. Karimov olg`a surgan beshta asosiy tamoyillaridaan biri: «halq turmush darajasining izchil va barqaror o`sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilishni ifoda etadi". Ijtimoiy himoyaning ijtimoiy-iqtisodiy munosabat sifatidagi mohiyati jamiyat va aholi o`rtasidagi muxtojlik hollarida yordam, qariyalarga ko`maklashish, sog`liqni saqlash, ijtimoiy ahvol, hayotiy zaruriy vositalar bilan ta’minlash bilan bog`liq munosabatlardan iborat. Ijtimoiy himoyaning iqtisodiy negizini moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Taqsimotchilik munosabatlari natijasida jamiyatning oldiga qo`yilgan bosh maqsadga muvofiq yalpi milliy mahsulotning muayyan qismi aholi ijtimoiy himoyasiga sarflanadi. Ijtimoiy himoya fondining aksariyat qismi taqsimotchilik jarayonida davlat budjetida shakllanadi. Uning to`planish mexanizmi soliqlar va maqsadli jamg`armalardir. Mamlakatimizda davom etayotgan va bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umuman fuqarolarni samarali ijtimoiy himoyalashni, xususan, korxonalar xodimlarini himoya qilishni nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi. Bir tomondan, bu o`zgarishlar fuqarolarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytiradi, ikkinchi tomondan esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomonlarida ijtimoiy himoya qilish bo`yicha ko`proq kuch-g`ayrat sarflanishini: ishsizlikdan, pulning qadrsizlanishidan, fuqarolarning birmuncha qismi moddiy tomondan ta’min etilmaganidan va shu kabilardan himoya qilishni talab etadi. Download 74,81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling