Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
1. Taqdimotda vaqt masalasi. Hamma vaziyatda bo‘lgani kabi taqdimotga
ham vaqt o‘z hukmini o‘tkazadi: har bir daqiqa hisobli. Dastlabki 90 soniyani tinglovchilarning ko‘ngliga yoqadigan gaplarni aytish bilan boshlang, g‘oyangizni ular bilan o‘rtoqlashayotganligingizdan va muloqot qilayotganligingizdan hursand ekanligingizni bildiring. Aks xolda barcha “mug‘ombirliklaringiz” befoyda. Taqdimotda auditoriya bo‘ylab harakatlanish, tashqi ko‘rinish, imo-ishora o‘zining samarali natijasini beradi. 2. Taqdimotda hayajonning kuchi. Bu ijobiy xolat, chunki hayajon mas’uliyatni oshiradi. Biroq, hayajonga qarshi kurashish mumkin emas, aksincha uni yo‘naltira bilish lozim. Hayajonni bosish uchun esa: • So‘zga chiqish oldidan 2-3 daqiqa tez-tez yuring, bu muskullarning zo‘riqishini oldini oladi; • So‘zga chiqish oldidan oyog‘ingizni chalishtirib o‘tirmang; • Qo‘llaringizni pastga tushirib, o‘zingizni erkin tuting; • Boshning kalla, jag‘, og‘iz qismini qattiq-qattiq harakatlantiring; 112 • Chuqur nafas olish va sehrli so‘zlarni aytish kabi hayot sinovlaridan o‘tgan vositalarni rad etmang. 3.Tinglovchilarni qiziqtirish. Dastlab tinglovchilarning ayrim alohida urg‘u berib, iltifot ko‘rsatishingiz «Sizning ishtirok etishingiz, taqdimotning samarali o‘tishini ta’minlashidan umidvorman», “Siz qatnashsangiz o‘zimni doimo himoyachim bordek xis qilaman” va hokazo kabi munosabat tinglovchilarning sizga nisbatan munosabati va qiziqishini orttiradi. Agar notanish auditoriya bilan muloqot qilishingizga to‘g‘ri kelsa, avvalo auditoriyaning xolati, kontengenti, imkoniyatlarini obdon o‘rganing. Noqulay vaziyatdan chiqish maqsadida tinglovchilarning manfaatlariga mos keluvchi hazil-mutoyiba so‘zlardan foydalaning. 4. Omma – taqdimotchi uchun oyna vositasi. Taqdimotingiz qanday chiqqanligini auditoriyada o‘tirgan yoki sizni eshitgan ommagina xolis baxolaydi. Agar taqdimot natijasi qay xolatda ketayotganligini bilishni istsangiz tanaffusni kutib turishning yoki ishtirokchilar bilan suhbatlashishning xojati yo‘q: siz tinglovchilarning ko‘zlariga qarang, vassalom. Agar yuz o‘qish san’atidan habardor bo‘lsangiz, ularning harakatlari, qiyofalaridan taqdimotni qanday o‘tkazganligingizni bilib olasiz. 5. Taqdimotda savol-javob. Taqdimotni yakunlar ekanmiz, uning natijasi bilan albatta qiziqib ko‘ramiz. Buni bevosita savol-javob jarayoni orqali bilib olish mumkin. Biroq, savolning bo‘lmasligini tadqiqotni ko‘ngildagidek chiqmaganligiga yo‘yish mumkin. Chunki savolning bo‘lmasligi: -Taqdimot hech kimga foyda bermaganligini; -Taqdimotdagi muammolar bir-biri bilan bog‘lanmaganligi va fikrlar cho‘zilib ketganligini; -Siz tinglovchilarning “og‘riq nuqtalari”ga tegib ketganligingizni va ular bu og‘riqni qaytalanmasligini xoxlaganlarini; -Sizni tushunmaganlarini; -Taqdimotingizning tizginini yo‘qotib qo‘yganligingizni bildiradi. Biroq, savollarning hammasi ham kishini quvontira olmaydi. Muallif savol va 113 javob variantlarni turlarga ajratar ekan, ularning hayotda uchrashi va aksincha mutlaqo uchramasligini tushuntirishga harakat qiladi. Shunga ko‘ra savol berilganda: - Savollarni yozib oling. Chunki yozishingiz bilan bir paytda javobni o‘ylab olish uchun imkoniyat yaratiladi. - Agar savolga javob berishga qiynalsangiz, tinglovchilarga bu savolga javob topib, ularga albatta yetkazishga va’da Bering. Buning uchun esa tinglovchilarga yana bir bor o‘zingizni tanishtirib, ish joyingiz manzilini berishni unutmang. Umuman olganda, taqdimot marosimi etiketiga doir yuqorida qayd etilgan fikr va tavsiyalarga rioya qilish taqdimot marosimining samarali yakunlanishiga olib keladi. Tashqi ko‘rinish – insonning kim va qanday ekanligi haqida dastlabki ma’lumotni beruvchi, uning turmush tarzi va hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyati. Insonning tashqi go‘zalligi nafaqat o‘ziga, balki boshqalarning faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zero, tashqi ko‘rinish : Odamning o‘tayotgan kunini sermazmun va xayrli etadi; Insonning hayotdan bahramand bo‘lish onlarini shirin qiladi va unga zavq bag‘ishlaydi; Odamni ochiq ko‘ngilli, sertakalluf va olijanob etadi; Insonning hurmatini oshiradi va uning kelajagini belgilaydi. Imij. Imijni sotib olib bo‘lmaydi. U yaratiladi. Avvaliga siz imidj ustida ishlasangiz, keyin u siz uchun xizmat qiladi. -deydi Jan Koto Imidjning vazifalari: Shaxsni yuksaltiruvchi vazifa. Shaxs atrofida jozibadorlik fazilati shakllanishi tufayli u o‘zining eng yaxshi sifatlarini nomoyon etishda jamoaga ma’qul keladi, o‘zini erkin sezadi. Shaxslararo munosabatlarni qulaylashtirish vazifasi. Bu vazifaning mohiyati shundan iboratki, kishilarning jozibadorligi ular uchun muloqotlarda yoqimtoylik va xayrixohlikni vujudga keltirsa bular o‘z 114 navbatida bag‘rikenglik va odobning ma’naviy me’yorini yaratib beradi. Ruhan davolash vazifasi Shaxs o‘zining favqulodda o‘zligini anglaganligi tufayli barqaror ko‘tarinki kayfiyatda yuradi va o‘ziga ishonch xosil qiladi. Isonning eng yaxshi sifatlarini yoritib beradi. Munosib imij inson uchun u bilan muomalaga kirishadigan kishilarga uning eng yaxshi fazilatlarini ko‘zga ko‘rinadigan qilib namoyish etishga, uni aynan yoqimtoy qiladigan yoki kishini o‘ziga tortadigan jihatlarini ko‘rib olishiga imkon yaratadi. Kishining shaxsiy salbiy xususiyatlarini pardalash. Pardoz-andoz, libos bezaklari, bichimi, soch turmagi va hokazolar vositasida insondagi mavjud nuqsonlardan kishilar e’tiborini chalg‘itish mumkin. E’tiborni o‘ziga tortish. Jozibador imij kishilar e’tiborini beixtiyor o‘ziga tortadi, boshqalarda yaxshi ta’ssurot qoldiradi, shu bois ular jozibador imidjga ega kishining gapirayotgan yoki ko‘rsatayotgan narsalariga ruhan osonroq ishonadilar. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling