Topshiriqqa muvofiq qabul qilish marshrutlari algoritmini ishlab chiqish


Download 311.78 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi311.78 Kb.
#1589128
  1   2
Bog'liq
6-Amaliy mashg\'ulot tulliq tug;ri JUMONG


6-AMALIY MASHG‘ULOT


MASHG`ULOT MAVZUSI
TOPSHIRIQQA MUVOFIQ QABUL QILISH MARSHRUTLARI ALGORITMINI ISHLAB CHIQISH



  1. MASHG`ULOT MAQSADI

Professor-o’qituvchi tomondan beriladigan topshiriqqa muvofiq qabul qilish va jo’natish marshrutlarini algoritmini ishlab chiqish


2. ISHNI BAJARISH
TARTIBI:
- topshiriqqa muvofiq qabul qilish marshruti algoritmini ishlab chiqish;
- nazorat savollariga javob berish;
- hisobot tayyorlash.


3. BOSHLANG‘ICH
MA’LUMOTLAR:
Talabalar ro‘yxati tartibiga bog‘liq holda o‘z variantini tanlab boshlang‘ich ma’lumotlarni olish mumkin.





VARIANT

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

1

Marshrut yo’li

1 yo’lga

2 yo’lga

3 yo’lga

4 yo’lga

5 yo’lga

6 yo’lga

4 yo’lga

3 yo’lga



3. NAZARIY TUSHUNCHALAR

Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak boʻlgan aniq koʻrsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama boʻlmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga oiddir.


Kurs ishi topshirig’ida berilgan yo’nalish bo’yicha poyezni jo’natish (qabul qilish) marshrutini tuzish algoritmi ishlab chiqildi. Algotirm tuzish ketma-ketligida birinchi o’rinda tuziladigan marshrut yo’lidagi barcha strelkali va strelkasiz uchastkalar, qabul qilish-jo’natish yo’llari bo’sh yoki bandligi tekshiriladi. Barcha yo’l uchastkalari bo’sh bo’lgan taqdirdagina marshrut tuzishga ruxsat beriladi. Shundan so’ng jo’natish (qabul qilish) marshrutida tarkibiga kiruvchi strelkalar holati tekshiriladi. Agar strelka holati berilgan marshrutga mos kelsa algoritmning keyingi qismiga o’tishga ruxsat beriladi. Aks holda strelkani kerakli holatga o’tkazish buyrug’i beriladi va strelka qaytadan tekshiriladi. Agar kerakli natija olinsa algoritm davom ettiriladi, aks holda nosozlik qayd qilinadi. Shu ketma-ketlikda marshrutga tegishli barcha strelkalar holati tekshiriladi. Barcha strelka va uchastkalar tekshirib bo’lingandan so’ng marshrut tuzishga ruxsat beriladi va svetoforning ruxsat chirog’ini yoqishga buyruq beriladi.
Har bir uchastkalar va strelkalar holatini nazorat qilish, strelkani boshqarish, svetoforni ochish buyruqlari mikroprotsessorning oyoqchalariga biriktiriladi. Algoritmda uchastkalarning bo’shligini biriktirilgan MP oyoqchalariga kiriyotgan “1” signali bilan, bandligini esa “0” signali bilan aniqlanadi. Strelkalar holati holati ham shu tartibda ya’ni strelka “Q” (pilus) holatida bo’lsa “0” signali orqali, “-” (minus) holatida bo’lsa “1” signali orqali nazorat qilinadi. Strelkalarni o’tkazish buyruqlari: strelkani “Q” holatga o’tkazish uchun “0” signali, “-” holatga o’tkazish uchun “1” signali beriladi. Shu bilan birga svetoforning ruxsat chiroqlarini yoqish, nosozlik haqida ma’lumot berish va marshrut chiroqlarini yoqish buyruqlari “1” signalini yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ch5 svetofordan jo’natish marshrut topshirig’i algoritmi va 5P dan chiqib ketishda poyezd harakatlanadigan barcha yo’l qismlari harakat xavfsizlgi shartlarini tekshiradi. Ushbu poyezdlaring xavfsiz harakatlanish shartlari quyidagicha:

Download 311.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling