To‘rt iqlim mamlakatlari podshosi


Download 38.52 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi38.52 Kb.
#1831596
Bog'liq
9-sinf Tarix


9-Sinf Tarix

1. Quyida berilgan hukmdorlardan qaysi biri “to‘rt iqlim mamlakatlari podshosi” unvonini olgan?


A) Sargon I B) Tutmos II
C) Navuxodonosor II D) Menes

2. Quyidagi qo‘zg‘olonlardan qaysi biri Somonxudotning nabiralari tomonidan bostirilgan?


A) Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon
B) “Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloni
C) Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olon
D) G‘urak va Divashtich boshchiligidagi qo‘zg‘olon

3. IX asr oxiri − X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi?


A) Oleg B) Yaroslav C) Vladimir D) Ryurik

4. Ko'zaliqir qaysi qadimgi davlatning shahri hisoblangan?


A) So‘g ‘diyona B) Xorazm
C) Qang‘ D) Baqtriya

5. Buxoro qachondan boshlab “Qubbat ul-islom” - Islom dinining gumbazi nomi bilan shuhrat topgan?


A) X I asrdan В) IX asrdan
С) X II asrdan D) X asrdan

6. 1066-yilda Gastings jangida mag‘lubiyatga uchragan hukmdorni toping.


A) Roman I V Diogen
B) Garold
C) Vilgelm I
D) Alp Arslon

7. Qayerda zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank paydo bo’lgan?


A) Venetsiya B) Parij C) Tuluza D) Genuya

8. Nechanchi yilda Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgan?


A) 1881-yilda B) 1867-yilda
C) 1875-yilda D) 1856-yilda

9. Hozirgi Samarqandning sharqiy chegarasi hududlarida mil.avv. VIII-VII asrlarda asos solingan qadimiy shaharni belgilang.


A) Jarqo‘ton B) Varaxsha
C) Afrosiyob D) Ko‘zaliqir

10. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” nomli asarning muallifini aniqlang.


A) Abu Ali ibn Sino
B) Abu Nasr Farobiy
C) Ahmad al-Farg‘oniy
D) Abu Rayhon Beruniy
11. Samarqanddagi Registon ansamblining hozirgi
qiyofasi nechanchi asrda shakllangan?
A) XVII asrda В) XVIII asrda
С) XV asrda D) XVI asrda

12. Afg'onistonning qaysi hukmdori davrida I ingliz-afg'on urushi boshlangan?


A) Sheralixon
B) Ahmadshoh
C) Nodirshoh
D) Do‘st Muhammadxon

13. Mo‘g‘ullar davrida ishlab chiqarilgan mahsulot


yoki sotilgan molning o'ttizdan bir qismi hajmida undirilgan soliq qanday atalgan?
A) “kalon” B) “qopchur”
C) “shulen” D) “targ‘u”

14. 1774-yilda Filadelfiya shahrida chaqirilgan Qit’a Kongressi iqtisodiyotni boshqarish uchun tuzgan tashkilotni aniqlang.


A) “Ozodlik” kengashi
B) “Haq ishi uchun” uyushmasi
C) “Nazorat kengashi”
D) “Kontinental uyushma”

15. Uchinchi salib yurishlarida qaysi davlatlarning


hukmdorlari ishtirok etgan?
A) Kastiliya, Vizantiya, Germaniya
B) Vizantiya, Angliya, Kastiliya
C) Italiya, Fransiya, Germaniya
D) Fransiya, Germaniya, Angliya

16. Qo'qon xoni Muhammad Alixon davri tarixi batafsil yoritilgan asar nomi berilgan javobni


belgilang.
A) “Xudoyqul Anvar”
B) “Manozir ul-kavokib”
C) “Navodir ul-vaqoe”
D) “Shohnomayi nusratpoyom”

17. XII-XIII asrlarda Fransiyada tashkil etilgan universitetni belgilang.


A) Neapol universiteti
B) Sevilya universiteti
C) Tuluza universiteti
D) Bolonya universiteti

18. Misrliklarning qaysi xudosining yer yuzidagi


qiyofasi Apis boTib, u peshonasi va belida oq qashqasi bo'lgan qora ho‘kiz timsolida tasavvur etilgan?
A) Anubis B) Tot C) Xapi D) Ptax

19. 585-586-yillarda Buxoroda qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi bo’lib o‘tgan qo‘zg‘olonga kim rahbarlik qilgan?


A) Abruy B) El Arslon
C) Abu Muslim D) Spitaman
20. Shiroq haqida rivoyat keltirgan tarixchini
aniqlang.
A) Arrian B) Strabon
C) Poliyen D) Gerodot

21. Arab xalifaligi davrida Movarounnahrda islomni qabul qilmagan aholidan qanday soliq undirib olingan?


A) hiroj B) kalon C) jizya D) shulen

22. 1646-yilda Yangi Urganch shahrini qurdirgan Xiva xonini aniqlang.


A) Elbarsxon B) Olloqulixon
C) Eltuzarxon D) Abulg‘oziy Bahodirxon

23. O‘rta Osiyoga harbiy yurish qilgan fors


podshosini aniqlang.
A) Salavk B) Doro I
C) Mitridat I D) Kanishka

24. 1607-yilda tashkil topgan Angliyaning Virjiniyadagi ilk manzilgohini toping.


A) Kanzas B) Ayova
C) Jeymstaun D) Arizona

25. Qadimgi Afinada har yili saylanadigan qaysi


organ kundalik joriy masalalarni hal qilar edi?
A) Senat B) Xalq sudi
C) Beshyuzlar kengashi D) Xalq tribuni

26. Quyidagilardan qaysi biri she’r, badiiy asarlar yozishni, notiqlik san’atini, huquq asoslarini o’rgatgan?


A) dialektika B) ritorika
C) arifmetika D) grammatika

27. Fors podshosi Doro I tomonidan qurdirilgan


“Shoh yo'li” degan savdo yo‘li qaysi shahardan boshlangan?
A) Bobildan B) Persopoldan
C) Frakiyadan D) Nineviyadan

28. O‘rta asrlarda o‘g‘uzlar qaysi xalqlarning


etnogenezida muhim rol o ‘ynaganligini aniqlang.
1) o ‘zbeklar; 2) ozarbayjonlar; 3) qoraqalpoqlar;
4) tojiklar.
A) 1, 3 В) 2,4 С) 1, 4 D) 2,3

29. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi


bo'lib o ‘z qarorgohini Movarounnahrga ko'chirgan?
A) Tug‘luq Temur B) Munke
C) Abulxayrxon D) Kebek

30. Toshkent shahrini podsho Rossiyasining kim boshchiligidagi qo'shinlari egallagan?(1865-yil)


A) F.Romanovskiy B) M.Chernyayev
C) fon Kaufman D) M.Skobelev
Download 38.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling