Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
Nutqking psixologik madaniyati. Nutqning psixologik madaniyati til vositalari
yordamida talaffuz qilish protsessida yozma va og‘zaki nutqni tushunarli, ifodali va ta’sirchan qiladi. Nutqning psixologik madaniyati nutqning mazmundorligi, tushunarligi, ifodaligi va tasirchanligini o‘z ichiga oladi. Nutqning mazmundorligi, avvalo ma’lum qilinayotgan faktlarning ijtimoiy, ilmiy va badiiy qimmatiga va notiqning umumlashtirish qobiliyatiga bog‘liq Nutqning mazmundorligi, shuningdek bayon qilinayotgan ma’lumotning aktualligi va xayotiy qimmatliligi bilan belgilanadi. Nutqning tushunarli bo‘lishi, bir tomondan til hususiyatining mazmuniga va nutq o‘rtasidagi munosabatlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarning tayyorgarlik darajasiga ham bog‘liq. Tinglovchilarning qiziqishlari va hayotiy talablariga Yaqin bo‘lgan nutqgina juda tushunarli bo‘ladi. Nutqning ifodaliligi til formasining mazmuniga, tinglovchilarga murojaat qilingan so‘zlar naqadar to‘g‘ri ifoda etilganligiga, ushbu sharoitning naqadar to‘g‘ri hisobga olinganligiga va nutqning kimga qaratilganligiga (Ya’ni kim gapirdi, nima uchun, kaysi sharoitda, qanday munosabatda ekanligiga) ham bog‘liq. Nutqning ta’sir qiluvchi tomoni, avvalo, uning mazmunli, shuningdek, nutqning tushunarli va ifodali bayon etilishiga bog‘liq. Notiq nutq yordamida tinglovchilarda ongli harakatta nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Nutqning aloqa madaniyati (kommunikatsiya) - bu til vositasi yordamida to‘g‘ridan - to‘g‘ri aloqa qilish madaniyatidir. Ma’lumot va aloqa nazariyasi turli 94 sharoitlardagi muomala – munosabatlarning yordami natijasida olinadigan ma’lumotlarning umumiy qonunlarini ifoda qiladi. Notiq – informatsiYaning chinakam manbai, uning nutqi esa ma’lumotlarning maxsus ravishda tashkil qilingan sistemasidir. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling