Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
ichindadir» nomli asarida «So‘z – idrok qilishda so‘zga muhtoj bo‘lganlar uchundir.
So‘zsiz idrok etganning so‘zga qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani uchun ko‘klarning, erning hammasi so‘zdir. Hafif bir sasni eshitganga baqirib- chaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham Qur’ondagi «Bo‘l» (Uning amri bo‘l demak edi. U hamon bo‘ldi) so‘zidan bino bo‘lgandir», degan fikrni bildirib ketadi. Shunday ekan, so‘zlarni mazmun bilan boyitish ham muhimdir. Chiroyli nutq egasi o‘z nutqi bilan bir necha marotabagina odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Lekin 76 mazmunsiz chiroyli so‘zlar odamlarni me’dasiga tegadi. Ish, martaba, kechinmalar va kayfiyatning yomonligi, betoblik atrofdagilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham muloyimliq bosiq ohang bilan va shu qatori bir vaqtda ishga doir qat’iyyatlik bilan berish mumkin. Buyruq ohangidan faqat bajarilishi shart va majbur bo‘lgan soxalarda Ya’ni harbiylar foydalanishi mumkin. Muhokama - ma’lum bir masala yuzasidan ko‘pchilikni fikrini tuplashni, ma’lum to‘xtamlariga kelishini anglatadi. Muhokamada baxs predmetining hamma tomonlari nazarga tashlanadi. Xar bir ishtirokchi o‘zining erkin fikrlarini o‘rtaga tashlaydi. Mavzu ishtirokchilarning turli xajmdagi diologlari, monologlari asosida yoritiladi. Muhokamada fikrni og‘zaki bayon etishning xar-hil usullaridan foydalaniladi. Murojaat qilish – insondan ko‘p narsani talab qilmaydi. U kishini tarbiya ko‘rganligidan dalolat beruvchi harakatlar majmuasidir. Aslida murojaat qilish har – xil kechib, bu insonni qayerda, kim bilan, qay paytda, suhbatdosh bilan o‘zaro munosabatdan kelib chiqqan xolda bildiriladi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat unga bo‘lgan hurmat balki, maqsadga muvofiqlikda ham qo‘llanadi. Murojaat qilib aytilayotgan so‘zlar nafaqat hurmat belgisi, balki, maqsadga erishish vositasi hamdir. Murojaat vaziyatga, sharoitga, jamoaga, muhitga qarab yakka shaxsga yoki jamoaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Biroq, barcha murojaatlar axloq me’yorlariga bo‘ysingandagina ijobiy natija berishi mumkin. Insoniy munosabatlarda aytilayotgan so‘zlar faqat axloqiy me’yorlarga tayanadi. Bu esa qarindoshlar, sevishganlar, er-xotin, do‘stu-birodar, mansabdor shaxs va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llaniladigan so‘zlar turlicha bo‘lishini anglatadi. Murojaat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan munosabat turi bo‘lib, ular og‘zaki yoki yozma ko‘rinishga ega. Murojaat qilish ham bir necha turlarga bo‘linadi: ular – rasmiy, ishonchli, intim va egasiz. Rasmiy murojaatlarda «xonimlar va janoblar» deb jamoatga murojaat qilinadi. Rasmiy murojaatlar mehnat jamoasida rahbarga, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi mutaxassisga, ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi ustozga, harbiy va huquq tartibot organlarida unvoni katta zobitlarga, davlat 77 ahamiyatiga molik tadbirlarda jinsga qarab yoki barchaga rasmiy murojaat qilinadi. M: yakka shaxsga nisbatan janob Toxirov deb murojaat qilish mumkin. Agar familiya ishlatilmasa janob direktor, direktor xonim deb murojat qilish maqsadga muvofiq. O‘rtoq Abdullaev, o‘rtoq general, ya’ni “o‘rtoq” so‘zi harbiylar qo‘llaydilar. elchilar hamda yuqori martabali insonlarga nisbatan “Janobi oliylari” deb murojaat qilinadi. Rasmiy munosabatda faqat sizlab gaplashiladi. Rahbarning qo‘l ostidagi barcha kishilar bilan bo‘lgan munosabatida ham, 9 yoshdan yuqori bo‘lgan maktab o‘quvchilardan tortib, talabalar bilan bo‘lgan munosabatda ham, notanish insonga murojaat qilganingizda ham sizlab murojaat qilinadi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling