Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
Rasmiy uslub. Bu usul rasmiy xujjatlar til xususiyatlarini o‘zida
mujassamlashtiradi- Elonlar, konunlar, sud va davlat idoralari xujjatlari shu uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taqlifnoma, shartnoma, tarjimaiy xol, e’lon, adres, tavsifnoma. hisobot kabi xujjatlar ham rasmiy uslubda bo‘ladi. Bunday uslubdagi xujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning ham o‘ziga hos leksik hamda grammatik xususiyatlari mavjuv: so‘zlar o‘z ma’nosida qullanadi, ko‘pinchalik ma’lum ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, xar bir soxaning o‘ziga hos terminlaridan foydalaniladi. Mazkur uslubning asosiy xususiyatlari eng avvalo fikrni aniq ifoda qilinishi va ifodaning bir hil kolipda bayon etilishida ko‘rinadi. Rasmiy uslub leksikasining yana bir xususiyati unda professional (yuridik, diplomatik, ma’muriy va boshqalar) terminalogiYaning mavjudligidir: akt, guvoxnoma, qaror, qidirish, aybni og‘irlashtiradigan xato, axdlashuvchi oliy tomonlar, elchi, elchixona, ishonchli vakil, nota, shartnoma, bayonot, dekloratsiya, vizit, diplomatik protokol, xalqaro vaziyat va xokozo. Bu uslubda 87 jargonlar, og‘zaki so‘zlashuv uslubiga hos so‘zlar ishlatilmayli. Ilmiy uslub. Ilmiy uslub fanning turli soxalariga aloqador so‘z va atamalarni ko‘proq tasarruf qilish, bayonning ko‘proq mantiqiy dalillarga suyanish bilan boshqa uslublardan aniq, qoidalar, formulalar, asosida ifodalanishi bilan farqlanadi. Ilmiy uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida ko‘llaniladi: qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan, ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘z va iboralar, shuningdek qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi. Ilmiy nutq asosan ilmiy ishlar nutqi bo‘lib, uning aniq ko‘rinishlari ilmiy maqola, ilmiy risola, dissertadiyalar, monografiyalar, ilmiy ma’ruzalar Shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy uslubning xozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin: - Axborotning ob’ektivligi, aniqligi. - nutqning ma’lumotlarga boyligi. - fikrning qisqa va lo‘nda ifodalanishi. Ilmiy nutqning kitobiy uslubga tegishliligi unda aytiladigan fikrinig oldindan o‘ylab ko‘yilishida, uning monologik xarakterga ega bo‘lishida, mantiqiylik, fikr bayonotining qat’iy tartIbnda, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishda, uslubiy bir hillik xarakteriga ega ekanligida ko‘rinadi. Publitsistik uslub. Davrning ijtimoiy-siyosiy dolzarb mavzusini aks etirish publitsistik uslubga hosdir. Publitsistika – so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, ijtimoiy yoki xalq, ijtimoiy xalqchil degan ma’nolarni bildiradi. Publitsistik nutqda ta’sirchan so‘z va so‘z birikmalaridan, maqol va aforizmlardan ham foydalaniladi. Publitsistik uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi. Kesimlar, buyruq va xabar maylidagi fellar bilan ifodalaniladi: darak, xis-hayajon va ritorik so‘roq gaplardak, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan foydalaniladi. Matbuot nutqi odatda ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy - axloqiy, adabiy - tanqidiy mavzulardagi ommaviy nashrlarda, notiqlarning nutqlarida, radio va TV da chiqishlarida namoyon bo‘ladi. Publitsistik va badiiy uslubning ham o‘xshash tomonlari bor. Xar ikkala uslubda ham emotsionallik, ekspressivlik, obrazli ifodalar, tasviriy vositalar, badiiy til imkoniyatlaridan foydalanishga intilish kuchli. Publitsistik uslubda gazeta tili alohida o‘rin egallaydi. Chunki gazeta va publitsistika bir - biri bilan chambarchas bog‘liq. Shu 88 bilan birga, gazeta uslubi publitsistik uslubning bir tarmog‘i xisoblanadi. Publitsistik uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu xolat ocherk, feleton, badiiy publistik maqolada tez ko‘zga tashlanadi. Badiiy uslub. Badiiy uslub nutqning boshqa uslublaridan dastlab o‘zining obrazliligi, estetikligi va ta’sir etish vazifasi bilan ajralib turadi. Badiiy nutqda til leksikalarining hamma qatlamlari ishtirok etadi. Badiiy uslub uchun shaxsiy obrazli so‘z ishlatish xarakterlidir. Xar bir muallif o‘ziga hos usullardan foydalanadi. Bu bilan o‘ziga hoslikka, asarni o‘qimishli bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Badiiy nutqda asosan tilning badiiy ta’sir vositalari ishlatilgan bo‘lib, boshqa uslublarga hos hususiyatlar ma’lum maqsad bilan cheklangan miqdorda, shartli ishlatiladi. Badiiy nutq usulining uchta ko‘rinishlari mavjud: - Nasriy nutq - Poetik nutq. - Dramatik nutq. Bular ichida poetik nutq tilning badiiy tasviriy vositalaridan foydalanishning eng Yuksak namunasi xisoblanadi. Tun bilan yig‘laydi bulbul Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling