Toshkent – 019 ritorika muallif
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Ritorika
Taqdimot – bu o‘zlashtirish, ma’lumotlarni ko‘pchilik oldida ochiq taqdim
etishdir. Taqdimot turlari: hisobot, ma’lumotnoma, press-relliz, dayjest, axborot, reklama shaklida bo‘lishi mumkin. Ochiq taqdimot deganda odatda, loyihalar, mahsulotlar, dasturlarning ommaviy axborot vositalari orqali taqdim etilishi va taqdim etilayotgan narsaning u yoki bu ko‘rinishda foydalilik mezonlarini ko‘rsatib berish tushuniladi. Aslida taqdimot bugungi kunda tijorat va siyosatda, ma’rifat va madaniyatda, ta’lim va tarbiyada keng qo‘llanilayotgan marosimlardan biridir. Taqdimot yo‘nalishlariga qarab tijoriy (kommersiya), boshqaruv, reklamali, ilmiy, siyosiy, pablik rileyshnz kabi turlarga bo‘linadi. Shunga kura taqdimot o‘z oldiga tinglovchilar muomalasi va muloqotiga ta’sir ko‘rsatishni asosiy maqsad qilib oladi. 107 Tijoriy taqdimot. Savdo hodimlari o‘zlarining tijoratga doir takliflari va ko‘rgazmalarini seminar yoki muloqot jarayonlari orqali taqdim qiladilar. Masalan, tibbiyot mahsulotlari bilan savdo qiluvchilar esa yangifarmuskunalar va farmmahsulotlarni taqdimot qiladilar. Boshqaruvchi taqdimoti. Bunda rahbar o‘z hodimlariga korxonaning kelajakdagi vazifalari va global muammolarini miting, majlisni va yig‘ilish ko‘rinishida taqdim etadi. O‘rta tabaqa xisoblangan menedjerlar o‘zlarining g‘oyalari, loyihalari va erishgan natijalarini yuqori tabaqa hisoblangan rahbariyatga taqdim qiladilar. Pablik rileyshnz va reklama taqdimoti. Mazkur soha mutaxassislari kompaniyalarning axborot almashish strategiyasi va yangi tarmoqlarning istiqbollariga doir masalalarni ilgari suradilar. Jamoat arboblari madaniy va ijtimoiy dasturlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga doir olib boriladigan ishlarni taqdimot qiladilar. Ilmiy taqdimot. Bunda olimlaro‘zlarining ilmiy g‘oyalarini, tadqiot o‘tkazishga oid ilmiy zahiralar manbaini taqdimot qiladilar. Ijtimoiy-siyosiy taqdimot. Bunday taqdimot marosimi ko‘proq siyosatchilar hamda ijtimoiy soha mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday taqdimot davra suhbati, debat, breyn ring, yuzma-yuz muloqot hamda matbuot konferensiyasi ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin. Masalan, deputatlar o‘zlarining saylovoldi dasturlarini saylovchilarga taqdim etadilar, davlat arboblari esa taqdimot orqali o‘z konsepsiyalarini bayon qiladilar. Tashabbuskorlik, tadbirkorlik va liderlikning elementlari mavjud bo‘lgan barcha sohalarda taqdimot eng samarali vosita vazifasini bajaradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, taqdimot marosimi - shaxs va jamoat fikrini, g‘oyasini, qarashlari va konsepsiyalarini omma oldida ko‘rsatish, isbotlash va ishontirishga asoslangan axborot almashuvning vositasidir. Taqdimot marosimi paytida taqdim qiluvchi o‘zi ilgari surayotgan g‘oyalaridan tinglovchilar xulosa qilish son bo‘lishi uchun muayyan imkoniyatlarni tashkil qilishi lozimki, toki ilgari surayotgan g‘oyalaringizni tinglovchilar amalda tadbiq eta olishlari, o‘z faoliyatlariga qo‘llay bilishlari tezlashsin. Shuning uchun 108 ham taqdimot marosimining axborot uzatishning boshqa vositalaridan farq qiluvchi jihatlari talaygina. Shulardan eng muhimi bilim va ma’lumotlarni uzatish usullaridir. Avvalo, ma’lumot namadan iborat bo‘lishi lozimligini aniqlab olish lozim. Bir qarashda bu jarayon juda oddiy ishdek ko‘rinadi, aslida esa ma’lumotni tushunish, uni o‘zlashtirish bir qadar murakkab jarayondir. Zero, hech qachon bilmagan, hayotda to‘qnash kelmagan narsalarni odamlarga tushuntirish muayan mahorat, bilim va aniqlikni talab etadi. Shuning uchun ma’lumtlarni yetkazishda ayrim to‘siqlarga duch kelishimiz shubhasiz. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling