Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-Mavzu. Taqdimot marosimining ritorik qoidalari va notiqning imiji Reja
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Begmatov E. Notiqning nodir boyligi. - T “O‘zbekiston”. 1981. 2. Apresyan G.R. Oratorskoe iskusstvo.- M 1978 3. Husain Voiz Koshifiy. Axloqi muhsiniy. T.: O‘zbekiston fanlar akademiyasi. Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti nashriyoti, 2010. 4. Aristotel Ritorika. - M 1998 5. Abdiev M. Til boyligi el boyligi. “Muloqot” № 5 2001 B31-32 6. Aserenseva S. Oratori Gretsii. – M. «Xud. lit» 1985. 7. Golub I.B. Kniga o xoroshey rechi - M 1997. 8. Ivanova S.F. Uchitsa ubejdat. Beseda ob oratorskom iskusstve – M.1989. 9. Qur’oni Karim - T. “Cho‘lpon” 1992 10. Bobomurod A. - Islom odobi va madaniyati. - T.”Cho‘lpon” 1995 11. Bezmenova N.A. Ocherki po teorii i istorii ritoriki.- M. Nauka 1991 12. Mixnevich A.E. O krasnorechi v shutku i vseryoz. – M. Znanie. 1989 13. Fitrat A. Adabiyot qoidalari. - T “O‘qituvchi”. 1995. 14. O‘zbekiston Milliy Endiklopediyasi. T. 6. 2003 8-Mavzu. Taqdimot marosimining ritorik qoidalari va notiqning imiji Reja 1.Taqdimot va uning qoidalari. 2.Taqdimot marosimi – hamkorlikni yo‘lga qo‘yuvchi vosita sifatida. 3.Taqdimot turlari. 106 4.Taqdimotchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabatlar. 5.Taqdimot o‘tkazish qoidalari. 6.Notiq imiji. Bugungi kunga kelib tafakkur madaniyatining sifati, zamonaviyligi, qamrovining kengligi, ta’bir joiz bo‘lsa jahon andozalariga mos kelishi haqida ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. Tafakkur – insonning noyob xususiyati, miyaning maxsuli, obektiv olamning tushunchalar, muhokamalar, nazariyalar va hokazolardagi in’ikosining faol jarayoni bo‘lib, amaliy faoliyatga bog‘liq bo‘lgan inson faoliyatining alohida ma’naviy shaklidir. Shu bois tafakkur madaniyati insonni jamiyatda mavjud bo‘lgan, ajdodlar va avlodlar tomonidan yaratilgan qadriyatlarni o‘zlashtirish darajasini, insonning ongi bilan faoliyati orasidagi o‘zaro aloqadorlikning mustahkamligini, ma’naviy intellektual faoliyatining o‘ziga xos shakli, ko‘rinishini ifodalaydi. Tafakkur madaniyati inson ijtimoiy qiyofasining muhim ta’rifi bo‘lib, uning sivilizatsiyalashgan xolati, milliy va umuminsoniy qadriyatlarini o‘zlashtirish darajasini ifodalaydi, insonning ongliligi, bilimdonligi, madaniyatliligidan dalolat beradi. Har bir shaxsning tafakkur madaniyati ijtimoiy muhit, uning sharoitlari, mehnati va turmush tarzi, boshqalar bilan munosabatda bo‘lishi zaminida shakllanadi, mustahkamlanadi. Taqdimot marosimi etiketi ushbu masalalarni qo‘llay bilish, ulardan foydalanish va tafakkurga asoslanib o‘tkaziladigan ta’lim yoki ma’lumot berishning zamonaviy ko‘rinishidir. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling