I-BOB. OTA-ONA QARAMOG’ISIZ QOLGAN BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHNING NAZARIY ASOSLARI - I-BOB. OTA-ONA QARAMOG’ISIZ QOLGAN BOLALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHNING NAZARIY ASOSLARI
- “Vasiylik va homiylik” hamda “ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar” masalalariga taalluqli tushunchalar va ularning mohiyati
- Vasiylik – ota-ona qaramog’isiz qolgan kichik yoshdagi (14 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganlar)ni oilaga joylashtirish shakli, shuningdek, sud tomonidan ruhiy og’ishish natijasida muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaroning huquq va manfaatlarini himoyalash shakli. Vasiy uning vasiyligidagi shaxs nomidan, ba’zi vaziyatlarda esa faqat vasiylik va homiylik organi roziligi bilangina bitimlarni amalga oshiradi.
- Vasiylikdagi insonning sog’lig’i va mulki, shu jumladan, vasiylikdagi voyaga yetmaganning ta’limi va tarbiyasi haqida qayg’urish vasiyning majburiyatlariga kiradi. Homiylik – ota-ona qaramog’isiz qolgan 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan voyaga yetmaganning sog’ligi holatiga ko’ra mustaqil ravishda o’z huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarini bajarish imkoniyatiga ega bo’lmagan voyaga yetganlarning, spirti ichimliklar va giyohvandlik vositalariga ruju qo’yganligi natijasida sud orqali muomala layoqati cheklangan, deb topilgan shaxslarning shaxsiy huquq va mulkiy manfaatlarini himoyalash shakli.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar muammolariga bog’liq masalalarning tadqiqotlardagi talqini - Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar muammolariga bog’liq masalalarning tadqiqotlardagi talqini
- Bugungi kunda jahon miqyosida ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar soni ko’payib qoldi. Bular qanday bolalar? Bu savolga javob berish ancha mushkul. Yaqin tarixga murojaat qiladigan bo’lsak, Fuqarolar urushi yillarida ota-onalaridan ajralib qolgan bolalarni davlat qaramog’iga olib tarbiyalash bosh muammo bo’lgan bo’lsa, II-Jahon urushi yillarida halok bo’lgan ota-onalarining farzandlarini bolalar uylariga olib, boshpana va ta’lim-tarbiya berish asosiy o’rinda turgan.
- Davlat qaramog’iga olingan bu bolalardan olimlar, yozuvchilar, qahramonlar va bir qancha buyuk kishilar yetishib chiqqan. Bu esa o’z navbatida biologik omillarning sog’lomligidan dalolat beradi. Hozirgi Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchi bolalarda uchraydigan nosog’lom muhit biologik omillarning izdan chiqqanligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |