8
48-TOPSHIRIQ. Xoldor to‘tilarda pat rangi komplementar irsiylanadi. A_bb havorang,
aaB_ sariq, A-B- yashil, aabb oq.
To‘tilarda pat rangining irsiylanishiga oid ma’lumotlardan foydalanib, quyidagi savollarga
javob bering.
I.
qanday genotipga ega yashil to‘tilar o‘zaro chatishtirilganda oq to‘tilar chiqadi
II.
qanday genotipga ega havorang to‘tilar o‘zaro chatishtirilganda oq to‘tilar
chiqadi
III.
III qanday genotipga ega sariq to‘tilar o‘zaro chatishtirilganda oq to‘tilar chiqadi
JAVOB:
I AaBb xAaBb
II Aabb x Aabb
III aaBb x aaBb
49 TOPSHIRIQ. Tovuq va xo‘rozlarda patning oltin va kumush rangda bo‘lishi X
xromasoma orqali irsiylanadi. Oltin rang dominat.
Quyidagilarga javob bering.
I.
kumush rangli xo‘roz va oltin rangli tovuqlar o‘zaro chatishtirilganda olingan
jo‘jalar qanday ranglarda bo‘ladi.
II.
Kumush rangli tovuq va oltin rangli gomozigota xo‘rozlar dan olingan jo‘jalar
qanday rangda bo‘ladi
III.
Oltin rangli geterozigota xo‘roz va kumushrang tovuqlar o‘zaro chatishtirilsa
olingan jo‘jalarning necha foizi kumushrangli bo‘ladi.
JAVOB:
I–kumushrang
II–tillarang
III–50 %
50. topshiriq
Bug‘doy- sarisor-toshbaqa dan iborat oziq zanjirida toshbaqanining biomassasi 5 kg ga,
sarisorniki 3 kg ga ortgan.
I Toshbaqaning dastlabki biomassasini aniqlang
II oziq zanjiridagi bugdoy massasi kg da
III toshbaqa biomassasi necha foizga oshgan
JAVOB:
I 25 kg
II 50 kg
III 20 %