Toshkent – 019 ritorika muallif


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/86
Sana15.09.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1678816
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
Bog'liq
Ritorika

Qo‘shimcha adabiyotlar: 


96 
1. Begmatov E. Notiqning nodir boyligi. - T “O‘zbekiston”.1981. 
2. Apresyan G.R. Oratorskoe iskusstvo.- M 1978 
3. Husain Voiz Koshifiy. Axloqi muhsiniy. T.: O‘zbekiston fanlar akademiyasi. 
Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nashriyoti, 2010. 
4. Aristotel Ritorika. - M 1998 
5. Abdiev M. Til boyligi el boyligi. “Muloqot” № 5 2001 B31-32
6. Aserenseva S. Oratori Gretsii. – M. «Xud. lit» 1985. 
7. Golub I.B. Kniga o xoroshey rechi - M 1997. 
8. Ivanova S.F. Uchitsa ubejdat. Beseda ob oratorskom iskusstve – M.1989. 
9. Qur’oni Karim - T. “Cho‘lpon” 1992 
10. Bobomurod A. - Islom odobi va madaniyati. - T.”Cho‘lpon” 1995 
11. Bezmenova N.A. Ocherki po teorii i istorii ritoriki.- M. Nauka 1991 
12. Mixnevich A.E. O krasnorechi v shutku i vseryoz. – M. Znanie. 1989 
13. Fitrat A. Adabiyot qoidalari. - T “O‘qituvchi”. 1995.
14. O‘zbekiston Milliy Endiklopediyasi. T. 6. 2003 
 
7 - mavzu. Ritorikaning axloqiy tamoyillari 
Reja 
1. Chiroyli so‘zlashning axloqiy funksiyalari. 
2. Nutq odobi. 
3. Muomalada oddiylik. 
4. Notiq shaxsiga qo‘yiladigan talablar. 
Muomala axloq ko‘rki sanaladi. Har bir insonning qanday dunyoqarashga 
egaligi, bilimliligi, uning boshqalarga qilayotgan muomalasidan ma’lum bo‘ladi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, muomala insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi 
hisoblanadi. Bir-birimizga bo‘ladigan muomalamiz, munosabatimizning zamirida 
ham chiroyli muomalaning shartlari yotadi.
Nutq odobi – insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. o’rta 
Osiyoda axloqiy tarbiya o’z an`analariga egadir. Axloq haqidagi ibratli, dastlabki 
fikrlar qadimgi turkiy yodnomalarda, buyuk allomalarning asarlarida va boshqa 


97 
yozma yodgorliklarda bizgacha etib kelgan. Nutq shaxsiy hodisa, Nutqni har bir 
shaxs o’zi tuzadi. Normativlarni tanlash, baholash ham shaxs tomonidan bajariladi. 
Insonning muomalasiga qarab, axloqiga ham baxo beriladi. So‘z orqali 
insonlarning tafakkuri, fikri anglashiladi, muomala madaniyati orqali u kishining 
odobi, kelib chiqishi, naslu - nasabi, ota - onasi va ustozining bergan ta’lim tarbiyasi 
namoyon bo‘ladi. Til -inson tafakkurining maxsuli. U inson madaniyati, fikriy 
go‘zalligini, yaxshi, ibratli, havas qilsa arziydigan fazilatlarni yuzaga chiqaruvchi 
vositadir. Uning insonga ta’siri ham shunga yarasha. Xar bir so‘zni o‘z vaqtida 
so‘zlash, so‘zlashdan oldin puxta o‘ylab ko‘rish kerak. Shuning uchun ham o‘tmishda 
yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, so‘zga hurmat bilan yondoshishni 
ta’kidlaganlar. 
Husayn Voiz Koshifiy so‘z qadri, kamgaplik to‘g‘risida ibratli fikrlarni bayon 
etgan: «Har zabon tig‘i haq g‘uzorlikda noqildur ango tez-tez tig‘ zaboni birla sazo 
bermak kerak» yoki «Haq vaqtiki so‘zlar aytursizlar yaxshi so‘zdin bo‘lakni 
aytmangizlar va ko‘p so‘zlamak ko‘ngilni qaro qilur, xor aylar» yoki «Mumkin ersa, 
yaxshi so‘z qil oshkor, yaxshi so‘zdin ho‘b yo‘qtur yodgor», «Nasihatni shirin so‘zu 
muloyimlik birla ibtido qilgay, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushho‘ylik 
ko‘rguzmayin nasihat korga kelmas»,-deydi va inson har doim yaxshi so‘zni 
so‘zlashi lozimligini uqtiradi. Koshifiy bunday kishilarni hech bir so‘zida qadr-
qimmati yo‘q, og‘zidan nima chiqayotganini bilmaydigan kishilardir, deb baxolaydi.
Husayn Voiz Koshifiy ham chiroyli so‘z xaqida shunday deydi – “Agar bu 
so‘zlarning ma’nosi nimadir, deb so‘rasalar, degilki, odam o‘zidan ustun kishiga 
yetganda, odob saqlab sukut qilsin va undan o‘rgansin. O‘zidan tubanroqqa 
yetganda, haq so‘zlarni aytib, uning ko‘nglini ilitsin va haqqa hidoyat etsin, hulqu 
karam bilan foyda yetkazsin. O‘ziga barobar odamga yetganda esa, shafqat va 
marhamat yo‘lini tutsin.”
1
Ular e’tiborsiz, so‘z so‘zlovchilardir. Bu kishilar jununga, Sherga ittifoqchi 
sanaladi.
1
Husayn Voiz Koshifiy.
Axloqi Muxsiniy. Т. Mexnat. 1991. B.51 


98 
Ko‘p gapirmaslik, so‘zni mensimaslik, qolaversa, faqat yaxshi gapni aytib 
yodgorlik qoldirish kerakligini ko‘p bor ta’kidlaydi. 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling