Markaziy prosessor (mikroprotsessor). Kompyuterning eng muxim qismini markaziy
protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan
ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash
ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma — protsessor deb
ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi
ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor
zimmasidadir. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va
barcha ko’rsatmalarini bajaradi.
BIOS NI ISHGA TUSHURISH, BIOS SOZLANMALARINI SOZLASH
Topshiriqlar rejasi:
1. BIOS haqida tushincha;
2. BIOS tizimiga kirish;
3. BIOS tizimidagi disk yurutuvchi bo’limlari;
4. BIOS tizimida o’zgarishlarni saqlash va chiqib ketish.
BIOS (Basic Input/Output System) - asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo’lib, motherboard
(materinskaya plata) da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va
operatsion tizimni bir-biriga bog’lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab bios
ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi
fayliga(dasturiga) o’z ishini beradi (NTLDR, bootmgr).
Award BIOS versii 4.51 PG
AWARD BIOS versii 6.0
BIOS (Basic Input/Output System) - asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo’lib, motherboard
(materinskaya plata) da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va
operatsion tizimni bir-biriga bog’lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab bios
ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi
fayliga(dasturiga) o’z ishini beradi (NTLDR, bootmgr). Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar
va tovushning chiqishi, ROM (Read Only Memory) xotirada yozilgan biosning ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |