Topshiriq: tabiatni muhofaza qilishga oid 18 tavsiya sinf
Download 141.1 Kb. Pdf ko'rish
|
3. Tabiatni muhofaza qilishga oid 18 tavsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- TABIATNI MUHOFAZA QILISHGA OID 18 TAVSIYA
Topshiriq: TABIATNI MUHOFAZA QILISHGA OID 18 TAVSIYA Sinf: 5-6 Mazmun sohasi: Tabiat ne’matlari (I chorak) Matn asosida 4 ta savol va topshiriq mavjud. Bizning har birimiz o‘z imkoniyatlarimizdan ortiq narsani qila olmaymiz. Ammo siz ushbu foydali tavsiyalarga rioya qilsangiz, bunga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin. Buning oqibatida boshqalar ham sizning ortingizdan qaytarishni boshlaydi, natijada bizda bir qancha imkoniyatlar paydo bo‘lishi aniq. 1. Uyingizga flouratsent lampochkalarni o‘rnating. Ular biroz qimmatroq bo‘lishiga qaramasdan, bitta shunday lampochka energiyani 75 %gacha tejash imkoniyatiga ega hamda oddiy lampaga qaraganda 10 ming soat ko‘proq xizmat qila oladi. Bu sizga elektrenergiya uchun sezilarli tarzda xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, shunday lampochkani 10 yil ishlatish orqali siz yoqilg‘i bilan ishlaydigan elektrostansiyalar tomonidan korbonat angidrid chiqindilarini 590 kggacha qisqartirgan bo‘lasiz. 2. Quyidagi eslatmani unutmaslikka harakat qiling: “Ketish oldidan chiroqni o‘chiring!”. Agar zarurat yo‘q bo‘lsa lampa, televizor, kompyuter, magnitofon va boshqa elektr jihozlarini yoqiq holatda qoldirmang. Yodda tuting: siz qancha ko‘p elektrenergiyasini ishlatsangiz, elektrstansiyalari uni ishlab chiqarish uchun shuncha ko‘p yoqilg‘i sarflaydi. Bu esa atmosferaga zararli moddalarning ko‘proq tarqalishiga sabab bo‘ladi. 3. Lampochkalarni tez-tez changdan tozalab turing. Chunki chang yorug‘lik tarqalishining deyarli ikki barobar qisqarishiga sabab bo‘ladi. Siz esa buning ta’sirida qo‘shimcha lampochkalardan foydalanishga ehtiyoj sezasiz. Bu esa o‘z navbatida elektrenergiyani ko‘proq sarlaflashga olib keladi. TABIATNI MUHOFAZA QILISHGA OID 18 TAVSIYA 4. Tarkibida fosfatlar mavjud bo‘lmagan tozalovchi vositalarni xarid qilishga harakat qiling. Ushbu vositadan foydalanish natijasida daryolar, ariqlar va ko‘llarda zararli moddalar hosil bo‘ladi, suvning rangi o‘zgarib, xiralashib qoladi. Suv yuzasidan yetarlicha yorug‘likning o‘tmasligi suv o‘simliklarining fotosintez jarayonini sekinlashtiradi, bu esa kislorod almashinuvining kamayishiga sabab bo‘lib, suv o‘simliklarining katta qismi nobud bo‘lishiga olib keladi. 5. Imkon qadar shisha idishdagi ichimliklarni sotib oling. Bir marta ishlatiladigan plastik idishlarni qayta ishlatib bo‘lmaydi. Bunday chiqindilar barcha maishiy chiqindilarning qariyib 6 %ini, yonmaydigan chiqindilarning taxminan 50 va biologik parchalanmaydigan, aksariyat hollarda yo‘l chetida yotuvchi axlatning taxminan 90 % ini aynan shunday chiqindilar tashkil etadi. 6. Bir marta ishlatiladigan mahsulotlar: ustara, o‘t yondirgich(zajilgalka), qog‘oz stakanlar, likopchalar, salfetkalarni sotib olishdan qochishga harakat qiling, bunday mahsulotlar chiqindi miqdorini oshiradi, xolos. 7. Xarid uchun magazin yoki bozorga ketayotganingizda o‘zingiz bilan xo‘jalik sumkasini olishni unutmang. Xarid chog‘ida tekinga beriladigan paketlar qayta ishlov berilmaydigan va qayta ishlatilmaydigan vosita sanaladi. Ko‘pgina plastik qadoqlash materiallari bilan biologik parchalanish jarayoni sodir bo‘lmasligini siz juda yaxshi bilasiz. 8. Makulatura, shisha idishlar, batareykalar, konserva idishlarini maishiy chiqindilar qabul qilinadigan joyga topshirishni boshlang. Imkon qadar qayta ishlov berish mumkin bo‘lgan materiallardan tayyorlangan buyumlar: shisha idishlar, hojatxona va yozuv qog‘ozlarini xarid qilishga harakat qiling. Chiqindilarni tashlab yuborishdan ko‘ra ularni qayta ishlash uchun topshirsak, biz chiqindi hajmining kamayishiga hamda tabiiy resurslarning tejalishiga ko‘maklashgan bo‘lamiz. 9. Iloji bo‘lsa, avtomashina uchun etil bo‘lmagan yoqilg‘idan foydalanishga harakat qiling. 10. Avtomashina xarid qilishda unga katalitik gaz konvertori o‘rnatilganligiga e’tibor bering. O‘zida uglevodorodlar va uglerod oksidi saqlaydigan gaz chiqindilari ushbu konvertor orqali zararsiz karbonat angidrid va suv bug‘iga oksidlanadi. 11. Bugungi kunda avtomashinadan foydalanishga qanchalik ehtiyojingiz borligi haqida o‘ylab ko‘ring. Agar siz uzoq yo‘lga otlanishga hozirlik ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, jamoat transportidan foydalanganingiz ma’qul. Bu taxminan yana shuncha yoqilg‘ini tejash imkonini beradi hamda jamoat transporti bir vaqtning o‘zida juda ko‘p insonlarni o‘zlari ko‘zlagan masofaga yetkaza oladi. Velosipeddan foydalanish yoki shunchaki piyoda yurish sizning o‘zingizga ham, atrof- muhit uchun ham juda foydali. 12. Mashinangizni yuvish paytida shlangdan emas, chelakdan foydalanishga harakat qiling. Bu ko‘p miqdordagi suvning tejalishiga yordam beradi. 13. Agar sizda tanlov imkoni bo‘lsa, sayohatni samolyotda emas, poyezdda amalga oshirganingiz ma’qul. 14. Qishda uyingizda juda issiq haroratning bo‘lishi sizga qay darajada kerak deb hisoblaysiz? Hatto eng qattiq sovuqlarda ham uyingizdagi haroratni 18-20° C darajasida ushlab turish yetarli sanaladi. Agar shunda ham sovuqligini his qilsangiz, bunday holatda issiqroq kiyinib olish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi! 15. Choy uchun yoki boshqa maqsadda suv qaynatmoqchi bo‘lsangiz, idishlarni juda to‘ldirib yuborish shart emas. O‘z ehtiyojingiz darajasidagi suvni idishga to‘ldirib, uni qaynatganingiz ma’qul. Idish qopqog‘ini yopishni unutmang! 16. Chiqindilarni rakovina va hojatxona quvurlariga tashlamang. Har yili dengizga million tonnadan ortiq shunday chiqindilar kelib tushadi, bu esa hayvon va o‘simliklar o‘limiga sabab bo‘lmoqda. G‘ 17. Chiqindi va axlatlarni faqat konteynerlarga tashlang. Agar yaqin atrofda bunday qutilar bo‘lmasa, shunday joylarni qidirib topib, o‘sha yerga axlatni tashlashdan erinmang. Yoki axlatni paketga solib, uni bir chekkaga olib qo‘ying, keyinroq uni tashlab kelish mumkin. Axir chiqindilarning tabiiy qayta ishlanishi uchun ko‘p yillar, hattoki yuz yillar atrofida vaqt ketishi mumkin. Shisha idish - 1mln yil. Konserva idish – 80-100 yil. Poyabzalning rezinka tagligi – 50-80 yil. Charm – 50 yil. Neylondan tayyorlangan buyum – 30-40 yil. Fototasma joylashgan plastmassa idish – 20-30 yil. Polietilen paket – 10-20 yil. Sigareta qoldiqlari - 1-5 yil Jun paypoq – 1-5 yil. Apelsin yoki banan pochog‘i - 2-5 hafta 18. Ta’til paytida yo‘qolib ketish darajasida turgan hayvon va o‘simliklar: marjon, fil suyagi, toshbaqalardan tayyorlangan suvenirlarni xarid qilmang. Ushbu ma’lumotlarni olishda Umumjahon yovvoyi tabiat Fondi materiallaridan foydalanildi. http://my.mail.ru/community/environment/57D6050444B069DA.h tml Download 141.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling