Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
unchalik xushim yo‘q», «Qaytaryapsiz», «Ko‘rsatuvni oxirigacha ko‘rib
olmaymizmi?»a– taxminan shu asnoda javob bergan ma’qul. Gapirayotganda munozaraga berilmasdan, aniq, baland bo‘lmagan ohangda, hotirjamlikni ushlab turmoq zarur. Mulozamatga «rahmat»deb qisqacha javob beriladi. Odatda, o‘zini haddan tashqari erkin, aqlli qilib ko‘rsatishga intilgan va diqqat markazida bo‘lishini istagida qattiq uringanlar, aksincha noqulay vaziyatga tushib qoladilar. Bunday odamlarga, boshqalarining ismi-sharifiga, bo‘yiga, millati va turar joyiga, sochining rangi, ma’lumoti va avtomobil halokatiga doir hazillar qilish mumkin emasligini hamisha yodda tutishlari kerak O‘xshamagan mutoyiba hazilga, dilxiralikka qanday javob berish kerak? Omadsiz bunday tarzdagi ifodadan so‘ng, jim bo‘lib qolishdek hech qanday holat kuchli ta’sirga ega emas. Keyin kimdir biron boshqa mavzuda gap boshlagani yaxshi. Agar «o‘tkir fikrli» shaxsning tinglovchilarni g‘ashiga tegishida davom etishi to‘xtamasa, unda uy egasi unga qarab: «Bugun sen negadir o‘zingdamassan» deb to‘xtatishi lozim. Odamlarni o‘ziga kelmasdan avval hazillarga ko‘mib tashlash kerakmas. Hazil joyida bo‘lgani yaxshi. Hozirjavob hazilning ma’nosiga etib borishda so‘zlovchining qattiq qo‘lgusi halaqit beradi. Davrada achchiq so‘zlarni suiste’mol qilmagan ma’qul. O‘zini aqlli deb biladigan bunday odamlar davrada «qurbon» topib olib, uni mazax ostiga olish maqsadida turli savollar yoki vaziyatlarga solishga intilishi o‘zini axmoq qilib ko‘rsatishdan o‘zga narsani bermaydi. Bunda tinglovchilar gapirayotgan odamning 71 aybini qidirishga ko‘proq e’tibor beradilar. Erix Fromm ta’limotida bunday odamlarning ruhiyatida sadizm – zolimlik borligini – «zulm qilyapmanmi demak mavjudman» degan shior yashaydigan kishilarga nisbat beradi. Agarda bunday odamlarning harakati tashqaridan juda xunuk ko‘rinishini, mazlumni emas, o‘zini butun bir tuban xususiyatlarini ko‘rsatayotganini va undagi o‘ta omilikni tashqariga chiqarayotganini bilganida edi hech qachon bunday harakatlarni qilmagan bo‘lar edi. Zigmund Freyd jamoada o‘zini bunday salbiy tutayotgan shaxs hatti-harakatlari aslida hasadgo‘ylikdan ekanligi, bunga guvoh bo‘layotgan jamoat ham aksariyat holatda bunga to‘sqinlik qilmasa-da, ushbu shaxs to‘g‘risida xuddi shu xulosaga kelishini ta’kidlagan. Bu bilan Freyd jamoada inson o‘zini erkinroq tutadi va badxulqlik bilan bo‘lgan barcha harakatlardan tiyilishi qiyin bo‘ladi, degan xulosaga keladi. Tahliliy ruhshunoslik asoschisi Karl Gustav Yung esa jamoada ushbu ruhiy holatni arxetiplar bilan bog‘lab, unga «trikster» degan nomni beradi. «Trikster u bu odamlar tabiatidagi eng tuban illatlar majmui, jamoaviy onglanmaganlikning tuban ruh – obrazidir».Demak jamoatda boshqalar ta’siridan o‘z salbiy illatlariga erk berish havfi kuchliroq ekan, inson bunday paytda o‘zini yo‘qotmasligi, axloqiy masalalarda mustaqil fikrga ega bo‘lishi kerakligini unutmasligi lozim ekan. Suhbat olib borish jarayonida tashvishlari bilan band, ma’nosiz nigohlarni ko‘rsatmaslikka harakat qilgan ma’qul. Suhbatdoshga qiziqish bilan, uning so‘zlarini tushunayotganini bildirish uchun ba’zi-ba’zida savol berish yoki aniqliklar kiritib turish zarur. Agar hikoyani eshitgan bo‘lsangiz, hikoyani o‘rtasiga kelganda birdan gapni bo‘lishdan ko‘ra darhol «Ha, aytib bergan edingiz» qabilida gapirib qo‘ygan ma’qul. Odobli odam, garchi hikoyani avval eshitgan bo‘lsa ham, so‘zlayotgan odamni bo‘lmaydi. Tasodifan eshitib qolgan narsalarga chuqur sho‘ng‘ib ketib, munozara qilinmaydi. Bunda axloqiy tarbiyaning ba’zi vositalarini yoki unga yaqin yo‘llarni tanlash qo‘l keladi. “Axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi – san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni hamrab oladi”. Zero, zamonaviy ruhshunoslik insonning jamiyat va borliq bilan bo‘lgan turli munosabatlarini nafaqat yo‘lga qo‘yadi, balki uni mustahkamlaydi ham. Misol uchun, ruhiy tahlil falsafasi 72 asoschisi Freyd ta’limotga ko‘ra, madaniy ijod bilan birgalikda badiiy ijod jamiyat faoliyatida shahvoniy qudrat va nafsning ular o‘rnini bosadigan ijobiy hodisalarga aylanish orqali, (sublimatsiya) ya’ni, tubanlikdan ulug‘vorlikka o‘tish natijasida vujudga keladi. Ijodkor jamiyatdagi muammolarning echimini san’at asarlari orqali obrazli tarzda jamiyatning o‘ziga taqdim etish bilan topishga intiladi. Ammo shunisi muammoliki, barchaga ham iste’dod va daholik berilavermaydi. Shu jihatdan ham ruhiy tahlil bu masalaning echimni ikki yo‘l bilan hal qilishni taqlif etdi. Ilmiy tadqiqotlar natijasi insonning axloqiy munosabatlarida estetik faoliyatning muhim ekanligini ta’kidlay boshladi. Zotan, san’at asarini idrok etish insonda ijodiylik va hozirjavoblik qobiliyatini o‘stiradi. Muomalada hozirjavoblik juda katta o‘ringa ega. Aksariyat hollarda insonlar davraga kirib kelgan kishini sergaqligi va hozirjavobligiga juda katta e’tibor beradilar. Ayniqsa etiketda ko‘rishish va so‘rashish jarayoni o‘zaro ko‘zatuvchanlik bilan amalga oshiriladi. Agar ulardan biri bu borada “soddalik” qilsa, odamlar orasida buni bildirishning har qanday yo‘lidan foydalanishga intilishni ko‘rish mumkin. Buning ruhiy-axloqiy jihati shundaki, o‘z vaqtida berilmagan “javob” yoki “soddalik” boshqarilishga loyiq kishi sanalishi, boshqalar oldida “qo‘lgi” bo‘lish havfi bir tomondan jamiyat qo‘ygan etiket qoidalarini o‘z vaqtida amalga oshirishga intiltirsa, ikkinchi tomondan o‘ng‘aysizlikni engish uchun hozirjavoblikni qo‘llash orqali badiiy ijodiylikka intiltiradi. Bu borada Freyd «Hozirjavoblik va uning onglanmaganlikka munosabati» asarida hozirjavoblikning vujudga kelishi va uning qabul qilinishdagi ruhiy holatlar talqinini berish bilan birga Freyd qo‘lgililikka ham alohida to‘xtalib, uning boshqa turlarini, ular orasidagi o‘zaro farqlarni tushuntirishga harakat qiladi 1 . Davradagi odam boshqaga murojaat qilganda yoki munosabatga kirishganda, beixtiyor suhbatdoshiga so‘zlayotgan so‘zlaridan birining unli yoki undosh harflarini almashtirib yuborish orqali qo‘lgulilikni vujudga keltiradi. Agar bu so‘z o‘yini atayin, ongli tarzda amalga oshirilgan taqdirda ham 1 A.T.Kronman. The Lost Lawyer - Failing Ideals of the Legal Profession, Harvard Uni Press, Cambridge, Massachusetts, 1993. 73 so‘zlovchi ijodiy jarayondagi ijodkor kabi onglanmaganlikka keng yo‘l qo‘yib beradi. Zero,bu jarayon san’atkorona mahoratni talab qiladi. Muallif so‘zlardagi unli va undosh, so‘zlarga qo‘shiladigan qo‘shimchalarni o‘zgartirish bilan juda chiroyli tarzda o‘z maqsadi yo‘lida foydalanarkan, bir jihatdan so‘zlovchining ruhiyatidagi ziddiyatlarni qo‘lgulilik orqali o‘zini dovdir qilib yoki bilmasdan gapirib yuborgan qilib ko‘rsatish bilan tashqariga, suhbatdoshiga zimdan uyushtirilgan hujum sifatida amalga oshiradi. Ikkinchi jihatdan esa, dilini og‘ritmagan holda, ochiqdan-ochiq kurashlarsiz, qo‘lgulilik orqali suhbatdoshini «silliqlik» bilan «haqiqatga» etkazib qo‘yadi. Bunday jarayon muomala etiketida to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘pol munosabatlarni oldini oladi. Biroq, ortiqcha xajviya, hozirjavoblik doimo to‘g‘ri kelavermasligini unutmaslik lozim. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling