III BOB
TURARJOY NOMLARINI IFODALOVCHI LMG
Akademik Shonazar Shoabdurahmonov juda to‘g‘ri ta’kidlaganidek, «Agar
yaqin kelajakda o‘zbek traditsion leksikasi to‘laligi bilan qayd qilib olinmasa, u
keksa avlod tugab borishi bilan tilning ular xazinasida saqlanib bizgacha yetib
kelgan qimmatli materiallarning bir qismi hamishalikka yo‘qolishi mumkin»
16
.
Ayni holat nafaqat mavzuning dolzarbligini, balki uni o‘rganishning hozirgi avlod
uchun juda katta ma’rifiy-ma’naviy ahamiyati ham borligini ko‘rsatib turibdi.
Turarjoyga (binokorlik)ka oid leksika o‘zbek adabiy tili va uning shevalarida
ham kasb-hunar leksikasining ajralmas bir sohasidir. Bu soha ham kasb-hunarning
boshqa sohalari kabi uzoq tarixga ega bo‘lib, xalqimizning turmush tarzi, mehnat
faoliyati, estetik didi, udumlariga, urf odatlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina
sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Shu boisdan, mazkur leksik qatlamda turarjoy
qurish, uni yangilashga tayyorlash, bezatish, duradgorlik, temirchilik, etnografik,
joyo‘rin olish, tomorqa, qurilish materiallari, mehnat qurollari bilan bevosita
bog‘liq o‘z va o‘zlashgan leksik qatlam keng joy olgan. Chunki imorat
duradgorning ishtirokisiz yashashga tayyor bo‘lmaganidek, duradgor va
binokorlarning ayrim qurollari temirchi mehnati vositasida ham ishlatiladi. Shu
boisdan, binokorlik leksikasida tarash kəpchə, gultarash, xu’mra, əpənək,
atlama, temir gu’lmala:ylmala, ag‘ach yilmala, kasaki, xandakchi, pesh (bir
Do'stlaringiz bilan baham: |